toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “SUG‘URTA XIZMATLARI BOZORINI YANADA ISLOH QILISh VA RIVOJLANTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” 2008 YIL 21 MAYDAGI PQ-872-SON QARORI)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 21-maydagi PQ-872-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 4-iyul,
151-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-iyuldagi 151-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-bandda beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“litsenziya talabgori (litsenziat)ning rahbari va bosh buxgalteri sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiq bo‘lishlari kerak”;
“a” kichik bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning va uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari;
litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar (so‘rovnoma, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish to‘g‘risidagi guvohnomasining notarial tasdiqlagan nusxalari hamda mehnat daftarchasi)”;
“b” kichik bandda uchinchi xatboshi quyidagi mazmundagi uchinchi-to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning va uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari;
litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar (so‘rovnoma, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish to‘g‘risidagi guvohnomasining notarial tasdiqlagan nusxalari hamda mehnat daftarchasi)”;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi, litsenziya talabgorining rahbari tomonidan tasdiqlangan sug‘urta qoidalari (shartlari) bundan mustasno”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomning 3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir. Bunda sug‘urtalovchining ko‘rsatilgan faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziya olishi talab qilinmaydi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 28-son, 270-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda)