1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
[TSZ:
1.Moliya / Baxolash faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish mexanizmini tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida” 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Sud organlari soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining ishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilova muvofiq;
Sud organlari soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-iyul,
161-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qaroriga 1-ILOVA
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Ushbu Nizom Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazishga oid ishlarni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish — ekspertiza buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnoma asosida boshqa baholash tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan baholash tashkilotini baholash boʻyicha hisobotlarni tekshirish;
ekspertizaning bajaruvchisi — baholash faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyaga ega boʻlgan, shartnoma asosida ekspertiza oʻtkazish uchun jalb qilinadigan baholash tashkiloti;
tahliliy ekspertiza — qiymat turining baholash maqsadlariga muvofiqligini, baholashda foydalanilgan maʼlumotlarning asoslanganligini, metodologiyaning maqbulligini, hisob-kitoblarning aniqligini va baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini tekshirish uchun oʻtkaziladigan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim etilgan maʼlumotlar tahlili asosida amalga oshiriladigan ekspertiza;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
dala sharoitida oʻtkaziladigan ekspertiza — tahliliy ekspertizani, shuningdek baholash obyektiga chiqib baholanadigan mol-mulkni tekshirishni va, zaruriyat boʻlganda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim etilgan maʼlumotlarni tasdiqlash uchun mol-mulkning qiyoslanadigan obyektlarini tekshirishni oʻz ichiga oladigan ekspertiza;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
ekspert xulosasi — baholash toʻgʻrisidagi hisobotning mazmuniga, oʻtkazilgan tadqiqotlar sifati va umuman baholash toʻgʻrisidagi hisobotning haqqoniyligiga nisbatan sharhlar bilan birgalikda ekspertiza natijalarini aks ettiradigan hujjat.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligi ekspertizadan (keyingi oʻrinlarda “ekspertiza” deb yuritiladi) oʻtkazilishi predmeti hisoblanadi.
4. Ekspertiza quyidagilar yuzasidan taqdim etilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotning haqqoniyligi tekshirilishini taʼminlaydi:
foydalanilgan maʼlumotlar va olingan maʼlumotnomalarning asoslanganligi;
qoʻllanilgan metodlar va baholash usullarining asoslanganligi;
hisob-kitoblarning aniqligi;
tahlil, fikrlar va xulosalarning asoslanganligi;
taqdim etilgan hisobotning baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotdagi isbotlovchi ahamiyatiga ega boʻlgan maʼlumotlar ayni bir vaqtda quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishi kerak:
tegishlilik — baholash obyekti bilan baholash tartib-qoidasi uning vositasida amalga oshiriladigan maʼlumotlar sifat va miqdor tavsiflarining aloqadorligi mavjudligi;
yoʻl qoʻyilishi mumkinligi — maʼlumotlar ishonchli tasdiqlanadigan manbalardan olinishi kerak;
ishonchlilik — isbotlar bilan aniqlanadigan maʼlumotlar buyurtmachi va ekspertiza natijalaridan boshqa foydalanuvchilar ularni xolisona haqiqatga muvofiq deb baholashi mumkin boʻlgan tarzda, yaʼni haqiqatda yuz bergan tegishli holatlar bilan isbot qilinishi kerak;
yetarlilik — maʼlumotlar qoʻshimcha axborot manbalarini jalb etmasdan va baholash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrmasdan ular yordamida olinadigan natijalarni toʻliq va xolisona talqin qilish imkonini beradi.
6. Ekspertiza buyurtmachi, baholashning boshqa isteʼmolchilari va baholashni oʻtkazgan baholash tashkiloti oʻrtasida bahsli vaziyatlar paydo boʻlgan taqdirda yoki boshqa holatlarda oʻtkaziladi.
7. Ekspertizani oʻtkazgan baholash tashkiloti takroriy (oʻz) bahosini amalga oshirmasdan va baholash obyekti qiymatini oʻz ichiga olgan oʻz xulosasini chiqarmasdan baholash toʻgʻrisidagi ushbu hisobotning ishonchliligini aniqlaydi.
