

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;23.02.2019
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1363907" id="onLBC-1363907">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6892"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;</span></div><div id="LBC6893"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati;</span></div><div id="LBC7191"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish;</span></div><div id="LBC7190"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1363907" id="onLS-1363907">[<b>TSZ:</b><div id="LS3710"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1364086" id="-1364086">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1364087" id="-1364087">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1364088" id="-1364088">GEOLOGIYA-QIDIRUV IShLARI OLIB BORIShGA VA QATTIQ FOYDALI QAZILMA KONLARINI IShLATIShGA INVESTITSIYaLARNI YANADA JALB ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="EXTRACT"><div name="-1364115" id="-1364115">[Koʻchirma]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1364090" id="-1364090"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-4224186" id="-4224186">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi <a href="/mact/-4213135?ONDATE=23.02.2019 00#-4216988">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364091" id="-1364091">Oʻzbekistonda qattiq foydali qazilmalar 43 turining 700 dan ortiq konlari, shu jumladan mis, rux, molibden, volfram, litiy, stronsiy, tomirsimon joylashgan kvars hamda texnik kremniy ishlab chiqarish uchun kvarsitlar, mineral tuzlar, fosforitlar, toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir, oʻtga chidamli va keramik xomashyo, qurilish materiallari va boshqa materiallar singari jahon bozorida talab yuqori boʻlgan foydali qazilmalar qidirib topilganligi qayd etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364092" id="-1364092">Foydali qazilmalarning ayrim turlari boʻyicha prognoz resurslar qidirib topilgan resurslardan ancha ortiqdir, shu jumladan polimetallar va sement xomashyosi boʻyicha — 2 baravar, volfram boʻyicha — 6 baravar, fosforit ruda va bazalt boʻyicha — 10 baravar, tomirsimon joylashgan kvars va kvarsitlar boʻyicha — 50 baravar ortiqdir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364093" id="-1364093">Shu bilan birga hozirgi vaqtda foydali qazilma boyliklar mavjud konlarining qariyb 80 foizi hali sanoat jihatidan oʻzlashtirishga jalb etilmagan. Qattiq foydali qazilmalarning prognoz resurslarini sanoat zaxiralari toifasiga oʻtkazish uchun birinchi navbatda xorijiy va mamlakatimiz investorlarini jalb etish hisobiga geologiya-qidiruv ishlari hajmini ancha oshirish talab etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364094" id="-1364094">Foydali qazilma konlarini izlash va qidirishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini qoʻllash hisobiga qattiq foydali qazilmalar boʻyicha geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish asosida qattiq foydali qazilmalar konlarini sanoat jihatidan oʻzlashtirishga jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364095" id="-1364095">1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364096" id="-1364096">2008-2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qattiq foydali qazilmalar konlarini (oltin va uran konlaridan tashqari) xatlovdan oʻtkazish, yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarni va foydali qazilmalarni kavlab olish uchun foydalanishga berilgan yer osti boyliklarining tegishli uchastkalaridan foydalanishning aniq shartlarini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364097" id="-1364097">sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan konlar, shuningdek foydalanish paytida Oʻzbekiston Respublikasining yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari muntazam buzilishiga, shu jumladan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda belgilangan yer osti boyliklaridan foydalanish shartlari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan konlar boʻyicha zaxiralarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi balansiga berish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364098" id="-1364098">2. Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-1363907#-1364133">Nizom </a>1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364099" id="-1364099">3. Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishni muvofiqlashtirish uchun <a href="/mact/-1363907#-1364270">2-ilovaga</a> muvofiq tarkibda Komissiya tashkil etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364100" id="-1364100">Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364102" id="-1364102">Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlar boʻyicha qattiq foydali qazilmalar konlarini (oltin va uran konlaridan tashqari) xatlovdan oʻtkazish jadvalini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364103" id="-1364103">hududlar boʻyicha qattiq foydali qazilmalar konlari dala tadqiqotlari boʻyicha ishchi guruhlarning shaxsiy tarkibini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364104" id="-1364104">qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishning borishini nazorat qilish va uning natijalarini tizimli asosda koʻrib chiqish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364105" id="-1364105">Komissiya