1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib oʻtish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
“JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA ChEGARADOSh DAVLATLAR HUDUDIDAN ShAXSIY FOYDALANISh UChUN BOJSIZ OLIB KIRILADIGAN ISTEʼMOL TOVARLARINING ChEKLANGAN MIQDORIY NORMALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA”GI QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 11-iyulda 1196-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasining 2009-yil 9-sentabrdagi 86, EG-01/10-5948 va 01-02/8-19-sonli “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chegaradosh davlatlar hududidan shaxsiy foydalanish uchun bojsiz olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining cheklangan miqdoriy normalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror va unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 1196-2, 30.09.2009-y.) qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 7-moddalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 425-sonli “Isteʼmol tovarlari importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2002-yil 28-dekabrdagi 141, XI-01/12-4998 va 01-02/8-52-sonli “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chegaradosh davlatlar hududidan shaxsiy foydalanish uchun bojsiz olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining cheklangan miqdoriy normalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (2002-yil 28-dekabr, roʻyxat raqami 1196) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.