8. Baholash tashkilotini ilgari ushbu baholash tashkiloti tomonidan bajarilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ekspertizasiga jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobot ekspertizasiga baholash toʻgʻrisidagi ushbu hisobotni tuzishda oldin ishtirok etgan baholovchi jalb etilishi mumkin emas.
9. Ekspertizani bajaruvchi (keyingi oʻrinlarda “bajaruvchi” deb yuritiladi) bilan ekspertizaning buyurtmachisi (baholash xizmatlari isteʼmolchisi) oʻrtasida tuzilgan shartnoma (shartnomada oʻtkaziladigan ekspertiza turi koʻrsatilishi kerak) ekspertiza oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
10. Ekspertizani oʻtkazishda ekspertiza buyurtmachisi yoxud boshqa manfaatdor shaxslarning bajaruvchi faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
III. Ekspertiza buyurtmachisining huquq va majburiyatlari
11. Ekspertiza buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:
ekspertizani oʻtkazish masalalari boʻyicha bajaruvchidan maslahatlar va zarur metodik yordam olish;
ekspertiza predmetiga nisbatan takliflar, mulohazalar, tushuntirishlarni bajaruvchiga taqdim etish;
bajaruvchidan ekspertizani oʻtkazishning borishi toʻgʻrisidagi axborotni olish;
ekspertiza buyurtmachisi qonun hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
13. Ekspertiza oʻtkazishda bajaruvchi quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
ekspertiza buyurtmachisidan baholash obyekti va baholash obyektini baholash oʻtkazilishi bilan bogʻliq hujjatlardan foydalanish taʼminlanishini talab qilish, shuningdek undan ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tushuntirish va qoʻshimcha maʼlumotlarni olish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
uchinchi shaxslardan ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni soʻrash. Agar koʻrsatib oʻtilgan axborotni taqdim etish rad etilishi ekspertizaning haqqoniyligiga taʼsir koʻrsatgan taqdirda baholovchi buni ekspert xulosasida koʻrsatadi;
baholovchilar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda ekspertizani oʻtkazishda qatnashishga jalb etish;
agar buyurtmachi shartnoma shartlarini buzgan, ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborot taqdim etilishini taʼminlamagan yoxud shartnomaga muvofiq ish sharoitlarini taʼminlamagan hollarda ekspertiza oʻtkazishni rad etish.
Bajaruvchi qonun hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
ekspertizani oʻtkazish tartibi va shartlariga rioya qilish;
buyurtmachining talabiga koʻra ekspertizani oʻtkazishga shartnoma tuzilishi oldidan baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyani, baholovchi (baholovchilar)ning malaka sertifikatini taqdim etish;
baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan xolisona ekspertiza oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan holatlar paydo boʻlishi oqibatida ekspertizani oʻtkazishda oʻzining ishtirok etishi mumkin emasligi toʻgʻrisida buyurtmachiga xabar qilish;
ekspertiza oʻtkazish davomida olinadigan hujjatlarning saqlanishini taʼminlash;
mol-mulkning egasiga va (yoki) buyurtmachiga ekspertiza oʻtkazish jarayonida aniqlangan ularning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlar tomonidan zarar yetkazilishi, shuningdek qonun hujjatlari buzilishi holatlari toʻgʻrisida xabar berish;
baholash obyektiga mavjud va baholanadigan huquqlar tavsifining yetarliligi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholanadigan qiymat maqsadlari va turining baholashni oʻtkazish haqidagi shartnoma shartlariga va baholash natijalaridan kelajakda foydalanishga muvofiqligi;
baholashni oʻtkazishda qabul qilingan yoʻl qoʻyishlar va cheklashlarning qonuniyligi (qonun hujjatlariga muvofiqligi) va haqqoniyligi (amaldagi holatlarga muvofiqligi);
baholash obyektiga tegishli boʻlgan bozor tavsifi va tipik xaridorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjudligi;
ishonchli natijaga ega boʻlish uchun narx hosil qiluvchi omillar jamini, shu jumladan baholash obyektining joylashgan joyi, ochiq bozorda baholash obyekti ekspozitsiyasining oʻrtacha bozor davrini hisobga olish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholash obyekti qiymatining tegishli turini aniqlash uchun baholovchi tomonidan baholash standartlari qoʻllanilishining asoslanganligi;
huquqiy, bozorga oid, moliyaviy, texnik axborotlar va boshqa axborotlardan hamda ularni olish manbalaridan foydalanish asoslanganligi;
maxsus atamalar, baholovchining asoslashi va xulosalari mavjudligi va tushuntirishning toʻliqligi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholash toʻgʻrisidagi hisobotga ilovalardagi mavjud zarur hujjatlar va materiallar mavjudligi va toʻliqligi;
xarajatli, qiyosiy va daromadli yondashuvlar qoʻllanilishining toʻgʻriligi, shuningdek har bir yondashuv doirasida baholash metodlarini tanlash va qoʻllashning toʻgʻriligi, ulardan foydalanishni asoslash (foydalanishni rad etish);
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholashga turlicha yondashuvlar bilan hisob-kitoblarni kelishishning boadabliligi;
hisobot tuzilmasi va uni rasmiylashtirish sifati;
hisob-kitoblarda foydalanilgan maʼlumotlarning birlamchi maʼlumotlarga hamda baholash toʻgʻrisidagi hisobotning har xil boʻlimlarida va unga ilovalarda keltirilgan boshqa maʼlumotlarga muvofiqligi.
