1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.15 Davlat foydasiga rad qilish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
DAVLAT FOYDASIGA VOZ KEChISh BOJXONA REJIMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 4-noyabrda 695-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 38-moddasiga asosan qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 1999-yil 17-martdagi 02/12-48-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 695, 1999-yil 8-aprel — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 4-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.