toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.08.2013
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRILADIGAN ISTE’MOL TOVARLARINING RO‘YXATINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 9-sentabrda 1853-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 16-iyuldagi 40, 67, 7, 01-02/8-16- sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan iste’mol tovarlarining ro‘yxatini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2500, 12.08.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2008-yil 27-martdagi PQ–823-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 14-15-son, 98-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyuldagi 257-sonli “Respublikaga iste’mol tovarlari noqonuniy olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-yil, 14-son, 109-modda) bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan iste’mol tovarlarining Ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning kuchga kirish kunidan boshlab quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Moliya vazirligining 2003-yil 2-maydagi 4, EG-01/12-1745, 01-02/8-19, 60-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan iste’mol tovarlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (2003-yil 21-may, ro‘yxat raqami 1242 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 9-10-son);
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Moliya vazirligining 2003-yil 19-avgustdagi 2-4/38, EG-01/12-3/44, 01-02/8-33, 89-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan iste’mol tovarlarining ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaror (2003-yil 29-avgust, ro‘yxat raqami 1242-1 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 15-16-son);
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2007-yil 15-martdagi 15, 32, EG-01/19-1254, 01-02/8-8-son “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan iste’mol tovarlarining ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qaror (2007-yil 28-may, ro‘yxat raqami 1242-2 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 13-son, 125 modda).
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XO‘JAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 1-avgust,
56-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 1-avgust,
73-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 1-avgust,
EG-01/19-3822-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 1-avgust,
01-02/8-46-son
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2008-yil 1-avgustdagi 56, 73, EG-01/19-3822, 01-02/8-46-sonli qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritiladigan iste’mol mollari
RO‘YXATI*
TIF TN kodi 2007-yil tahriri ‎ Tovarning nomi‎
Oziq-ovqat mollari‎‎
02‎ Go‘sht va uning oziqbop qo‘shimcha mahsulotlari‎
03 (0302 31 100 0,
‎0302 32 100 0,
‎0302 33 100 0,
‎0302 34 100 0,
‎0302 35 100 0,
‎0302 36 100 0,
‎0302 39 100 0,
‎0302 69 191 0 — 0302 69 193 0,
‎0302 69 210 0,
‎0303 41 110 0 — 0303 41 190 0,
‎0303 42 120 0 — 0303 42 580 0,
‎0303 43 110 0 — 0303 43 190 0,
‎0303 44 110 0 — 0303 44 190 0,
‎0303 45 110 0 — 0303 45 190 0,
‎0303 46 110 0 — 0303 46 190 0,
‎0303 49 310 0 — 0303 49 390 0,
‎0303 79 191 0 — 0303 79 193 0,
‎0303 79 210 0 — 0303 79 290 0,
‎0303 80 100 0,
‎0305 10 000 0 dan tashqari) ‎
Baliq va qisqichbaqasimonlar, mollyuska va boshqa suv umurtqasizlari‎
04 (0408 11 200 0,
‎0408 19 200 0,
‎0408 91 200 0,
‎0408 99 200 0 dan tashqari ) ‎
Sut mahsulotlari, parranda tuxumi, tabiiy asal, boshqa joyda qayd etilmagan va nomi aytilmagan hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari‎
07 (0701 10 000 0,
‎0701 90 100 0,
‎0712 90 110 0,
‎0713 10 100 0,
‎0713 33 100 0,
‎0713 90 000 0 dan tashqari) ‎
Sabzavot va ayrim oziqbop ildizmevali va tuganak mevali o‘simliklar‎
08 (0812, 0814 dan tashqari)‎ Oziqbop mevalar va yong‘oqlar, sitrusliklar yoki qovunning po‘stlari va po‘choqlari‎
09‎ Kofe, choy, mate yoki paragvay choyi va xushbuy zirovorlar‎
1006, 1008‎ Guruch, grechixa, tariq va kanareyechnik urug‘i, boshqa don mahsulotlari ‎