17. Dala sharoitida oʻtkaziladigan ekspertizada bajaruvchi ekspertizani ushbu Nizomning 16-bandi talablariga muvofiq oʻtkazadi, shuningdek:
baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilgan maʼlumotlarga identifikatsiyalaydi;
baholash obyektining fizik holatini tekshiradi;
baholash obyekti tavsiflari zarur tarzda oʻlchanishini amalga oshiradi;
zaruriyat boʻlganda baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan maʼlumotlarni tasdiqlash uchun qiyoslanadigan obyektlarni tekshiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
18. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotni haqqoniy yoki haqqoniy emas deb eʼtirof etish ekspertiza natijasi hisoblanadi.
19. Quyidagi omillar (holatlar)dan hech boʻlmaganda biri mavjud boʻlganda baholash toʻgʻrisidagi hisobot ishonchli emas deb eʼtirof etiladi:
hisobot baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq emas;
hisobot baholash oʻtkazish haqidagi shartnoma talablariga muvofiq emas;
baholashning maqsadi baholash natijalaridan kelgusida foydalanishni aks ettirmaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholovchi tomonidan baholanayotgan mol-mulk qiymatining turi noqonuniy belgilangan;
hisobotni isbotlovchi ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjat sifatida tavsiflash imkoni yoʻq;
oʻzaro bir-birini istisno etuvchi va bir-biriga zid faktlar, maʼlumotlar, xulosalar, yoʻl qoʻyishlar va ularning bir xilda talqin etilmasligi mavjud;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholashni oʻtkazishda foydalanilgan maʼlumotlar (ularni olish manbalari) toʻgʻrisida aniqlashtirilgan axborot mavjud emas;
hisobotda foydalaniladigan tuzatishlar va/yoki yoʻl qoʻyishlar ularni qoʻllashning ayon koʻrinib turgan imkoniyatlari doirasidan tashqariga chiqadi;
hisob-kitoblar, formulalar, qoʻllanilgan chegirma va mukofotlar izchil va asoslangan emas.
20. Agar baholash toʻgʻrisidagi hisobot baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talabiga muvofiq tuzilgan boʻlsa va isbotlovchi ahamiyatli maʼlumotlarga ega boʻlsa baholash toʻgʻrisidagi hisobot ishonchli deb eʼtirof etiladi.
21. Bajaruvchi baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sana bilan ekspertiza oʻtkazilgan sana oʻrtasida paydo boʻlgan qoʻshimcha axborotni eʼtiborga olmasligi kerak.
22. Ekspertiza natijalari boʻyicha bajaruvchi ekspertiza oʻtkazish uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq ekspertizaning buyurtmachisiga beriladigan ekspert xulosasini tuzadi.
Ekspertiza tugallangandan keyin uch kun muddatda bajaruvchi ekspert xulosasi nusxasini bajariladigan baholash ishlarining xolisligi va sifati ustidan nazorat qilish uchun baholovchi faoliyatning litsenziyalovchi organiga yuboradi.
