1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
SUGʻURTALOVChINING (SUGʻURTA BROKERINING) RAHBARIGA VA BOSh BUXGALTERIGA QOʻYILADIGAN MALAKA TALABLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-iyunda 1827-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 30-apreldagi 42-sonli “Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2462, 30.05.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi PQ-872-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat qarorlari toʻplami, 1992-yil, 11-son, 37-modda) buyuraman:
1. Ilova qilinayotgan Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2004-yil 25-martdagi 52-sonli “Sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (2004-yil 16-aprel, roʻyxat raqami 1338 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 183-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-iyun,
61-son
Moliya vazirining 2008-yil 11-iyundagi 61-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi PQ-872-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
Mazkur Nizom sugʻurtalovchilarning (sugʻurta brokyerlarining) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan tayinlanadigan rahbarlariga tatbiq etilmaydi.
I. Umumiy shartlar
1. Mazkur Nizom maqsadlarida qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar:
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari — qonunchilik va sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) taʼsis hujjatlariga muvofiq tayinlanishi yoki saylanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) yagona ijro etuvchi organi boʻlib hisoblanadigan yoki sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) kollegial ijro etuvchi organi ustidan boshqaradigan jismoniy shaxs;
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) bosh buxgalteri — sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobini tashkillashtirishni hamda moddiy va moliyaviy resurslarni oqilona, tejamkorlik bilan ishlatilishini nazorat qilishni taʼminlaydigan jismoniy shaxs.
2. Sugʻurtalovchilarning (sugʻurta brokyerlarining) rahbarlari va bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar (bundan buyon matnda nomzodlar deb yuritiladi) mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda tayinlanadi (saylanadi).
3. Sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) nomzodlarning mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni ular sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari va bosh buxgalteri lavozimlariga tayinlanishidan (saylanishidan) avval taqdim etishga majbur.
II. Malaka talablari
4. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy maʼlumotga ekvivalent deb tan olingan oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
b) sugʻurta sohasida 2 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi (sugʻurta agenti sifatidagi, shuningdek, yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi).
5. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) bosh buxgalteri quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy maʼlumotga ekvivalent deb tan olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga ega boʻlishi;
b) buxgalter sifatida 3 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi, shundan sugʻurta sohasida buxgalter sifatida bir yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi.
6. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari (bosh buxgalteri) etib, rahbar (bosh buxgalter) tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror chiqarilishiga olib kelganligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, bankrot deb topilgan yoki sud tomonidan uni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytgacha bir yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari (bosh buxgalteri) boʻlib hisoblangan shaxs tayinlanishi (saylanishi) mumkin emas.
III. Nomzodlarning malaka talablariga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish tartibi
7. Sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) Moliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq keltirilgan shakl boʻyicha toʻldirilgan anketa;
b) oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi xorijiy hujjatning ekvivalentligini tan olish toʻgʻrisida vakolatli davlat organi guvohnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi (xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumot mavjud boʻlgan taqdirda);
v) mehnat daftarchasining notarial tasdiqlangan nusxasi. Oʻrindoshlik boʻyicha mehnat staji mavjud boʻlgan taqdirda, bu haqda mehnat daftarchasida qayd qilingan boʻlishi lozim.
Koʻrsatilgan hujjatlar bir nusxada taqdim qilinadi.
IV. Yakunlovchi qoidalar
8. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda, Moliya vazirligi bu haqda sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) 3 kunlik muddatda yozma ravishda xabar beradi.
9. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelmagan taqdirda, Moliya vazirligi bu haqda sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) mos kelmaganlik sabablarini koʻrsatgan holda 3 kunlik muddatda yozma ravishda xabar beradi.
10. Sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) mazkur Nizom talablarini buzgan taqdirda, sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻriladi.
11. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
_________________________________________________________ (sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) nomi _________________________________________________________ (lavozimning toʻliq nomi)) lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod toʻgʻrisida maʼlumotlar
ANKETASI
Birinchi qism. Anketani toʻldirish qoidalari
Anketa nomzodning oʻz qoʻli bilan, tushunarli dastxatda, siyoh yoki qora, koʻk, binafsha rangli pastali sharikli ruchkada toʻldirilishi lozim. Barcha sanalar arab raqamlarida keltirilishi shart.