1101 00 — 1106‎ Tegirmon-yorma sanoati mahsulotlari‎
1202‎ Qovrilmagan yoki boshqa usulda tayyorlanmagan, tozalangan yoki tozalanmagan, maydalangan yoki maydalanmagan yer yong‘oq‎
1501 00 — 1517**
‎(1501 00 110 0,
‎1502 00 100 0,
‎1503 00 110 0,
‎1503 00 300 0,
‎1505 00,
‎1507 10 100 0,
‎1507 90 100 0,
‎1508 10 100 0,
‎1508 90 100 0,
‎1511 10 100 0,
‎1511 90 910 0,
‎1512 11 100 0,
‎1512 19 100 0,
‎1512 21 100 0,
‎1512 29 100 0,
‎1513 11 100 0,
‎1513 19 300 0,
‎1513 21 100 0,
‎1513 29 300 0,
‎1514 11 100 0,
‎1514 19 100 0,
‎1514 91 100 0,
‎1514 99 100 0,
‎1515 19 100 0,
‎1515 21 100 0,
‎1515 29 100 0,
‎1515 30
‎1515 50 110 0,
‎1515 50 910 0,
‎1515 90 110 0 — 1515 90 400 0
‎(tung yog‘idan tashqari),
‎1515 90 600 0,
‎1516 20 950 0 dan tashqari) ‎
Hayvon yoki o‘simliklardan olingan yog‘lar va ularning parchalangan mahsulotlari, tayyor oziq-ovqat yog‘lari‎
16‎ Go‘sht, baliq, qisqichbaqasimon, mollyusklar yoki boshqa suv umurtqasizlaridan tayyor mahsulotlar‎
1701
‎(1701 11 — 1701 12 dan tashqari),
‎1702 90 600 0,
‎1704‎
Shakar va shakardan tayyorlangan qandolat mahsulotlari‎
1806‎ Shokolad va tarkibida kakao bo‘lgan boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari‎
19**
‎(1901 guruhi bo‘yicha faqat chakana savdo uchun qadoqlangan)‎
Boshoqli donlar, un, kraxmal yoki sutdan tayyorlangan mahsulotlar, ovqatlar, unli, qandolat mahsulotlari‎
20‎ Sabzavot, meva, yong‘oq yoki o‘simliklarning boshqa qismlaridan ishlab chiqarilgan mahsulotlar‎
21**‎ Turli oziq-ovqat mahsulotlari‎
22‎ Spirtli va spirtsiz ichimliklar va sirka‎
2309‎ Hayvonlarni oziqlantirish uchun ishlatiladigan mahsulotlar‎
2501 00 91‎ Ovqatda iste’mol qilishga yaroqli tuz‎
2836 30 000 0
‎(faqat chakana savdo uchun qadoqlangan)‎
Natriy vodorod karbonat (natriy bikarbonat)‎
Nooziq-ovqat mollari
06‎ Tirik daraxtlar va boshqa o‘simliklar, piyozli ildizlar, ildiz va shunga o‘xshash o‘simliklarning boshqa qismlari; kesilgan gullar va manzarali o‘simliklar‎
2402‎ Sigaralar, uchi kesilgan sigaralar, sigarillalar va tamaki yoki uni o‘rnini bosuvchi mahsulotlardan tayyorlangan sigaretlar‎
2710**
‎(2710 11 110 0,
‎2710 11 150 0,
‎2710 11 310 0,
‎2710 11 700 0,
‎2710 19 110 0,
‎2710 19 150 0,
‎2710 19 210 0,
‎2710 19 310 0,
‎2710 19 350 0,
‎2710 19 510 0,
‎2710 19 550 0,
‎2710 19 710 0,
‎2710 19 750 0 dan tashqari) ‎
Bitumin jinsidan olingan neft va neft mahsulotlari, xomashyodan, boshqa joylarda qayd etilmagan va nomi atalmagan, tarkibida 70% va undan ko‘p bitumin jinsidan olingan neft va neft mahsulotlaridan tashqari‎
3004‎ Aralashgan va aralashmagan mahsulotlardan iborat dori vositalari (tovar pozitsiyasi 3002, 3005 yoki 3006 bo‘lgan mahsulotlardan tashqari)‎
3005‎ Momiq, doka, bintlar va farmatsevtik moddalar shimdirilgan yoki qoplangan yoki chakana savdo uchun qulay shakllarda qadoqlangan, meditsinada ishlatishga mo‘ljallangan o‘xshash buyumlar (masalan, bog‘lash materiallari, leykoplastirlar, priparkalar)‎
3105‎ Tarkibida ikki yoki uchta ozuqa element: azot, fosfor va kaliy bo‘lgan mineral yoki kimyoviy o‘g‘itlar, boshqa o‘g‘itlar, brutto-massasi 10 kg oshmaydigan shu guruhdagi mansub tabletka yoki o‘xshash shakllarda yoki qadoqlangan mahsulotlar‎
3208** Sintetik polimerlar yoki kimyoviy modifikatsiyalangan tabiiy polimerlar asosida, dispergirlangan yoki suvsiz muhitda eritilgan bo‘yoq va laklar (shu jumladan emal va polituralar); shu guruhning 4 izohida ko‘rsatilgan eritmalar ‎
3209‎ Sintetik polimerlar yoki kimyoviy modifik�tsiyalangan tabiiy polimerlar asosida, dispergirlangan yoki suvsiz muhitda eritilgan bo‘yoq va laklar (shu jumladan emal va polituralar)‎
3210 00**‎ Boshqa bo‘yoq va laklar (shu jumladan emal, politura va yelimli bo‘yoqlar), charm ishlovi uchun ishlatiladigan tayyor suvli pigmentlar‎
3212‎ Suvsiz muhitda dispergirlangan, suyuq yoki pastasimon, bo‘yoqlar (shu jumladan emalni) ishlab chiqarishda ishlatiladigan pigmentlar (shu jumladan metall kukunlari va parchalari), pardoz (bezak) folgasi, chakana savdo uchun shakllarda qadoqlangan yoki o‘ralgan ranglar va boshqa bo‘yovchi moddalar‎