bir oy muddatda oʻz ishi reglamentini tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364106" id="-1364106">4. Komissiyaga quyidagi huquqlar berilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364107" id="-1364107">zaruriyat boʻlganda qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishga vazirliklar va idoralarning yuqori malakali mutaxassislarini, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillarini jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364109" id="-1364109">zaxiralari yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi balansiga berilayotgan qattiq foydali qazilmalar konlari roʻyxatini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364110" id="-1364110">foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish holatlari aniqlangan taqdirda sanoat jihatidan oʻzlashtirishga jalb etilmagan konlarda kavlab olingan foydali qazilmalar hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan instrumental oʻlchanishi toʻgʻrisida qaror chiqarish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364113" id="-1364113">5. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi 2008-yil 10-iyulgacha boʻlgan muddatda Komissiyaga oʻzlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida 2007-yilda va 2008-yilning birinchi yarim yilligida yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364114" id="-1364114">6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasining soʻrovi boʻyicha foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yuridik yoki jismoniy shaxslarga berilgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364116" id="-1364116">8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2009-yilda Davlat geologiya qoʻmitasi tizimi boʻyicha geologiya-qidiruv ishlari dasturini shakllantirishda qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazish xarajatlarini moliyalashtirishga mablagʻlarni nazarda tutsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364117" id="-1364117">9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi uch oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364118" id="-1364118">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda — potensial xorijiy investorlarga obyekt va investitsiyalar qoʻyish samaradorligi toʻgʻrisida dastlabki xulosa qilish uchun yetarli boʻlgan hajmda ixtisoslashtirilgan axborot tizimlari orqali sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan konlar va qattiq foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlari toʻgʻrisida geologik axborotni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364119" id="-1364119">Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan birgalikda — Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalarining strategik muhim turlari roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan konlar va istiqbolli maydonlar toʻgʻrisidagi axborot investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashini tuzish uchun yetarli boʻlgan hajmda Vazirlar Mahkamasining qarori boʻyicha potensial investorlarga taqdim etilishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364122" id="-1364122">Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda — geologiya-qidiruv ishlari faqat davlatning buyurtmasi boʻyicha ular doirasida olib boriladigan asl, rangli, nodir metallar va “qumtosh” tipdagi uran konlarini aniqlash uchun istiqbolli boʻlgan maydonlar roʻyxatini, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlar, qoʻshma korxonalar tashkil etish toʻgʻrisidagi bitimlar shartlarida yoki boshqa shartlarda, foydali qazilmalarni keyinchalik chuqur qayta ishlashni nazarda tutgan holda, xorijiy va mamlakatimiz investorlari mablagʻlari hisobiga izlash va qidirish ishlari olib borish uchun maydonlar roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364123" id="-1364123">10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364124" id="-1364124">gelogiya-qidiruv ishlarini olib borishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek qattiq foydali qazilmalar konlarini ularni chuqur qayta ishlashni nazarda tutadigan loyihalar doirasida ustun darajada sanoat yoʻsinida ishlatish ishlarini faollashtirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364125" id="-1364125">har yillik asosida “Oʻzbekistonning qattiq foydali qazilmalar investitsiya salohiyati” xalqaro konferensiyalar tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364126" id="-1364126">Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi gelogiya-qidiruv ishlari yillik dasturlarini va ularni moliyalashtirish manbalarini shakllantirishda 2009-yildan boshlab koʻrsatib oʻtilgan xalqaro konferensiyani oʻtkazish xarajatlarini budjet mablagʻlari hisobiga qoplashga mablagʻlarni nazarda tutsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364127" id="-1364127">11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparat xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida 4 shtat birligidan iborat xorijiy investitsiyalarni jalb etish va investorlar bilan ish olib borish boʻlinmasi tashkil etsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364128" id="-1364128">12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1364129" id="-1364129">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1364130" id="-1364130">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1364131" id="-1364131">2008-yil 