Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Davlat zaxiralari tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish va ishlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi (“Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi)ning “Oʻzmaxsustaʼminot” agentligini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi:
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligi vakillari ishtirokida tugatish komissiyasini tashkil etsin;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “Oʻzmaxsustaʼminot” agentligini tugatish tadbirlarini amalga oshirsin;
tugatilayotgan Agentlikning pul mablagʻlari, mol-mulki, arxiv hujjatlari va boshqa hujjatlarining oʻz balansiga qabul qilinishini taʼminlasin;
Agentlikning boʻshab qolayotgan xodimlariga belgilangan tartibga muvofiq ishga joylashishda koʻmaklashsin;
“Oʻzmaxsustaʼminot” agentligini tugatish tadbirlarining bir oy muddatda tugallanishini taʼminlasin.
3. “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida shtatdagi xodimlari soni 6 nafar boʻlgan Xaridlar va maxsus isteʼmolchilar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Xaridlar va maxsus isteʼmolchilar bilan ishlash boshqarmasining taʼminoti har yili “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasiga ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi va uning xodimlarining umumiy soni 56 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 40 nafar boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi
1 va
2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
5. “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi tugatilayotgan “Oʻzmaxsustaʼminot” agentligining maxsus isteʼmolchilarni va ijtimoiy soha muassasalarini davlat zaxirasi mahsulotlari bilan taʼminlash hamda davlat zaxiralari tizimi korxonalari uchun mahsulotlar yetkazib berish yuzasidan 2008-yilga tuzilgan shartnomalar boʻyicha huquqiy vorisi etib belgilansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 9-martdagi 113-son
qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 26-modda):
3-ilovaning
2-bandidagi “Oʻzmaxsustaʼminot” agentligi (Toshkent shahri)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.