3213‎ Rassomlar, talabalar ishlatadigan yoki viveskalarni yasashda qo‘llaniladigan badiiy bo‘yoqlar, modifikatsiyaluvchi ranglar, bo‘sh vaqtda ishlatiladigan bo‘yoqlar va tabletkalarda, tyubiklarda, bankalarda, flokonlarda, lotoklarga o‘xshash shakllarda yoki o‘ralgan o‘xshash mahsulotlarni‎
3214**‎ Oyna tirqishlarini yopishda va bog‘dorchilikda ishlatiladigan zamaskalar, mumli sementlar, zichlash uchun ishlatiladigan birikmalar va boshqa mastikalar, bo‘yoq ishlari uchun shpatlyovkalar, peshtoq sirtlarini, binolarning ichki devorlarini, pollarni, shiplarni tayyorlash uchun o‘tga chidamli bo‘lmagan birikmalar yoki shunga o‘xshashlar‎
3303 00‎ Atir va pardoz suvi ‎
3304‎ Kosmetika vositalari yoki makiyaj uchun vositalar va terini parvarish uchun vositalar (dorivorlaridan tashqari), shu jumladan oftobdan qorayishga qarshi yoki oftobdan qorayish uchun vositalar, manikyur yoki pedikyur uchun vositalar‎
3305‎ Sochlar uchun vositalar‎
3306‎ Og‘iz bo‘shlig‘i yoki tishlar gigiyenasi uchun vositalar, shu jumladan tish protezlari uchun ushlab turuvchi kukun va pastalar; chakana savdo uchun alohida qadoqlangan, tish oraliqlarini tozalash uchush iplar (tish shoyisi)‎
3307‎ Soqol olishdan oldin, olish paytida, olinganidan keyin ishlatiladigan vositalar, alohida ishlatishga mo‘ljallangan dezodorantlar, vanna qabul qilish uchun birikmalar, tuklarni yo‘qotish vositalari va boshqa joyda nomi atalmagan yoki qayd etilmagan attorlik, kosmetika yoki pardoz vositalari, xonalar uchun xushbo‘ylashtirilgan yoki xushbo‘ylashtirilmagan, dezinfeksiyalash xususiyatiga ega yoki ega bo‘lmagan dezodorantlar‎
3401
‎(3401 20 100 0 dan tashqari)‎
Sovun: chorqirra shakldagi, bo‘laklar yoki shaklsimon buyum holatda, sovun tarkibli yoki tarkibsiz sovun sifatida ishlatiladigan sirtqi-aktiv organik moddalar va vositalar, suyuqlik yoki krem holatida va chakana savdo uchun qadoqlangan badanni yuvish uchun sirtqi-aktiv organik moddalar va vositalar‎
3402
‎(3402 11 100 0,
‎3402 19 000 0
‎dan tashqari, ‎faqat chakana savdo uchun qadoqlanmagan) ‎
Sirtqi-aktiv organik moddalar (sovundan tashqari), sirtqi-aktiv vositalar, yuvish vositalari (jumladan yordamchi yuvish vositalari) va sovun tarkibli yoki tarkibisiz tozalash vositalari (tovar pozitsiyasi bo‘lgan 3401 vositalardan tashqari)‎
3405‎ Poyabzal uchun krem va moylar, mebellar, pollar, avtomobil kuzovlari, oynalari yoki metalli uchun polirol va mastikalar, tozalash pastalari, kukunlari va shunga o‘xshash vositalar (shu jumladan qog‘oz, paxta, kigiz yoki fetr, noto‘qima matolar, shu kabi vositalar bilan qoplangan, g‘ovak, plastmassalar yoki g‘ovak rezina) 3404 tovar pozitsiyasidagi mumdan tashqari‎
3406 00‎ Shamlar, ingichka mum shamchalar va shu kabi buyumlar‎
3506‎ Tayyor yelimlar va boshqa joyda nomi atalmagan yoki qo‘shilmagan boshqa tayyor adgezivlar; yelim yoki adgeziv sifatida foydalanishga yaroqli, chakana savdo uchun yelim yoki adgeziv sifatida qadoqlangan, massa-nettosi 1 kg dan ko‘p bo‘lmagan mahsulotlar‎
3604‎ Mushakl�r, signal raketalari, yomg‘ir raketalari, tumanga qarshi signallar va boshqa pirotexnik buyumlar‎
3605 00 000 0‎ Gugurtlar, 3604 tovar pozitsiyasidagi pirotexnik buyumlardan tashqari‎
3701 20 000 0‎ Yassi fotoplastinkalar va fotoplyonkalar, sensibillashgan, noeksionirlangan, qog‘oz, karton yoki tekstildan tashqari har qanday materialdan tayyorlangan; bir zumda fotosurat uchun yassi plyonkalar‎
3702
‎(3702 10 000 0 dan tashqari)‎
Rulonli fotoplyonkalar, sensibillashgan, noeksionirlangan, qog‘oz, karton yoki tekstildan tashqari har qanday materialdan tayyorlangan, sensibillashgan, noeksionirlangan bir zumda fotosurat uchun rulondagi plyonkalar ‎
3703
‎(3703 10 000 dan tashqari)‎
Sensibillashgan, noeksionirlangan fotografik qog‘oz, karton va tekstil materiallar‎
3704 00‎ Eksponirlangan, ammo rasmlari ko‘rinmagan fotografik plastinkalar, plyonkalar, qog‘oz, karton va tekstil materiallar‎
3705
‎(3705 10 000 0 dan tashqari)‎
