1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.15.00 Sudlarning moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminoti;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 23-iyundagi PQ-896-son qarori)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 23-iyundagi PQ-896-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 18-martdagi 147-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomning 4-bandiga quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Jamgʻarma mablagʻlari ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali ajratgan holda Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markaziga ham yoʻnaltiriladi”;