toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MUSTAQILLIGI ASOSLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA KONSTITUTSIYAVIY MAQOM BERISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunining qoidalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin.
3. Konstitutsiya komissiyasi tayyorlanayotgan Respublika Konstitutsiyasining loyihasini ishlab chiqish chogʻida “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunning qoidalariga amal qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 30-sentabr,
358-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 11-son, 268-modda)