Eksponirlangan va rasmlari ko‘ringan fotoplastinkalar va fotoplyonkalar, kinoplyonkalardan tashqari‎
3707‎ Fotoximikatlar (lak, yelim, adgeziv va o‘xshash vositalardan tashqari); fotografik maqsadlar uchun ishlatiladigan, qo‘shilmagan, o‘lchangan miqdorlarda namoyon etilgan yoki chakana savdo uchun foydalanishga tayyor ko‘rinishdagi qadoqlangan mahsulotlar‎
3808
‎(faqat chakana savdo uchun qadoqlangan)‎
Insektitsidlar, rodentitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar (masalan oltin gugurt bilan ishlov berilgan lentalar, piliklar va shamlar va pashshalarga qarshi yopishqoq qog‘oz)‎
3819 00 000 0 — 3820 00 000 0‎ Gidravlik tormoz suyuqliklar va tarkibida 70% mas. dan kam neft yoki neftmahsulotlari bo‘lgan yoki bo‘lmagan, bitumin jinslardan olingan, gidrovlik uzatmalar uchun boshqa tayyor suyuqliklar, antifrizlar va muzlashga qarshi tayyor suyuqliklar‎
39 17**
‎(3917 10,
‎3917 32 910 0,
‎fuqaro aviatsiyasi uchun plastmassadan tayyorlangan trubalar, trubkalar va shlanglar va ularning fitinglari quyida qayd etilgan TIF TN kodlari 3917 21 900 0,
‎3917 22 900 0,
‎3917 23,
‎3917 29 900 0,
‎3917 31 000 1,
‎3917 32 990 1,
‎3917 33 000 0,
‎3917 39 900,
‎3917 40 000 0 dan tashqari) ‎
Plastmassadan tayyorlangan trubalar, trubkalar va shlanglar va ularning fitinglari (masalan, birikmalar, tirsaklar, flanetslar)‎
3918‎ O‘zi yopishadigan yoki o‘zi yopishmaydigan, rulonlarda yoki plastinkalarda, plastmassadan pol uchun qoplamalar, plastmassadan devor yoki ship uchun qoplamalar‎
3919**;
‎3920**
‎(3920 10 230 0,
‎3920 10 810 0,
‎3920 62 110 0,
‎3920 62 130 0,
‎3920 73 100 0,
‎3920 99 530 0 dan tashqari),
‎3921 ‎
Plastmassadan tayyorlangan o‘zi yopishadigan, rulonlarda yoki rulonsiz plitalar, listlar, plyonka, folga, lenta, polosa va boshqa yassi formalar; plitalar, listlar, plenka, polosalar yoki lentalar, plastmassadan tayyorlangan boshqalar ‎
3922‎ Vannalar, dushlar, suvni tushirish uchun rakovinalar, yuvinish uchun rakovinalar, ular uchun bide, unitazlar, o‘tirg‘ich va qopqoqlar, suvni oqizish bachoklari va shunga o‘xshash plastmassadan tayyorlangan sanitar-texnik buyumlar‎
3923 21 000 0‎ Etilen polimeridan qoplar (aseptik qoplardan tashqari) va sumkalar, (shu jumladan konussimon) ‎
3923 29‎ Boshqa plastmassalardan tayyorlangan qutilar, yashiklar, savatlar va shunga o‘xshash buyumlar, qoplar va sumkalar (shu jumladan konussimon) ‎
3924‎ Plastmassadan tayyorlangan yemakxona, oshxona idish-tovoqlari, boshqa uy jihozlari va pardoz buyumlari‎
3925 20 000 0 — 3925 30 000 0‎ Plastmassadan tayyorlangan eshik va uning raxi, deraza va uning romlari, pardalar (shu jumladan venetsian jalyuzisi) va shu kabi o‘xshash buyumlar va ularning qismlari‎
3926 10 000 0,
‎3926 20 000 0,
‎3926 40 000 0,
‎3926 90 980 8** ‎
Plastmassadan tayyorlangan boshqa buyumlar va 3901 — 3914 tovar pozitsiyalardagi boshqa materiallardan buyumlar ‎
4011 10 000 0,
‎4011 40,
‎4011 50 000 0 ‎
Yangi pnevmatik rezinali shina va pokrishkalar‎
4012 11 000 0,
‎4012 20 000 9**
Pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar, tiklangan yoki oldin ishlatilgan, yalpi yoki yarim-pnevmatik shinalar va pokrishkalar, rezinali shina protektorlari va gardish lentalar ‎
4013**
‎(4013 10 900 0 dan tashqari) ‎
Rezinali kameralar ‎
4014‎ Qattiq rezinadan tashqari vulkanizatsiya qilingan rezinadan tayyorlangan gigiyenik yoki farmatsevtik (jumladan so‘rg‘ichlar) buyumlar, qattiq rezinadan yoki ularsiz fitinglar‎
40 15
‎(4015 11 000 0 dan tashqari)‎
Qattiq rezinadan tashqari har xil vazifalar uchun vulkanizatsiya qilingan rezinadan tayyorlangan kiyim va kiyim jihozlari (shu jumladan qo‘lqoplar, rukavitsalar va mitenkalar)‎
4016 92 000 0‎ Kanselyar o‘chirg‘ichlar‎
4201 00 000 0 — 4203,
‎4205 00 190 0,
‎4205 00 900 0 ‎
Har qanday materialdan yasalgan har qanday hayvonlar uchun egar-jamduqlar va abzal (jumladan, shatak qayish, jilovlar, tizzabandlar, burundiqlar, yopiqlar, xurjunlar, it yopiqlari va shu kabi buyumlar); sakvoyajlar, chemodanlar, ayollar sumkalari;... ‎
