1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.09.00 Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
BUYRUGʻI
“QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI TOʻGʻRISIDAGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHIGA DOIR ISHLARNI KOʻRIB CHIQISH VA JAZO QOʻLLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA”GI BUYRUGʻIGA OʻZGARTIRISH KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 5-dekabrda 1131-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 29-martdagi 7-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3615, 29.03.2025-y.) asosan 2025-yil 1-iyuldan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002-yil 13-martdagi 2002-04-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishiga doir ishlarni koʻrib chiqish va jazo qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (2002-yil 23-aprel, roʻyxat raqami 1131 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002 y, 8-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.