23. Ekspertizaning buyurtmachisi ekspert xulosasiga rozi boʻlmagan taqdirda ushbu ekspert xulosasini va baholash toʻgʻrisidagi hisobotni sudga yuborishga haqlidir.
VI. Ekspert xulosasini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar
24. Ekspert xulosasida quyidagi majburiy boʻlimlar mavjud boʻlishi kerak:
1 boʻlim. “Umumiy maʼlumotlar”, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ekspertiza oʻtkazish uchun asos;
ekspertiza predmeti (baholash toʻgʻrisidagi hisobotning nomi);
ekspertiza turi (tahliliy, dala sharoitida);
ekspertiza oʻtkazilgan sana;
ekspert (ekspertlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
hisobot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholash obyektini baholash sanasida aniq identifikatsiyalash imkonini beradigan baholash obyektining aniq tavsifi, yuridik shaxsga tegishli boʻlgan baholash subyektiga nisbatan esa — yuridik shaxsning rekvizitlari.
2 boʻlim. “Baholanadigan obyektga chiqqan holda baholanayotgan mol-mulkni tekshirish natijalari” (dala sharoitida ekspertiza oʻtkazilganda).
3 boʻlim. “Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning baholash faoliyati haqidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi”.
VII. Ekspertiza oʻtkazishda bajaruvchining javobgarligi
25. Ekspertizani oʻtkazishda bajaruvchi oʻz majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur tarzda bajarilmaganligi, shuningdek baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ekspertiza oʻtkazilgan sana: 20__ yil “__”______
Ekspert: F.I.O., lavozimi, baholovchining malaka sertifikati tartib raqami va uning berilgan sanasi ______________________________________ ____________________________________________________________________
20__ yil “___” _______dagi “_______________”-son hisobot (keyingi oʻrinlarda Hisobot deb ataladi) 20__ yil “___” _______da berilgan____-son litsenziya asosida faoliyat koʻrsatuvchi “______________” baholovchi tashkilot tomonidan 20__ yil “___” ________da berilgan ______-son baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan baholovchi ______ tomonidan 20__ yil “___” __________dagi _______-son Shartnoma boʻyicha ________________maqsadida bajarilgan.
(Obyektning baholash sanasida identifikatsiya qilish imkonini beruvchi aniq tavsifi, ___________________________________________________yuridik shaxsga tegishli boʻlgan baholash obyekti boʻyicha esa yuridik shaxsning rekvizitlari)
__________baholash obyekti hisoblanadi.
2. Baholanuvchi obyektga borgan holda baholanuvchi mol-mulkni tekshirish natijalari (dala sharoitida ekspertiza oʻtkazishda):
Dala sharoitida ekspertiza oʻtkazishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar aniqlandi:
(Soʻngra ekspert tomonidan baholash obyektiga borgan holda baholanayotgan mol-mulkni tekshirish va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlash uchun mol-mulkning taqqoslanadigan obyektlarini tekshirish natijalari keltiriladi)
3. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi
____________________________________________________________ (Soʻngra ekspert tomonidan baholash toʻgʻrisida taqdim etilgan hisobotning baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobot mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablarga rioya qilinishi boʻyicha muvofiqligi haqidagi xulosalar keltiriladi) Baholash maqsadlari uchun Hisobotda quyidagi yondashuvlardan foydalanilgan:
____________________________________________________________ (Soʻngra ekspert tomonidan hisobotda Baholovchi tomonidan u yoki bu baholash yondashuvlaridan foydalanishning (yoki foydalanishni rad etishning) asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi)
Daromad boʻyicha yondashuvdan foydalanish:
Tanlangan yondashuv doirasida Baholovchi ______________________ metodidan foydalandi.
(Soʻngra ekspert tomonidan foydalanilgan yondashuv doirasida Baholovchi tomonidan aniq metodni tanlashning toʻgʻriligi va asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi. Bundan tashqari, baholashning tanlangan metodi doirasida baholashni amalga oshirishda Baholovchi tomonidan foydalanilgan axborotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi, hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan miqdorlarning haqqoniyligi va asoslanganligini tahlil qilish natijalari keltiriladi)
Qiyosiy yondashuvdan foydalanish:
Tanlangan yondashuv doirasida Baholovchi ______________________ metodidan foydalandi.