4303 — 4304 00 000 0‎ Tabiiy mo‘ynadan kiyim buyumlari, kiyim jihozlari va boshqa buyumlar; sun’iy mo‘yna va undan yasalgan buyumlar‎
4419 00‎ Emakxona va oshxona jihozlari, yog‘ochda�‎
4420‎ Yog‘ochdan yasalgan koshinkor va naqshli buyumlar; zargarlik yoki pichoq va shu kabi o‘xshash buyumlar uchun yog‘ochdan yasalgan qutilar va karobkalar, yog‘ochdan yasalgan haykalchalar va boshqa dekorativ buyumlar, 94, guruhda ko‘rsatilmagan mebel yog‘och jihozlari ‎
4421
‎(4421 90 980 0 dan tashqari)‎
Boshqa yog‘ochdan yasalgan buyumlar‎
46‎ Tasma yoki lentalarga birlashtirilgan yoki birlashtirilmagan to‘qilgan va to‘qish uchun mo‘ljallangan materiallarga o‘xshash buyumlar; to‘qish uchun materiallar, to‘qilgan va to‘qish uchun mo‘ljallangan materiallarga o‘xshash buyumlar ‎
4803 00‎ Qog‘oz tualet salfetkalari yoki yuz uchun salfetkalar, sochiq yoki yo‘rgaklar va maishiy-xo‘jalik yoki sanitar-gigiyenik maqsadlar uchun boshqa turdagi qog‘ozlar‎
4814‎ Gulqog‘ozlar va shu kabi o‘xshash devor uchun qoplamalar; derazalar uchun tiniq qog‘oz‎
4817‎ Qog‘oz va kartondan konvertlar, xat uchun kartochkalar, rasmsiz pochta otkritkalari, aloqa otkritkalar va yozishma uchun kartochkalar o‘z ichiga qog‘ozli kanselyar jihozlari to‘plamini olgan, qog‘oz va karton qutilar, sumkalar, futlyarlar va kompendiumlar‎
4818
‎(4818 90 100 0 dan tashqari)‎
Tualet qog‘ozi va shunga o‘xshash qog‘oz, xo‘jalik-maishiy yoki sanitar-gigiyenik maqsadli sellyulozali yoki sellyuloza tolalaridan paxta yoki mato‎
4820 10 300 0,
‎4820 50 000 0,
‎4820 90 000 0 ‎
Ro‘yxatga olish jurnallari, buxgalteriya kitoblari, yon daftarchalar, buyurtma kitoblari, kvitansiya kitobchalari, xatlar uchun bloknotlar, xotira varaqlari, kundaliklar va shunga o‘xshash buyumlar, daftarlar‎
4823 61 000 0,
‎4823 69 ‎
Patnislar, taqsimchalar, likoplar, piyolalar va qog‘oz yoki kartondan tayyorlangan o‘xshash buyumlar‎
4901‎ Bosma kitoblar, broshyuralar, varaqalar va broshyurlangan yoki alohida varaqalar ko‘rinishidagi o‘xshash bosma materiallar‎
4902‎ Gazetalar, jurnallar va rasmlar bilan bezalgan yoki bezalmagan, reklama materialini o‘z ichiga qamragan yoki qamramagan boshqa davriy nashrlar‎
4908 — 4911‎ Ko‘chirma rasmlar, pechatlangan yoki rasm bilan bezatilgan pochta otkritkalari;…‎
5006 00‎ Chakana savdo uchun qadoqlangan ipak ip va ipak chiqindilaridan kalava ip; pilla qurti fibrionidan tolalar‎
5007‎ Ipak ipidan yoki ipak chiqindisidan gazlama‎
5109‎ Chakana savdo uchun qadoqlangan jundan yoki hayvonlarning tukidan kalava ip‎
5110 00 000 0
‎(faqat chakana savdo uchun qadoqlangan) ‎
Chakana savdo uchun qadoqlangan yoki qadoqlanmagan, hayvonlar tukidan yoki ot yolidan tayyorlangan (jumladan otning yolidan zar uqali ip) kalava ip‎
5111‎ Apparatda yigirilgan jun kalava ipidan yoki apparatda yigirilgan hayvonlar tukidan gazlama ‎
5112‎ Taroqda yigirilgan jun kalava ipidan yoki taroqda yigirilgan hayvonlar tukidan gazlama‎
5204 20 000 0‎ Chakana savdo uchun qadoqlangan, tikish uchun ishlatiladigan paxtali iplar‎
5207‎ Chakana savdo uchun qadoqlangan, paxtali kalava iplar (tikuv iplardan tashqari)‎
5209‎ Tarkibida 85% dan ko‘p paxta tolasi, sirtqi zichligi 200 g/m2 dan ko‘p bo‘lgan ip gazlamalar‎
5210‎ Tarkibida 85% dan kam paxta tolasi, asosan yoki faqat kimyoviy tolalar bilan qo‘shilgan, sirtqi zichligi 200 g/m2 dan ortmagan b�lgan ip gazlamalar‎
5211‎ Tarkibida 85% dan kam paxta tolasi, asosan yoki faqat kimyoviy tolalar bilan qo‘shilgan, sirtqi zichligi 200 g/m2 dan ortiq bo‘lgan ip gazlamalar‎
5212‎ Boshqa ip gazlamalar‎
5309‎ Zig‘irpoya tolasidan gazlamalar‎
5401 10 900 0,
‎5401 20 900 0 ‎
Chakana savdo uchun qadoqlangan kimyoviy tolalardan tayyorlangan tikuv iplar‎
5406‎ Chakana savdo uchun qadoqlangan kompleks kimyoviy iplar (tikuv iplardan tashqari) ‎
5407‎ Sintetik kompleks iplardan to‘qilgan gazlamalar, jumladan tovar pozitsiyasi 5404 bo‘lgan materiallardan tayyorlangan matolar‎
5408‎ Sun’iy kompleks iplardan to‘qilgan gazlamalar, jumladan tovar pozitsiyasi 5405 bo‘lgan materiallardan tayyorlangan matolar‎
