

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;24.04.2017
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1364321" id="onLBC-1364321">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7593"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi.  Sud islohoti;</span></div><div id="LBC7596"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.01.00 Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi. Saylanishi. Vakolatlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1364321" id="onLS-1364321">[<b>TSZ:</b><div id="LS3800"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1364906" id="-1364906">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1364907" id="-1364907">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1364908" id="-1364908">SUD QONUNChILIGINI DEMOKRATLAShTIRISh VA LIBERALLAShTIRISh HAMDA SUD TIZIMI MUSTAQILLIGINI TAʼMINLASh BOʻYIChA TADQIQOT MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1364910" id="-1364910"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3173722" id="-3173722">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi PQ-2903-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-3171002?ONDATE=24.04.2017 00#-3171072">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364911" id="-1364911">Keyingi yillarda Oʻzbekistonda sud-huquq tizimini demokratlashtirishga, jinoyat, jinoyat-protsessual qonunchiligini liberallashtirishga, inson huquqlari va erkinliklari puxta himoya qilinishini taʼminlovchi mustaqil sud hokimiyatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364912" id="-1364912">Mamlakat <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasida </a>aks ettirilgan prinsiplarga muvofiq jinoiy jazo tizimi va sud ishlarini yuritish bosqichma-bosqich liberallashtirildi, shaxsni jamiyatdan ajratib qoʻyish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo turlarini tayinlash imkoniyatlari kengaytirildi, natijada ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilgan shaxslar salmogʻi 2007-yilda 2000-yilga nisbatan ikki baravardan koʻproq qisqardi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364913" id="-1364913">Umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashtirilishi odil sudlov sifatini oshirishga imkon berdi. Ishlarni koʻrib chiqishning apellatsiya (shikoyat) tartibi joriy etilishi sud protsessi ishtirokchilarining huquq va manfaatlari himoya qilinishida qoʻshimcha kafolat boʻldi, yarashuv institutining kiritilishi esa, keyingi yetti yil ichida salkam yetmish ming kishiga nisbatan jinoiy taʼqib tugatilishi uchun imkon berdi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364914" id="-1364914">Joriy yilning birinchi yanvaridan eʼtiboran Oʻzbekistonda oʻlim jazosi bekor qilindi, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashga sanksiya berish huquqi sudlarga oʻtkazildi. Sud kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyishning samarali, zamonaviy demokratik prinsiplarga asoslangan tizimi yaratildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364915" id="-1364915">Sud tizimini demokratlashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar fuqarolarning sud orqali himoyalanish huquqlarini yanada samarali taʼminlash va advokatura rolini oshirish, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini jadallashtirish imkonini berdi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364916" id="-1364916">Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, sudning obroʻsi va mustaqilligini oshirish, odil sudlovni amalga oshirishda qonuniyligini taʼminlash, sudlar faoliyatiga aralashishga hamda gʻayriqonuniy sud qarorlari chiqarilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364918" id="-1364918">1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tashkil etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364919" id="-1364919">2. Belgilansinki, Markaz:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364920" id="-1364920">oʻz faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga hisobot beradigan mustaqil axborot-tahlil va maslahat muassasasi hisoblanadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364921" id="-1364921">unga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan tasdiqlanadigan direktor amalga oshiradi. Markaz direktori moddiy, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosariga tenglashtiriladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364922" id="-1364922">respublika budjeti hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali moliyalashtiriladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364923" id="-1364923">sud-huquq sohasida huquq ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish masalalari boʻyicha oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi va Adliya vazirligi, davlat organlari va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364924" id="-1364924">Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Markaz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab beradi, Markazning oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan tahliliy ishlar dasturlari, tashkiliy-huquqiy tadbirlarini tasdiqlaydi, ularning samarali va sifatli bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364925" id="-1364925">3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364926" id="-1364926">sud faoliyatini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasining</a> sud tizimi vazifalarini belgilab beruvchi qoidalari roʻyobga chiqarilishi samaradorligi masalalari boʻyicha qonunchilik bazasini tahlil qilish va umumlashtirish, shuningdek, Qonun ustuvorligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan huquqni qoʻllash, sud amaliyotini oʻrganish hamda umumlashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364927" id="-1364927">jinoiy, maʼmuriy