(Soʻngra ekspert tomonidan foydalanilgan yondashuv doirasida Baholovchi tomonidan aniq metodni tanlashning toʻgʻriligi va asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi. Bundan tashqari, baholashning tanlangan metodi doirasida baholashni amalga oshirishda Baholovchi tomonidan foydalanilgan axborotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi, hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan miqdorlarning haqqoniyligi va asoslanganligini tahlil qilish natijalari keltiriladi)
Xarajat boʻyicha yondashuvdan foydalanish:
Tanlangan yondashuv doirasida Baholovchi ______________________ metodidan foydalandi.
(Soʻngra ekspert tomonidan foydalanilgan yondashuv doirasida Baholovchi tomonidan aniq metodni tanlashning toʻgʻriligi va asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi. Bundan tashqari, baholashning tanlangan metodi doirasida baholashni amalga oshirishda Baholovchi tomonidan foydalanilgan axborotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi, hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan miqdorlarning haqqoniyligi va asoslanganligini tahlil qilish natijalari keltiriladi)
Joriy etilgan chegirishlar va mukofotlar:
(Ushbu boʻlimda ekspert tomonidan hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan chegirishlar va mukofotlar miqdorlarini qoʻllaganlikning asoslanganligi va ularning haqqoniyligi, shuningdek ularni aniqlashning haqqoniyligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi)
Baholashning har qaysi yondashuvi salmogʻini asoslash:
(Soʻngra ekspert tomonidan Baholovchi yondashuvlarining salmogʻini (koeffitsiyentlarini) belgilashning asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi)
4. Oʻtkazilgan ekspertiza xulosalari:
Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib, 20__ yil “___” __________dagi “_______________________”ni baholash toʻgʻrisidagi koʻrib chiqilgan
(hisobot nomi)
_____-son hisobot__________________________ deb eʼtirof etiladi
(haqqoniy/haqqoniy emas)
Ekspertizani oʻtkazgan ekspert_________ (imzo)
Ekspertizani oʻtkazgan baholovchi tashkilot rahbari __________ (imzo)
Baholovchi tashkilot muhri
Izoh: ushbu ekspert xulosasi faqat ilova qilinayotgan hisobotning toʻliq matnini hisobga olgan holda, unda mavjud boʻlgan barcha yoʻl qoʻyishlar va cheklashlarni, shuningdek ekspertizani oʻtkazishda foydalanilgan hujjatlarni eʼtiborga olib talqin etilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qaroriga 2-ILOVA
Sud organlari soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining ishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Baholash obyektlari bahosi boʻyicha materiallarni bahsli vaziyatlarda sud organlari soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi ishlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini bahsli vaziyatlarda sud organlari soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish — sud organlari tomonidan yuborilgan baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarida baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi toʻgʻrisidagi xulosalarni tahlil qilish va tuzish boʻyicha tadbirlar yigʻindisi;
Komissiya — Baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini bahsli vaziyatlarda sud organlari soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi;
Komissiya xulosasi — baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini bahsli vaziyatlarda sud organlari soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish natijalaridan iborat boʻlgan hujjat;
ekspert — baholovchi tashkilot shtatida turuvchi, ekspertlar reyestriga kiritilgan va ekspert hisobotini tayyorlash uchun Komissiya tomonidan jalb etiladigan baholovchi;
Komissiyaning ekspert aʼzosi — ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda ekspertlar reyestridan Komissiya aʼzosi sifatida tasdiqlangan ekspert;
ekspertlar reyestri — baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda Komissiya tomonidan tanlab olingan jismoniy shaxslar roʻyxati.
3. Ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan materiallar ilova qilingan holda sud organlari tomonidan Komissiyaga taqdim etilgan ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida sud organlarining ajrimi baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini bahsli vaziyatlarda sud organlari soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda “ekspertiza” deb ataladi) uchun asos hisoblanadi.
II. Komissiya tarkibi va uning ishlarini tashkil etish
4. Komissiyaning doimiy aʼzolari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyaning ekspert aʼzosi ekspertlar reyestriga kiritilgan ekspertlar orasidan boʻlgan Komissiyaning doimiy aʼzolari tomonidan tasdiqlanadi.