5508 10 900 0,
‎5508 20 900 0 ‎
Chakana savdo uchun qadoqlangan kimyoviy tolalardan tayyorlangan tikuv iplari‎
5511‎ Chakana savdo uchun qadoqlangan kimyoviy toladan (tikuv iplardan tashqari) tayyorlangan kalava ip‎
5512‎ Sintetik tolalardan tayyorlangan, tarkibi 85% va undan ko‘p shu tolalardan iborat bo‘lgan gazlamalar‎
5513‎ Sintetik toladan, tarkibi 85% dan kam shu tolalardan iborat bo‘lgan, asosan yoki faqat paxta tolalari bilan qo‘shilgan, sirtqi zichligi 170 g/m2 ortiq bo‘lmagan gazlamalar‎
5514‎ Sintetik toladan, tarkibi 85% dan kam shu tolalardan iborat bo‘lgan, asosan yoki faqat paxta tolalari bilan qo‘shilgan, sirtqi zichligi 170 g/m2 dan ko‘p bo‘lgan gazlamalar‎
5515‎ Sintetik tolalardan tayyorlangan boshqa gazlamalar ‎
56 (5601 30 000 0,
‎5603 — 5606 00 dan tashqari) ‎
Momiq, namat yoki fetr va noto‘qima gazlamalar; maxsus kalava ip; chilvirlar, arqon, kanatlar va troslar va ulardan tayyorlangan buyumlar‎
57‎ Gilamlar va boshqa to‘qimachilik pol qoplamalari‎
58 (5807 dan tashqari)‎ Maxsus gazlamalar; tafting to‘qimachilik materiallar; to‘rlar; gobelenlar; bezak materiallar; kashtalar‎
5903 — 5906, 5909 00‎ To‘qimachilik materiallari, shimdirilgan, qoplangan yoki qavatli; texnik maqsadlar uchun to‘qimachilik materiallar‎
60‎ Mashinada yoki qo‘lda to‘qilgan trikotaj matolar‎
61‎ Mashinada yoki qo‘lda to‘qilgan trikotaj kiyim buyumlari va kiyimlar uchun jihozlar‎
62‎ Kiyim buyumlari va kiyim jihozlari, mashina yoki qo‘lda to‘qilgan trikotajdan tashqari‎
63‎ Boshqa tayyor tekstil buyumlar, to‘plamlar, ishlatilgan kiyim va tekstil buyumlar, latta-putta‎
6401 — 6405,
‎6406 99 100 0 ‎
Poyabzal, qunj va shunga o‘xshash buyumlar; ularning qismlari ‎
6504 00 000 0 — 6506
‎(6506 10 dan tashqari) ‎
Yarim tayyor shlyapa, yarim tayyor qalpoq, yoki 6501 tovar pozitsiyasiga tegishli yassi xomaki matriallardan tayyorlangan, astarli yoki astarsiz, bezalgan yoki bezalmagan shlyapa va boshqa bosh kiyimlari ‎
66‎ Soyabonlar, quyoshdan himoyalovchi soyabonlar, hassalar, aso-o‘tirg‘ich, xipchinlar, ulov minishga qamchilar va ularning qismlari‎
67‎ Ishlov berilgan patlar, parlar (momiqlar) va patlardan, parlardan tayyorlangan buyumlar; sun’iy gullar, odam sochi�an tayyorlangan buyumlar‎
69
‎(690100 000 0 — 6903, 6909 dan tashqari) ‎
Chinni mahsulotlar‎
70
‎(7001 00,
‎7002,
‎7003 12 100 0,
‎7003 19 100 0,
‎7004 20 100 0 ,
‎7004 90 100 0,
‎7005 10 300 0
‎7006 00 100 0,
‎7010 10 000 0,
‎7010 90 710 0,
‎7010 90 790 0,
‎7011
‎7014 00 000 0,
‎7015,
‎7017,
‎7018 20 000 0,
‎7018 90 100 0,
‎7019,
‎7020 00 dan tashqari) ‎
Shisha va undan yasalgan buyumlar‎
7113 — 7118
‎(7115 10 000 0 dan tashqari) ‎
Qimmatbaho metalldan yoki qimmatbaho metall bilan qoplangan metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va ularning qismlari‎
7323-7324
‎(fuqaro aviatsiyasi sanitar-texnik uskunalaridan tashqari) ‎
Qora metalldan yasalgan maishiy ehtiyoj uchun yemakxona va oshxona asboblari va boshqa buyumlar va ularning qismlari‎
7415‎ Mixlar, knopkalar, chizma knopkalar, bandlar, skobalar (8305 tovar pozitsiyasiga tegishlilardan tashqari) va mis yoki qora metalldan qilingan shunga o‘xshash buyumlar mis boshchalar bilan, vintlar, boltlar, gaykalar, yopqichlar, burama ilgaklar, mixparchinlar ‎
7418‎ Misdan yasalgan oshxona va yemakxona asboblari va maishiy ehtiyoj uchun boshqa buyumlar va ularning qismlari‎
7615-7616**‎ Alyuminiydan yasalgan oshxona va yemakxona asboblari va maishiy ehtiyoj uchun boshqa buyumlar va ularning qismlari‎
82
‎(8203 40 000 0,
‎8205 59 300 0,
‎8205 80 000 0,
‎8207 13 000 0 — 8207 40 900 0,
‎8207 60 100 0 — 8207 90 100 0,
‎8207 90 500 0,
‎8208,
‎8209 00 dan tashqari) ‎
Qimmatbaho bo‘lmagan metallardan yasalgan asboblar, uskunalar, pichoq buyumlar, qoshiqlar va vilkalar va qimmatbaho bo‘lmagan metallardan ularning qismlari ‎
8301 10 000 0,
‎8301 40 900 0**,
‎8301 50 000 0**,
‎8301 70 000 0,
‎8302 50 000 0,
‎8306 (8306 10 000 0),
‎8307,
‎8308**,
‎8311** dan tashqari) ‎