Anketaning barcha savollariga toʻliq va aniq javoblar berilishi, hamda anketaning biror qismi toʻldirilmasdan qolmasligi shart. Hatto bitta toʻldirilmay qolgan qismining mavjudligi, butun anketaning toʻliq toʻldirilmaganligini anglatadi va u sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) qaytariladi. Zarur boʻlgan taqdirda, toʻliq maʼlumot keltirish uchun anketaga qoʻshimcha varaqlar ilova qilinishi mumkin.
Ikkinchi qism. Anketa
1. Anketa toʻldiruvchining shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Kod
Savollar
Javoblar
1.
Familiyasi
2.
Ismi
3.
Otasining ismi
4.
Avvalgi familiyasi (agar familiya oʻzgargan boʻlsa)
5.
Tugʻilgan yili
6.
Tugʻilgan joyi
7.
Pasport raqami va seriyasi, qachon va kim tomonidan berilgan
8.
Uy manzili (pasportda roʻyxatga olingani boʻyicha)
9.
Uy manzili (yashash joyi boʻyicha)
10.
Telefon raqamlari (uy, ish, uyali aloqa)
2. Oxirgi 10 yil mobaynida ish bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (maʼlumotlar har bir tashkilot (korxona) boʻyicha alohida keltiriladi)
Kod
Savollar
Javoblar
11.
Tashkilot (korxona) nomi
12.
Tashkilotning (korxonaning) anketa toʻldiruvchiga maʼlum boʻlgan oxirgi manzili
13.
Lavozim (lavozimlar)
14.
Ish davri
“____” ________ yildan “____” ________ yilgacha
15.
Ish bilan taʼminlanganlik tavsifi (keragini belgilang)
a) mehnat shartnomasi boʻyicha b) yakka tartibdagi tadbirkor v) ishlamagan
“b” va “v” bandlari boʻyicha batafsil maʼlumot keltiring
3. Maʼlumoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (faqat oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim koʻrsatiladi, har bir muassasa boʻyicha alohida)
Kod
Savollar
Javoblar
16.
Oliy taʼlim muassasasining nomi
17.
Ushbu muassasaning anketa toʻldiruvchiga maʼlum boʻlgan oxirgi manzili
18.
Taʼlim shakli (keragini belgilang)
a) kunduzgi; b) sirtqi; v) kechki.
19.
Kirgan sana
20.
Oʻqishni yakunlagan sana
21.
Olgan darajasi
22.
Olgan mutaxassisligi
23.
Taʼlim muassasasida oʻqishni yakunlaganligi toʻgʻrisidagi diplom yoki boshqa hujjat seriyasi va raqami
Seriyasi _____________ Raqami ______________
24.
Agar anketa toʻldiruvchi ushbu muassasada oʻqishni yakunlamagan boʻlsa, sababini koʻrsating
4. Qoʻshimcha maʼlumotlar
Kod
Savollar
Javoblar
25.
Anketa toʻldiruvchi u tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror chiqarilishiga olib kelganligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, bankrot deb topilgan yoki sud tomonidan uni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytgacha bir yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari (bosh buxgalteri) boʻlib hisoblanganmi (keragini belgilang).
a) yoʻq; b) ha.
“b” javobi belgilangan taqdirda, tashkilot nomi va anketa toʻldiruvchining lavozimini koʻrsating
Men: — ushbu anketada keltirilgan maʼlumotlar haqiqiyligi va toʻliqligini; — ushbu anketani toʻldirish qoidalari bilan tanishganligimni tasdiqlayman.
Anketa toʻldiruvchining toʻliq familiyasi, ismi, otasining ismi
Anketa toʻldiruvchining imzosi
Imzo sanasi
Anketa toʻldiruvchi mening huzurimda anketanining har bir varagʻini oʻz qoʻli bilan imzolaganligini tasdiqlayman.
Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) masʼul xodimining toʻliq familiyasi, ismi, otasining ismi