5. Komissiyaga Komissiya raisi boshchilik qiladi, u:
Komissiya ishlarini tashkil qiladi;
Komissiya majlisining kun tartibini tasdiqlaydi;
Komissiya majlisi oʻtkaziladigan sana va joyni tayinlaydi;
Komissiya majlislarida raislik qiladi.
6. Komissiya raisi boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Komissiya raisining oʻrinbosari bajaradi.
7. Komissiya aʼzolari:
Komissiya ishlarida qatnashadilar;
ekspertlar reyestriga kiritish uchun ekspertlar nomzodlarini koʻrib chiqadilar;
ekspertlarning bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadilar;
ekspertlar ishlari natijalarini muhokama qiladilar;
Komissiya qarorlarini qabul qilish toʻgʻrisida ovoz berishlarda qatnashadilar.
8. Komissiya majlisi, agar unda aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa vakolatli hisoblanadi.
Komissiya qarori majlisda qatnashgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya aʼzosining Komissiya qabul qilgan qarordan farq qiladigan alohida fikr-mulohazasi Komissiya majlisining protokolida aks ettiriladi yoki yozma ravishda alohida rasmiylashtiriladi va u Komissiya majlisi protokolining uzviy qismi hisoblanadi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi, u Komissiya ishlari boʻyicha hujjatlarning belgilangan tartibga muvofiq yuritilishi va saqlanishini amalga oshiradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
10. Komissiya majlislarni ekspertizadan oʻtkazish uchun materiallar toʻplanishiga qarab oʻtkazadi.
III. Ekspertlar reyestriga kiritish uchun ekspertlarni tanlab olishni oʻtkazish tartibi
11. Ekspertlar reyestriga kiritish uchun ekspertlarni tanlab olish tanlov asosida amalga oshiriladi.
12. Ekspertlarni tanlov asosida tanlab olish Komissiya tomonidan, talab qilinadigan ekspertlar sonidan kelib chiqqan holda har yili kamida bir marta amalga oshiriladi hamda qatnashchilar tarkibi va tanlov takliflarini berish shakli boʻyicha ochiq hisoblanadi.
13. Tanlov boʻyicha tanlab olishda qatnashish istagini bildirgan ekspertlar (keyingi oʻrinlarda “talabgor” deb ataladi) uchun quyidagi talablar belgilanadi:
baholovchi lavozimida kamida uch yil ish stajiga ega boʻlish;
baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun baholovchining malaka sertifikati toʻxtatilganligi yoki bekor qilinganligi hollarining mavjud emasligi;
talabgor baholovchi tashkilot shtatida turishi kerak;
talabgor baholovchi lavozimida qatnashgan har xil turdagi mol-mulkni baholash toʻgʻrisidagi kamida yigirmata hisobotning mavjud boʻlishi.
14. Talabgorlar tanlov boʻyicha tanlab olishda qatnashish uchun Komissiyaning ishchi organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
tanlov asosida tanlab olishda qatnashish yuzasidan buyurtmanoma, unda talabgor ekspert sifatida ishlarni amalga oshirish uchun tayyor boʻlgan respublika hududlari koʻrsatiladi;
(14-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
talabgor ularda baholovchi lavozimida qatnashgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarga oid maʼlumotlar.
Yuqorida sanab oʻtilgan barcha hujjatlar tanlov boʻyicha tanlab olish oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan manzilga bir nusxada taqdim etiladi.
Buyurtmanomaga talabgor tomonidan imzolangan taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati ikki nusxada ilova qilinadi.
15. Talabgorlarning tanlov boʻyicha tanlab olishda qatnashish boʻyicha hujjatlari Komissiyaning ishchi organi tomonidan tanlov boʻyicha tanlab olishning oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon ommaviy-axborot vositalarida chop etilgan kundan boshlab oʻttiz kalendar kun mobaynida roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning ikkinchi nusxasi talabgorga hujjatlar qabul qilingan kunda, hujjatlar qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda qaytariladi.
