1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.04 Aeroportlar. Aerodromlar;
3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
2.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIG‘INING
BUYRUG‘I
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO VA EKSPERIMENTAL AVIATSIYASI AERODROMLARINI SERTIFIKATLASh QOIDALARI (O‘ZR AQ-160)GA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 7-oktabrda 1734-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007-yil 10-sentabrdagi 138-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari (O‘zR AQ-160)ga (ro‘yxat raqami 1734, 2007-yil 29-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 44-son, 448-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i T. O‘LJAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 3-sentabr,
188-son
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2008-yil 3-sentabrdagi 188-sonli buyrug‘iga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari (O‘zR AQ-160)ga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 12-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) Aerodrom bo‘yicha qo‘llanma (3a-ilovaga muvofiq).”.
2. 57-band quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“j) mazkur Qoidalarning 3-ilovasida ko‘rsatilgan sertifikat olish (uzaytirish) uchun asoslovchi hujjatlar Ro‘yxati bo‘yicha taqdim qilinadigan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlash.”.
3. Quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi paragraf bilan to‘ldirilsin:
“9 §. Aerodrom sertifikatining boshqa shaxsga berilishi
451. Davavianazorat aerodrom sertifikatining boshqa ekspluatantga berilishiga rozilik berishi mumkin, agarda:
a) aerodrom sertifikatining egasi aerodrom ekspluatatsiyasining tugashidan kamida 10 kun oldin Davavianazoratga yozma ravishdagi bildirishnoma bilan aerodromning ekspluatatsiyasi mazkur bildirishnomada ko‘rsatilgan muddatda tugatilishi to‘g‘risida xabar berganda;
b) aerodrom sertifikatining egasi Davavianazoratga taqdim etilgan yozma ravishdagi bildirishnomada sertifikat berilayotgan yangi ekspluatantning nomini ko‘rsatganda;
v) aerodrom sertifikati berilayotgan ekspluatant aerodrom sertifikatining ilgarigi egasi aerodrom ekspluatatsiyasini tugatishidan oldin 10 kun muddatdan kechikmagan holda Davavianazoratga aerodrom ekspluatatsiyasini amalga oshirish uchun yozma ravishda ariza taqdim etganda.
452. Davavianazorat aerodrom sertifikati berilishi lozim bo‘lgan ekspluatantning arizasi kelib tushgan kundan boshlab 20 kun ichida aerodrom sertifikatining boshqa ekspluatantga berilishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror chiqaradi va bu haqda aerodrom sertifikati egasini va sertifikat berilishi lozim bo‘lgan ekspluatantni yozma ravishda xabardor qiladi.
453. Davavianazorat aerodrom sertifikati berilishi rejalashtirilgan ekspluatantning aerodrom ekspluatatsiyasi va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini tegishlicha amalga oshirish imkoniyatiga egaligiga ishonch hosil qilmasa yoki aerodrom sertifikatining boshqa shaxslarga berilishi aerodromning ekspluatatsiyasi jihatidan katta o‘zgarishlarga (masalan, uchish-qo‘nish yo‘laklari, burilish yo‘laklari va perronda o‘rnatiladigan vositalar sonining kamayishiga, mavjud aerodrom sertifikatida ko‘rsatilgan ekspluatatsiya shartlarining o‘zgarishiga, xodimlar sonining kamayishiga) olib kelsa, aerodrom sertifikatining boshqa shaxslarga berilishiga rozilik bermasligi mumkin.
454. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq aerodrom sertifikati aerodrom egasining o‘zgarishi natijasida ham boshqa shaxslarga berilishi mumkin.”.
4. 3-ilovaning 5-qismi quyidagi mazmundagi “z” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“z) yong‘inga qarshi xizmatlarning xodimlari bilan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘quv-texnika bazasining (jihozlangan sinf, poligon, tutun kamerasi, hisobdan chiqarilgan HKning fyuzelyaji va h.k.) mavjudligi.”.
5. Quyidagi mazmundagi 3a-ilova bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga 3a-ILOVA
Aerodrom bo‘yicha qo‘llanmaning mazmuni bo‘yicha minimal talablar
Aerodrom bo‘yicha qo‘llanmada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
a) aerodrom to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar;
b) aerodromning joylashish maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
v) avariya holatlari bo‘yicha tadbirlar rejasi;
g) yong‘inga qarshi kurashish choralari hamda qutqaruvni tashkil etish bo‘yicha ma’lumotlar;
d) ekspluatant tomonidan aerodromning, aerodromdagi ishchi maydonining va to‘siqlar balandligining kuzatilishi va nazorat qilinishi;
e) aerodromning vizual vositalar va elektr toki bilan ta’minlanishi;
j) aerodromning ishchi maydoniga texnik xizmat ko‘rsatish;
z) aerodromda ishlarni xavfsiz olib borish;
i) perrondagi faoliyatni tashkil etish;
k) perronda xavfsizlikni ta’minlash;
l) nazorat ostidagi zonada transport vositalarini boshqarish;
m) aerodromda qushlar va jonivorlar tomonidan yaratiluvchi xavf-xatarlar munosabati bilan ishlarni tashkil etish;