

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;28.09.2020
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1400629" id="onLBC-1400629">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7319"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish  va qayta tiklash]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1400629" id="onLS-1400629">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1400669" id="-1400669">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1400670" id="-1400670">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1400671" id="-1400671">2008/2009 OʻQUV YILIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA QABUL TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1400673" id="-1400673"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-5040535" id="-5040535">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-5019106?ONDATE=28.09.2020 00#-5020670">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400674" id="-1400674">“Yoshlar yili” Davlat <a href="/mact/-1323062">dasturining </a>ijrosi yuzasidan hamda mamlakatning real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab etiladigan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassislarni maqsadli hamda sifatli tayyorlash, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiyotning tarkibiy qayta tuzilishi istiqbollarini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400675" id="-1400675">1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab etiladigan professional kadrlar tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 1-apreldagi R-2961-sonli Farmoyishi bilan tuzilgan maxsus Respublika komissiyasi tomonidan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400676" id="-1400676">real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining yoʻnalishlari hamda aniq mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlanadigan oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilariga boʻlgan muayyan talab tanqidiy oʻrganilgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400677" id="-1400677">2012-yilgacha boʻlgan davrda tarmoqlar va mintaqalar doirasida bakalavrlar va magistrlar soni hamda ularni tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha makroiqtisodiy rivojlanish va iqtisodiyotning tarkibiy qayta tuzilishi yuzasidan moʻljallangan istiqbollarni hisobga olgan holda oliy maʼlumotli mutaxassislarga talab belgilangan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400678" id="-1400678">oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash amalga oshiriladigan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar muvofiqligini tanqidiy tahlil qilish, real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ularga nisbatan potensial talabi asosida oliy oʻquv yurtlari mutaxassisliklari roʻyxatiga oʻzgartishlar kiritish boʻyicha aniq takliflar tayyorlangan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400679" id="-1400679">vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va yirik korxonalar, oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining potensial isteʼmolchilari ishtirokida oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan talabni oʻrganish boʻyicha olib borilgan ishlar asosida 2008/2009 oʻquv yiliga bakalavriat va magistratura mutaxassislarini tayyorlash yoʻnalishlari doirasida respublika oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish kvotalari boʻyicha takliflar tayyorlangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400681" id="-1400681">2. Respublika komissiyasining 2008/2009 oʻquv yilida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400682" id="-1400682">bakalavrlar tayyorlash boʻyicha umumiy qabul soni 58000 nafar, shu jumladan, 19945 nafar davlat grantlari va 38055 nafar toʻlov-kontrakt asosida ularni oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 1-ilovaga<a href="/mact/-1400629#-1406171">*</a> muvofiq taqsimlash;</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1406171" id="-1406171">* 1-ilova <a href="/mact/1400632#-1401974">rus tilidagi</a> matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400683" id="-1400683">magistrlar tayyorlash boʻyicha umumiy qabul soni 5500 nafar, shu jumladan, 1510 nafar davlat grantlari va 3990 nafar toʻlov-kontrakt asosida ularni oliy taʼlim muassasalari va mutaxassisliklar boʻyicha 2-ilovaga<a href="/mact/-1400629#-1406172">*</a> muvofiq taqsimlash;</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1406172" id="-1406172">* 2-ilova <a href="/mact/1400632#-1405156">rus tilidagi</a> matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400684" id="-1400684">oliy taʼlim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi boʻlimlarga oʻrta maxsus maʼlumot va tegishli taʼlim turi boʻyicha kamida uch yil amaliy ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlardan, shuningdek, bolalar sporti murabbiylaridan bakalavrlar tayyorlash uchun umumiy qabul soni 5605 nafar, shu jumladan, 1265 nafar davlat grantlari va 4340 nafar toʻlov-kontrakt asosida ularni oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 3-ilovaga<a href="/mact/-1400629#-1406173">*</a> muvofiq taqsimlash orqali belgilash boʻyicha taklifi maʼqullansin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1406173" id="-1406173">* 3-ilova <a href="/mact/1400632#-1406014">rus tilidagi</a> matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400685" id="-1400685">3. 2008/2009 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish va real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash boʻyicha Davlat komissiyasining tarkibi 4-ilovaga<a href="/mact/-1400629#-1406174">*</a> muvofiq tasdiqlansin, uning zimmasiga oliy oʻquv yurti bitiruvchilarining real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab etilishini tahlil qilish asosida yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha oliy oʻquv yurtiga qabul qilish yuzasidan aniq takliflar tayyorlash vazifalari yuklansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400686" id="-1400686">Davlat komissiyasiga, test sinovlari natijalaridan kelib chiqib, belgilangan umumiy qabul kvotalari doirasida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasi qabul koʻrsatkichlariga zarur oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1406174" id="-1406174">* 4-ilova <a href="/mact/1400632#-1406100">rus tilidagi</a> matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400687" id="-1400687">4. Oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar Davlat test markazi bilan birgalikda bir hafta muddat ichida oʻzlariga qarashli oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosidagi bakalavriat va magistratura boʻyicha oʻrinlar kvotasini taʼlim tillariga qarab taqsimlashga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400688" id="-1400688">5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi doimiy asosda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400689" id="-1400689">korxonalar, tashkilotlar, muassasalarni oliy maʼlumotli kadrlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilingani hamda iqtisodiyotning real sektorlari va tarmoqlari hamda hududlarining oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha bakalavr va magistrlarga boʻlgan aniq talabini belgilashni amalga oshirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400691" id="-1400691">har yili 15-yanvargacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga oliy taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va hududlar boʻyicha mamlakatning oliy taʼlim muassasalarida ularni tayyorlashdagi vaqtinchalik boʻshliqni hisobga olgan holda iqtisodiyotning real sektorlarida bakalavr va magistrlarga boʻlgan talab toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-2064345" id="-2064345">5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli <a href="/mact/-2061276?ONDATE=03.10.2012 00#-2061367">Farmoniga </a>asosan 2013-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400692" id="-1400692">6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400694" id="-1400694">doimiy asosda yoʻnalishlar, mutaxassisliklar va aniq kasblar boʻyicha iqtisodiyotning real tarmoqlari va sohalarida, respublika mintaqalari doirasida oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilariga boʻlgan talab boʻyicha monitoring olib borsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400695" id="-1400695">iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini oliy maʼlumotli kadrlar bilan taʼminlanishini hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda aniqlangan oliy taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklari boʻyicha bakalavr va magistrlarga boʻlgan talabning ekspert baholanishini amalga oshirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400697" id="-1400697">iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarning oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha bakalavr va magistrlarga boʻlgan real talab asosida grant va shartnoma toʻlovi bilan qabul qilish boʻyicha kvotalarni belgilagan holda kelayotgan oʻquv yiliga bakalavr va magistrlarni qabul qilish tizimi parametrlarini belgilasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400698" id="-1400698">har yili 1-aprelgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat komissiyasiga oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga bakalavr va magistrlarni qabul qilish boʻyicha asoslangan kelishilgan takliflarni koʻrib chiqish uchun taqdim etsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400699" id="-1400699">7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2008/2009 oʻquv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat, magistratura hamda maxsus sirtqi boʻlimlarga belgilangan qabul kvotalarini hisobga olgan holda budjetdan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1400700" id="-1400700">8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1400701" id="-1400701">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1400703" id="-1400703">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1400704" id="-1400704">2008-yil 19-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1400705" id="-1400705">PQ-868-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1400672" id="-1400672">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 5-son, 269-modda; 2012-y., 40-son, 466-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