16. Tanlov boʻyicha tanlab olish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda Komissiyaning ishchi organi tomonidan talabgorlardan hujjatlar qabul qilib olinadi va ularning ushbu Nizom talablariga muvofiqligi tekshiriladi, shuningdek taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi oʻrganiladi. Komissiyaning ishchi organi tomonidan talabgorlarning ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlgan hujjatlari keyinchalik qaror qabul qilish uchun Komissiyaga taqdim etiladi;
ikkinchi bosqichda Komissiya aʼzolari oʻz majlisida talabgorlarning hujjatlarini oʻrganadilar va tanlov boʻyicha tanlab oladilar. Tanlov boʻyicha tanlovdan oʻtgan talabgorlar Komissiya qarori bilan ekspertlar reyestriga kiritiladilar.
17. Tanlov boʻyicha tanlab olish yakunlari Komissiya protokoli bilan tasdiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining rasmiy saytiga joylashtiriladi va tanlov boʻyicha tanlab olish natijalari tasdiqlangan sanadan keyin besh kun mobaynida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
18. Baholovchining malaka sertifikati amal qilishini toʻxtatish yoki uni bekor qilish ushbu ekspertni ekspertlar reyestridan chiqarishga olib keladi.
IV. Komissiya tomonidan ekspertiza oʻtkazilishi va uning natijalarini koʻrib chiqish tartibi
19. Ekspertizadan oʻtkazish Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning I boʻlimi 4, 5-bandlariga va V, VII boʻlimlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning III va IV boʻlimlari normalari Komissiyaga va ekspertga (ekspertlarga) tatbiq etiladi, ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlov boʻyicha normalar bundan mustasno.
20. Sud organlarining ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan har bir aniq murojaati boʻyicha baholanuvchi obyektni baholash materiallari olingan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida Komissiya ekspertlar reyestriga kiritilganlar orasidan ekspertni (ekspertlarni) tasdiqlaydi.
Ekspertiza obyektiga va sudda koʻrib chiqishda qatnashuvchi baholovchi tashkilotlarga nisbatan mulkiy yoki boshqa nomulkiy manfaatlarga ega boʻlgan ekspertning tasdiqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday manfaatlar mavjud boʻlgan taqdirda ekspert bu toʻgʻrida Komissiyaga maʼlum qilishi shart.
Ekspert tomonidan ekspertiza obyektiga va sudda koʻrib chiqishda qatnashuvchi baholovchi tashkilotlarga nisbatan unda mulkiy yoki boshqa nomulkiy manfaatlar mavjudligini yashirish faktlari aniqlangan taqdirda yoxud ekspert tomonidan oʻz vazifalarini nohalol bajarish hollari aniqlanganda mazkur ekspert ekspertlar reyestridan chiqariladi va uning baholovchi malaka sertifikatining amal qilishi belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
21. Ekspertiza Komissiya tomonidan, baholanuvchi obyektlarni baholash materiallari Komissiyaga tushgan sanadan boshlab 30 kun mobaynida oʻtkaziladi.
22. Ekspert (ekspertlar) 15 kun muddatda baholash boʻyicha taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi va bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga taqdim etadi.
23. Komissiya oʻz majlisida ekspert (ekspertlar)ning bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqadi. Zaruriyat boʻlganda Komissiya hisobotni ekspertga (ekspertlarga) puxtalashtirish uchun qaytarishga haqlidir.
24. Komissiya xulosasi Komissiyaning majlisda qatnashgan barcha aʼzolari imzolagan protokol bilan rasmiylashtiriladi.
25. Komissiya xulosasida quyidagilar aks ettirilgan boʻlishi kerak:
xulosa qabul qilingan sana;
ekspertizani oʻtkazish uchun asos;
ekspertiza predmeti (ekspertizaga taqdim etilgan materiallar roʻyxati);
Komissiyaning oʻtkazilgan ekspertiza boʻyicha xulosasi.
26. Xulosa tasdiqlangandan keyin Komissiya uch kun muddatda uni va ekspertning xizmatlari uchun toʻlov toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli sud organi manziliga joʻnatadi.
27. Ekspertning xarajatlarini qoplash sud qaroriga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qaroriga 3-ILOVA
Baholash obyektlari bahosi boʻyicha materiallarni bahsli vaziyatlarda sud organlari soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 299-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son)