1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“BUXOROTEKS” OCHIQ AKSIYADORLIK JAMIYATINI YANADA MODERNIZATSIYA QILISH VA TEXNIK QAYTA JIHOZLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
“Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash jarayoniga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilishni ragʻbatlantirish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
1. “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyati kreditorlari yigʻilishining “S.I.S. Sayilgan Iplik Tekstil Turizm Insaat San. ve Tic A.S.” kompaniyasining Buxoro shahridagi “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyati kompleksi qolgan mulkiy qismini, 1-ilovaga muvofiq, uning negizida paxta tolasini kompleks qayta ishlash boʻyicha xorijiy korxona barpo etish bilan “SAYILGAN HOLDING” A.S. (Turkiya) Xolding kompaniyasining shuʼba korxonasiga sotish toʻgʻrisidagi qaroriga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “SAYILGAN HOLDING” A.S. Xolding kompaniyasi oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oldi:
“Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mazkur mulkiy kompleksini 10 yil mobaynida umumiy hajmi 16,2 mlrd. soʻm miqdorida 2-ilovadagi jadvalga muvofiq sotib olinishini taʼminlash;
6 yil mobaynida, 3-ilovadagi jadvalga muvofiq, mazkur mulk kompleksi negizida, zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan, yiliga ishlab chiqarish quvvati 32 ming tonna paxta tolasi, 26 ming tonna yigirilgan ip, 12 mln.p.m tayyor mato va 1,2 mln. dona tayyor tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi korxonani barpo etish orqali 141 mln. AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni kiritish;
ishlab chiqarilgan mahsulotning 90 foizidan kam boʻlmaganini eksportga yetkazib berishni amalga oshirish.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
4.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatini tugatish boshqaruvchisiga “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mulk kompleksining qolgan qismini sotishda, xorijiy investorning majburiyatlari va ularni bajarish jadvalini aniq koʻrsatadigan shartnomani tuzishda koʻmaklashsin;
xorijiy investor tomonidan qabul qilingan investitsiyaviy majburiyatlarni tegishli ravishda bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
4. Belgilansinki, “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mulkiy kompleksini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-fevraldagi PQ-798-sonli Qaroriga muvofiq “DEU Interneyshnl” (Koreya Respublikasi) kompaniyasiga hamda “S.I.S. Sayilgan Iplik Tekstil Turizm Insaat San. ve Tic A.S.” kompaniyasi — “SAYILGAN HOLDING” A.S. (Turkiya) Xolding kompaniyasining shuʼba korxonasiga sotishdan tushgan mablagʻlar “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatining kreditorlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda navbatdagi oʻzaro hisob-kitobni amalga oshirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining maxsus alohida hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
6. “S.I.S. Sayilgan Iplik Tekstil Turizm Insaat San. ve Tic A.S.” kompaniyasi tomonidan “Buxoroteks” OAJ mulkiy kompleksining qolgan qismi negizida tashkil etiladigan yangi xorijiy korxonaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-3594-sonli Farmoni 1-bandidagi birinchi xatboshida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
7. “Buxoroteks” OAJ mulkiy kompleksining qolgan qismi negizida yangitdan tashkil etilayotgan xorijiy korxona oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun keltiradigan texnologik uskuna, ehtiyot qismlar, texnik jihoz, butlovchi buyumlar, materiallar, jumladan qurilish va boshqa moddiy resurslar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 20-may,
PQ-870-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-maydagi PQ-870-son qaroriga 1-ILOVA
“Buxoroteks” OAJning “S.I.S. Sayilgan Iplik Tekstil Turizm Insaat San. ve Tic A.S.” kompaniyasi — “SAYILGAN NOLDING” A.S. (Turkiya) Xolding kompaniyasining shuʼba korxonasiga sotiladigan mulkiy kompleks obyektlari
ROʻYXATI
T/r
Obyektlar nomi
Umumiy maydon (ga)
shu jumladan, sanoat maydoni (ga)
1.
2-son toʻquv-yigiruv fabrikasi
24,8
13,36
2.
Boʻyash-pardozlash fabrikasi
18,26
8.44
3.
Yigirilgan ipni boʻyash fabrikasi
4,7
1,7
4.
Mexanika zavodi
1,65
0,67
5.
Tijorat markazi
0,86
0,33
6.
Avtokorxona
1,4
0,23
Jami
51,67
24,73
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-maydagi PQ-870-son qaroriga 2-ILOVA
“SAYILGAN NOLDING” A.S. Xolding kompaniyasi (Turkiya) tomonidan “Buxoroteks” OAJning mulkiy kompleksi uchun toʻlovlarni amalga oshirish
JADVALI
mlrd. soʻm.
T/r
Toʻlovni amalga oshirish yili
Toʻlov summasi
1.
2008-yil
1,0
2.
2009-yil
1,0
3.
2010-yil
1,0
4.
2011-yil
1,886
5.
2012-yil
1,886
6.
2013-yil
1,886
7.
2014-yil
1,886
8.
2015-yil
1,886
9.
2016-yil
1,885
10.
2017-yil
1,885
Jami:
16,2
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-maydagi PQ-870-son qaroriga 3-ILOVA
“SAYILGAN NOLDING” A.S. Xolding kompaniyasi (Turkiya) tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni amalga oshirish
JADVALI
mln. dollar
T/r
Investitsiya kiritish yili
Investitsiya summasi
1.
2008-yil
35,0
2.
2009-yil
40,0
3.
2010-yil
25,0
4.
2011-yil
10,0
5.
2012-yil
15,0
6.
2013-yil
16,0
Jami:
141,0
LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 5-son, 270-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 36-son, 477-modda)