jazolar tizimini yanada liberallashtirish, sud, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual, xoʻjalik protsessual qonunchiligini, sud ishlarini yuritishni demokratlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364928" id="-1364928">odil sudlov tizimini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining obroʻsini oshirish va mustaqilligini mustahkamlash, sud faoliyatiga aralashish hollariga barham berish, gʻayriqonuniy sud qarorlari chiqarilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha takliflar tayyorlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364929" id="-1364929">sud faoliyati sohasida xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini chuqur oʻrganish hamda milliy qonunchilikka tatbiq etish, odil sudlovni amalga oshirish sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish, sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud mustaqilligini taʼminlash prinsiplariga bagʻishlangan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364930" id="-1364930">4. Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazi toʻgʻrisidagi Nizom, uning tuzilmasi, xodimlarining cheklangan umumiy soni 30 kishidan iborat boʻlgan shtat jadvali, shuningdek, mehnat haqi razryadlari 1—4-ilovalarga<a href="/mact/-1364321#-1368108">*</a> muvofiq tasdiqlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364931" id="-1364931">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga Markazning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvaliga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnat haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1368108" id="-1368108">* Ilovalar <a href="/mact/1364323#-1364371">rus tilidagi </a>matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364932" id="-1364932">5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi (B. Mustafoyev):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364933" id="-1364933">bir oy muddatda Markazni sudlarda va axborot-tahlil faoliyati sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirishni, shuningdek, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash, shu jumladan, ilgʻor chet el tahlil markazlarida tayyorlash va qayta tayyorlashning 2008-2009-yillarga moʻljallangan dasturi ishlab chiqilishini taʼminlasin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364934" id="-1364934">uch oy muddatda Markazning joylashtirilishi va obodlashtirilishini, zarur kompyuter va nusxa koʻpaytirish texnikasi, dasturiy vositalar, idoraviy mebel hamda Markazning samarali ishlashi uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-texnika vositalari, uslubiy materiallar bilan taʼminlasin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364935" id="-1364935">ikki oy muddatda Markazning ustuvor yoʻnalishlarini, 2008-yil ikkinchi yarmi va 2009-yilga moʻljallangan axborot-tahliliy ishlari va tadbirlari dasturini belgilasin hamda ularning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364936" id="-1364936">6. Markaz xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining xodimlari uchun oʻrnatilgan tartibda mehnatga haq toʻlash shartlari, maxsus unvonlar, mansab darajalari tatbiq etilishi belgilab qoʻyilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364937" id="-1364937">7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov) 2009-yildan boshlab, har yili Markazni joriy taʼminlash va moliyalashtirishga, shu jumladan, axborot nashrlari va adabiyotga obuna boʻlish, xalqaro konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish uchun respublika budjeti hisobidan mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364938" id="-1364938">8. Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi 2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha Markazning joriy taʼminoti, uni jihozlash, faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, ikkita xizmat yengil avtomobilini xarid qilishi va taʼminoti uchun mablagʻ ajratsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364939" id="-1364939">9. Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi (A. Aripov) bir oy muddatda belgilangan tartibda Markazni zarur, jumladan, hukumat aloqa turlari va vositalari bilan taʼminlasin, shuningdek, Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini yaratib bersin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364940" id="-1364940">10. Markaz: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364941" id="-1364941">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning meʼyoriy-huquqiy hujjatlari yuborilishi shart boʻlgan (1 nusxada) tashkilotlar roʻyxatiga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364942" id="-1364942">Markaz kutubxonasini shakllantirish uchun bosma va kitob mahsulotlarining (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar) nazorat nusxalarini (1 nusxa) bepul oladigan tashkilotlar roʻyxatiga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364943" id="-1364943">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudining statistika axboroti yuborilishi shart boʻlgan reyestrga kiritilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364944" id="-1364944">11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364945" id="-1364945">12. Ushbu Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1364946" id="-1364946">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1364947" id="-1364947">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1364948" id="-1364948">2008-yil 23-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1364949" id="-1364949">PQ-896-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1364909" id="-1364909">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 248-modda; 2012-y., 52-son, 587-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
