1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.12 (Кучини йукотган) Qimmatli qogʻozlar bozorida boshqa faoliyat turlari]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
buyrugʻi
Transfer-agent faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 21-noyabrda 1872-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. Transfer-agent faoliyati toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-oktabr,
2008-29-son
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 28-oktabrdagi 2008-29-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Transfer-agent faoliyati toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq, transfer-agent faoliyatini yuritish tartibini belgilab beradi.
1. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
investor — qimmatli qogʻozlarni oʻz nomidan va oʻz hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
transfer-agent — qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
transfer-agentning mijozi (mijoz) — transfer-agentning xizmatlaridan foydalanuvchi shaxs;
emitent— emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qogʻozlarning egalari oldida majburiyatlari boʻlgan yuridik shaxs;
qimmatli qogʻozlar egasi (mulkdor) — qimmatli qogʻozlar oʻziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (Markaziy depozitariy) — depozitariylarda depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni saqlash, bunday qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar harakati yagona tizimini taʼminlovchi depozitariy;
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi.
3. Transfer-agentning faoliyatini litsenziyalash qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Transfer-agent qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni birga qoʻshib olib borish huquqiga ega.
5. Depozitariyning professional faoliyatini birga qoʻshib olib boruvchi transfer-agent investitsiya vositachisining professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
7. Transfer-agent, investorlarga, qimmatli qogʻozlar egalariga va emitentlarga ular bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq xizmat koʻrsatadi.
9. Oʻzining mijoz oldidagi majburiyatlarini bajarish vaqtida transfer-agent mijozning manfaatlarini koʻzlab ish tutishi lozim. Manfaatlar toʻqnashuvi sodir boʻlgan vaziyatda transfer-agent mijozni xabardor qilishi va birinchi navbatda oʻzining mijoz oldidagi majburiyatlarini bajarishi lozim.
10. Transfer-agent, investorlar va mulkdorlarga quyidagi xizmatlarni koʻrsatishga, yaʼni:
egasi tomonidan begonalashtirilgan qimmatli qogʻozlarni ularga ega boʻlgan investorning hisobvaragʻiga chiqarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni depozitariyga taqdim etish;
depozitar shartnomani tuzish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, depozitar shartnomaga taalluqli boʻlgan hujjatlarni, shuningdek investor ega boʻlgan qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni depozitariyga taqdim etish;
ular nomidan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotish yuzasidan buyurtmalarni taqdim etish;
oʻz mijozlariga ularning qimmatli qogʻozlar bilan bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazish yakunlari boʻyicha hujjatlarni, shuningdek depozitar operatsiyalarning bajarilishi boʻyicha hisobotlarni topshirishga haqli.
11. Transfer-agent emitentga quyidagi xizmatlarni koʻrsatishga haqlidir:
emitentning qimmatli qogʻozlar egalari reyestrlarini shakllantirish yuzasidan rasmiy talablarini Markaziy depozitariyga topshirish;
transfer-agent tomonidan taqdim etilgan emitentning rasmiy talablari boʻyicha shakllangan qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini Markaziy depozitariydan qabul qilib olish;
Markaziy depozitariydan olingan qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini emitentga yetkazib berish;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarini tashkil etish va oʻtkazish.
12. Transfer-agent tomonidan toʻgʻri rasmiylashtirilgan toʻliq hujjatlar toʻplami taqdim etilgandagina depozitariylar mijozlarning oʻzlari kelmaganligi sabablariga koʻra transfer-agentga uning mijozlari bitimlarini roʻyxatga olishni, ularning qimmatli qogʻozlarini oʻtkazishni, chiqarishni rad etishga haqli emas.
13. Oʻz mijozlari nomidan depozitariylarga hujjatlarni taqdim etgan holda, transfer-agent ularning imzolari aslliligiga hamda taqdim etilgan hujjatlarda aks ettirilgan ular vakolatlarining haqiqiyligiga kafolat beradi.
14. Transfer-agent tomonidan ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan xizmatlarning koʻrsatilishi uchun vaqt davriyligi besh ish kunidan oshib ketmasligi lozim.
15. Transfer-agent tomonidan ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan xizmatlarning koʻrsatilishi uchun vaqt davriyligi transfer-agentning emitent bilan tuzilgan shartnoma va qonun hujjatlarida belgilangan reyestrni shakllantirishga qoʻyilgan talablar bilan belgilanadi.
16. Transfer-agent ushbu Nizomning 14 va 15-bandlarida koʻrsatilgan muddatlarda oʻzi tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar yakuni boʻyicha mijozlarni yozma ravishda xabardor qilishga majbur.
17. Transfer-agent belgilangan tartibda kirish va chiqish hujjatlar va axborotlar hisobini yuritish jurnalining yuritilishini taʼminlaydi.