Qimmatbaho bo‘lmagan metallardan tayyorlangan boshqa buyumlar (fuqaro aviatsiyasida ishlatiladigan buyumlardan tashqari)‎
8415
‎(8415 20 000 1,
‎8415 90 000 1
‎va fuqaro aviatsiya ishlab chiqarishida ishlatiladiganidan tashqari) ‎
Havo harorati va namligini o‘zgartirish uchun dvigatelli ventilyator, asboblari bilan jihozlangan havo konditsion qurilmalar‎
8418 10
‎(fuqaro aviatsiyasida foydalaniladiganlardan tashqari) ‎
Alohida tashqi eshikli birlashtirilgan sovitgich-muzlatgichlar‎
841821 — 8418 29 000 0‎ Kompression maishiy xolodilniklar;…‎
841840
‎(fuqaro aviatsiyasidan foydalaniladiganlardan tashqari) ‎
Hajmi 900 litrdan ko‘p bo‘lmagan vertikal tipdagi muzlatgich shkaflar‎
8422 11 000 0‎ Maishiy idish yuvish mashinalari‎
8423 10 100 0‎ Maishiy tarozilari‎
8443 31 — 8443 39**‎ Ikki yoki qo‘proq funksiyalarni bajaradigan hisoblash mashinasiga yoki tarmoqqa ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan mashinalar, jumladan bosma, nusxalash yoki faksimil uzatish, boshqalar‎
8450
‎(8450 20 000 0, 8450 90 000 0 dan tashqari) ‎
Kir yuvish mashinalari, maishiy yoki kirxonalar uchun shu jumladan siqish tizimi bilan jihozlangan mashinalar‎
8452 10‎ Maishiy tikuv mashinalari‎
8467 21-8467 22‎ Parmalagichlarning hamma turlari, arralar‎
8470 10 000,
‎8470 29 000 0,
‎8470 90 000 0 ‎
Yozish, chiqarish, ma’lumotlarni vizual tasvir etadigan, hisoblash funksiyalarga ega, hisoblash mashinalar va cho‘ntak mashinalari; pochta markirlash mashinalari, chipta apparatlar va boshqa hisoblash tizimli o‘xshash mashinalar
8471**
‎(fuqaro aviatsiyasida foydalaniladiganlardan tashqari) ‎
Hisoblash mashinalari va ularning bloklari; ma’lumotlarni kodlashtirish shaklda ma’lumotlarni tashuvchiga ko‘chirish mashinalari va shunday ma’lumotlarga ishlov beruvchi mashinalar, boshqa joyda nomi qayd etilmagan va qayd etilmagan magnit va optik o‘qish tizimlari
8506
‎‎(8506 90 000 0 dan tashqari) ‎
Birlamchi elementlar va birlamchi batareyalar‎
8507 10 410 — 8507 10 980
‎(faqat yengil avtomobillar uchun),
‎8507 30 200 0,
‎8507 30 890 0,
‎8507 40 000 0,
‎8507 80
‎(fuqaro aviatsiyasida foydalaniladiganlardan tashqari) ‎
Porshenli dvigatellarni o‘t oldirishga ishlatiladigan elektr akkumulyatorlar‎
8509‎ Maishiy elektromexanik mashinalar o‘rnatilgan elektrodvigatellari bilan‎
8510‎ Elektrobritvalar, sochni qirqish mashinalari va uni olib tashlash asbob-uskunasi, o‘rnatilgan elektrodvigateli bilan ‎
8512‎ Velosiped yoki motorli transport vositalarida ishlatiladigan elektr yoritgich va signalizatsiya uskunalari (8539 tovar pozitsiyasiga tegishli buyumlardan tashqari), oyna tozalagichlar, muzlashga va terlashga qarshi vositalar‎
8513‎ Xususiy energiya manbasidan ishlaydigan (masalan, quruq elementlar batareyasi, akkumulyator, magneto) portativ elektr fonarlar, 8512 tovar pozitsiyasiga tegishli yoritgich uskunalardan tashqari‎
8516
‎(8516 31 100 0,
‎8516 33 000 0,
‎8516 80 200 1 dan tashqari) ‎
Inersionsiz yoki akkumulatsiya qiladigan elektr suv isitgichlar, yuklanadigan elektr suv isitgichlar…‎
8517 11 000 0,
‎8517 12 000 0 ‎
Simsiz trubkali simli aloqa uchun, uyali aloqa uchun telefon apparatlar‎
8517 18 000 0,
‎8517 69 100 0 ‎
Boshqa telefon apparatlar, videofonlar‎
8518 10 950 0,
‎8518 21 000 0,
‎8518 22 000 0,
‎8518 29 950 0,
‎8518 30 200 0,
‎8518 30 950 0,
‎8518 40 300 0 — 8518 40 890 0,
‎8518 50 000 0 ‎
Mikrofon va ular uchun tirgovichlar, tovushkarnaylar (fuqaro aviatsiyasidan tashqari)‎
8519
‎(fuqaro aviatsiyasida foydalaniladiganlardan tashqari) ‎
Ovoz yozish yoki ovoz chiqarish apparaturalari‎
8521
‎(fuqaro aviatsiyasidan foydalaniladiganlardan tashqari) ‎
Videotyuner bilan birlashgan yoki birlashmagan video yozuv yoki video chiqaruv apparaturasi‎
8523 29 — 8523 52 900 1
‎(dasturiy ta’minotdan tashqari),
‎8523 52 900 9
‎(bank plastik kartochkalarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan chip-modullardan tashqari),
‎8523 59 — 8523 80
‎(dasturiy ta’minotdan tashqari)
