1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ARXIV ISHINI YANADA RIVOJLANTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Respublikada arxiv ishini va ish yuritishni yanada rivojlantirish, arxiv hujjatlari saqlanishini taʼminlash va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tarmoqning normativ va metodik bazasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
3. Davlat budjeti mablagʻlari, respublika arxiv muassasalarining budjetdan tashqari daromadlari va grant mablagʻlari Dasturni moliyalashtirish manbalari hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Dastur tadbirlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini hamda arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirishning belgilangan maqsadli moʻljallariga erishilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
5. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari idoraviy arxivlar faoliyatini rivojlantirish, idoraviy saqlashdagi Milliy arxiv fondi hujjatlarining saqlanishini va ilmiy-texnik jihatdan ishlanishini taʼminlash, shuningdek arxiv ishi va ish yuritish xodimlari malakasini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
ushbu qarorda nazarda tutilgan maqsadli moʻljallarga erishish tadbirlarini, shuningdek 2011-yilgacha arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish dasturini amalga oshirishga;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
idoraviy saqlash bosqichida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini ilmiy-texnik jihatdan ishlashga va ularning saqlanishini taʼminlashga, shuningdek vazirliklar, idoralar va respublika boshqa tashkilotlarining har yilgi takliflariga muvofiq xodimlar malakasini oshirish tadbirlariga zarur budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-martdagi 174-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 09/20/174/0343-son)
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi va Moliya vazirligi bilan davlat yangi arxivlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorlar loyihalarini kelishib olsinlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 347-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 09/20/174/0343-son; 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)