18. Transfer-agent tomonidan mijozlarga xizmatlar koʻrsatish uchun dasturiy taʼminot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan hollarda, mazkur dasturiy taʼminot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qonun hujjatlari talablariga javob berishi lozim.
axborotlarni saqlash, himoya qilish va qayta tiklash tartibiga, shu jumladan maxfiy axborotlardan gʻayriqonuniy foydalanishga qaratilgan choralar roʻyxatiga;
transfer-agent operatsiyalarining ichki hisobini yuritish qoidalariga;
mijoz bilan manfaatlar toʻqnashuvi sodir boʻlganda transfer-agentning harakatlari tartibiga;
mijozlarga xizmat koʻrsatish reglamentiga;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ichki hujjatlarga amal qiladi.
20. Transfer-agent oʻzi tomonidan olingan va tarqatilgan axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qogʻoz va/yoki elektron hujjat shaklida rasmiylashtirishi shart.
IV. Transfer-agent tomonidan axborotlarning oshkor qilinishi
22. Investorning talabiga binoan transfer-agent:
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasini;
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya nusxasini;
oʻzining ustav fondi, oʻzlik mablagʻlari miqdori va zaxira jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
investor tomonidan egalik qilayotgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
investor tomonidan egalik qilayotgan qimmatli qogʻozlarning emissiya risolasida aks ettirilgan maʼlumotlarni, shuningdek investor tomonidan axborotni taqdim etish toʻgʻrisidagi talablarni topshirishning oldingi sanasidan olti hafta mobaynida bunday qimmatli qogʻozlarga boʻlgan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
shartnomada kelishilgan muddatlarda qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar natijalari boʻyicha hisobotni taqdim etadi.
23. Transfer-agent investorlarni ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan ularning axborotlarni olishga boʻlgan huquqlari toʻgʻrisida xabardor qilishga majbur.
24. Transfer-agent qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga ikki ish kuni ichida yozma shaklda:
bir chorak davomida faqat bir emitentning qimmatli qogʻozlari bilan operatsiyalar;
bir emitentning qimmatli qogʻozlari bilan bir martalik operatsiya, agar bu operatsiya boʻyicha qimmatli qogʻozlarning soni mazkur qimmatli qogʻozlar umumiy sonining kamida 15 foizini tashkil etgan boʻlsa, ularni amalga oshirilganligi haqida axborot beradi.
25. Transfer-agent qimmatli qogʻozlar bozoridagi axborotlarning maxfiyligiga amal qilishi lozim.
26. Transfer-agent tomonidan qimmatli qogʻozlar bozoridagi maxfiy axborotlarning oshkor qilinishi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
V. Transfer-agentning javobgarligi
27. Transfer-agent investor oldida yetkazilgan zararlar doirasida qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar uchun mulkiy javobgar boʻladi:
qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan axborotni investorning talabiga binoan taqdim etmaganlik yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganlik uchun;
qimmatli qogʻozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzganlik uchun;
qimmatli qogʻozlarning insofsiz reklamasini amalga oshirganlik, qimmatli qogʻozlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan chiqarilishining reklamasi, shuningdek muomalasi qonun bilan taqiqlangan qimmatli qogʻozlarning reklamasi uchun;
ular tomonidan investorlar bilan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarini hamda emitentlar va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining javobgarligini cheklaydigan shartnomalar tuzilganligi uchun;
narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatilganlikning aniqlangan faktlari uchun, shuningdek qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlarning emitentlari, qimmatli qogʻozlarga doir narxlar toʻgʻrisida, qasddan buzib koʻrsatilgan axborot, shu jumladan reklamada shunday axborot taqdim etish orqali investorni qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoki sotishga undaganlik uchun. Qimmatli qogʻozlar bozorida narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatganlik alomatlari qonun hujjatlarida belgilanadi. Qimmatli qogʻozlar bozorida narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatilganligi fakti sud tartibida eʼtirof etiladi;
investorlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek investor bilan tuzilgan shartnomada kelishilganidan farq qiladigan shartlar asosida bitim tuzganlik uchun.
28. Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan holda transfer-agentga:
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan iqtisodiy sanksiyalar;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi javobgarlik choralari;
oʻzining vakolatlari doirasida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan qoʻllaniladigan javobgarlik choralari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan maʼmuriy javobgarlik choralari;
faoliyatning alohida turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilarini boshqaruv organlarida ularning ishtirokini cheklovchi choralar;
30. Iqtisodiy sanksiyalarni qoʻllash sud tomonidan, qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlgan va sanksiyalar summasini ixtiyoriy ravishda toʻlagan hollarda esa, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi aktivlari balans qiymati summasining jami 20 foizidan ortiq miqdorda qoʻllanilgan iqtisodiy sanksiyalarni undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida oyma-oy teng miqdorda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
33. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 47-son, 469-modda; 2013-y., 46-son, 605-modda; 2015-y., 51-son, 638-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 17.04.2026-y., 10/26/1872-3/0366-son)