Disklar, lentalar, qattiq jismli energetik mustaqil ma’lumotlar saqlash tizimlari, “intellektual kartochkalar”, ovoz yozish yoki o‘zga hodisalar uchun, yozilgan yoki yozilmagan boshqa tashuvchilar, shu hisobda disklar tayyorlash uchun matritsalar va master disklar, 37 guruhdagi buyumlardan tashqari
8525
‎(fuqaro aviatsiyasida foydalaniladiganlardan tashqari) ‎
Radiotelefon va radiotelegraf aloqa uchun uzatish apparaturasi ‎
8527
‎(fuqaro aviatsiyasidan foydalaniladiganlardan tashqari) ‎
Bir korpusda ovoz yozish yoki ovoz chiqarish apparaturasi yoki soat bilan birlashgan yoki birlashmagan qabul qilish apparaturasi‎
8528‎ O‘z tarkibiga televizion qabul qilish apparaturasini kiritmaydigan monitorlar va proyektorlar; o‘z tarkibiga keng eshittirishli radiopriyomnikni yoki ovozsiz tasvirni yozish yoki tiklash apparaturasini kiritadigan yoki kiritmaydigan televizion aloqa uchun qabul qilish apparaturasi‎
8703
‎(8703 10,
‎8703 21 101 0,
‎8703 21 901 0,
‎8703 22 101 0,
‎8703 22 901 0,
‎8703 23 199 0,
‎8703 23 909 0,
‎8703 24 101 0,
‎8703 24 901 0,
‎8703 31 101 0,
‎8703 31 901 0,
‎8703 32 191 0,
‎8703 32 901 0,
‎8703 33 191 0,
‎8703 33 901 0,
‎8703 90 101 0,
‎8703 90 901 0 dan tashqari) ‎
Engil avtomobillar va boshqa motorli transport vositalari, odamlarni tashishga mo‘ljallangan, shu jumladan yuk-passajir furgon-avtomobillar va poyga avtomobillar ‎
8711‎ Mototsikllar (shu jumladan mopedlar) va yordamchi motor o‘rnatilgan aravachali yoki aravachasiz velosipedlar, aravachalar‎
8712 00‎ Dvigatelsiz ikki g‘ildirakli velosipedlar va boshqa velosipedlar (shu jumladan yuk tashuvchi uch g‘ildirakli vilosipedlar)‎
8715 00‎ Bolalar aravachalari va ularning qismlari‎
8903‎ Xordiq va sport uchun yaxtalar va boshqa suzuvchi vositalar; eshkakli qayiqlar va kanoelar‎
9004 10‎ Quyosh nurlaridan himoyalovchi ko‘zoynaklar
9006
‎(9006 30 000 0 dan tashqari)‎
Fotokameralar (kinokameralardan tashqari); foto chaqnagich va chaqnagich lampalar, 8539 tovar pozitsiyasidagi gazrazryadli lampalardan tashqari‎
9007‎ Ovoz yozish yoki ovoz chiqarish uskunalari mavjud bo‘lgan yoki mavjud bo‘lmagan kinokameralar va kinoproyektorlar‎
9101 — 9103,
‎9105,‎ ‎9113‎
Soatlarni hamma turlari va ularning qismlari‎
92‎ Musiqa asboblari; ularning qismlari va jihoz anjomlari‎
9401
‎(havo transportida ishlatiladigandan tashqari),
‎9403 20 — 9403 89 000 0,
‎9404, 9405
‎(meditsinada foydalaniladigandan tashqari) ‎
Mebel; o‘rin-ko‘rpa jihozlari, matratslar, matrats asoslari, divan bolishlari va shunga o‘xshagan mebellarni yoritgich asboblari, chiroq va yoritgich asbob-uskunalar, yig‘iluvchi qurilishning konstruksiyasi‎
9503 00 — 9507‎ O‘yinchoqlar, o‘yin�ar va sport anjomi; ularning qismlari va jihoz-anjomlari‎
96
‎(9603 50 000,
‎9606 30 000 0,
‎9610 00 000 0,
‎9611 00 000 0,
‎9612,
‎9618 00 000 0 dan tashqari) ‎
Turli tayyor mahsulotlar‎
(Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2009-yil 22-iyundagi 76, 65, EG-01/10-3881 va 01-02/8-13-sonli (ro‘yxat raqami 1853-1, 27.06.2009-y.) qarori tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 27-son, 318-modda)
* Iste’mol tovarlari ro‘yxati quyidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida qo‘llanilishi mumkin:
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-fevraldagi PF-3105-sonli Farmoni 2-bandiga muvofiq, yuridik shaxslar tomonidan olib kelinadigan iste’mol tovarlariga nisbatan bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni bekor qilishda;
— Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyuldagi 257-sonli qarori 2-bandiga muvofiq, tovar-xomashyo birjalarida import shartnomalarini tuzishni taqiqlashda;
— Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 425-sonli qarori 2-bandiga muvofiq, qo‘shni davlatlar hududidan reeksport qilinadigan mahsulotlarga nisbatan yig‘imlar belgilashda.
** O‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida OAJ “O‘zbekekspertiza” tomonidan berilgan sertifikat taqdim etilganda, iste’mol tovarlari deb hisoblanmaydi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 37-38-son, 384-modda; 2009-y., 27-son, 318-modda)