25-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1364132" id="-1364132">142-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1364133" id="-1364133"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1364134" id="-1364134">Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-iyundagi 142-son <a href="/mact/-1363907">qaroriga </a><br />1-ILOVA</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1364135" id="onLBC-1364135">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7188"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Yer osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1364135" id="onLS-1364135">[<b>TSZ:</b><div id="LS3710"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari]</span></div></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1364135" id="-1364135">Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1364136" id="-1364136"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1364137" id="-1364137"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1364138" id="-1364138">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364139" id="-1364139">1. Ushbu Nizom qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishning asosiy maqsadlari va vazifalarini, sanoat jihatidan oʻzlashtirishga jalb etilgan qattiq foydali qazilmalar konlarini ishlatish samaradorligini baholash uchun zarur va yetarli boʻlgan maʼlumotlar tarkibini, foydalanilmayotgan konlar joylashgan maydonlarning holatini, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazish mexanizmini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364140" id="-1364140">2. Xatlovni oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishni muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda “Komissiya” deb yuritiladi) amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364141" id="-1364141">Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364142" id="-1364142">Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlar boʻyicha qattiq foydali qazilmalar konlarini (oltin va uran konlaridan tashqari) xatlovdan oʻtkazish jadvalini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364143" id="-1364143">hududlar boʻyicha qattiq foydali qazilmalar konlari dala tadqiqotlari boʻyicha ishchi guruhlarning shaxsiy tarkibini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364144" id="-1364144">qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishning borishini nazorat qilish va uning natijalarini tizimli asosda koʻrib chiqish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364145" id="-1364145">3. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364146" id="-1364146">zaruriyat boʻlganda qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishga vazirliklar va idoralarning yuqori malakali mutaxassislarini, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillarini jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364147" id="-1364147">zaxiralari yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Davlat geologiya qoʻmitasi” deb yuritiladi) balansiga berilayotgan qattiq foydali qazilmalar konlari roʻyxatini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364148" id="-1364148">foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish holatlari aniqlangan taqdirda sanoat jihatidan oʻzlashtirishga jalb etilmagan konlarda kavlab olingan foydali qazilmalar hajmining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan instrumental oʻlchanishi toʻgʻrisida qaror chiqarish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1364149" id="-1364149">II. Xatlovning maqsadlari va asosiy vazifalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364150" id="-1364150">4. Quyidagilar qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishning maqsadlari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364151" id="-1364151">davlat boshqaruvi organlariga, shuningdek potensial investorlarga sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan obyektlar boʻyicha yer osti boyliklari uchastkalari toʻgʻrisida geologik axborotni va boshqa axborotni belgilangan tartibda tezkor taqdim etish maqsadida foydalaniladigan GIS-texnologiyalar asosida qattiq foydali qazilmalar konlari boʻyicha maʼlumotlarning yagona elektron bazasini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364152" id="-1364152">Qattiq foydali qazilmalar konlari boʻyicha maʼlumotlarning yagona bazasini hisobga olgan holda Foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansiga va Konlar, foydali qazilmalar va texnogen mineral xosilalar namoyon boʻlishi davlat kadastriga zarur qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364153" id="-1364153">5. Belgilangan maqsadlardan kelib chiqib quyidagilar xatlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364154" id="-1364154">sanoat yoʻsinida ishlatilayotgan qattiq foydali qazilmalar konlari hamda foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer osti boyliklarining tegishli uchastkalaridan foydalanish huquqi berilgan yuridik shaxslar roʻyxatini aniqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364155" id="-1364155">noruda foydali qazilmalarning amalda kavlab olingan hajmining (marksheyderlik hisobotlari maʼlumotlari boʻyicha) yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Davlat geologiya fondiga taqdim etiladigan maʼlumotlarga muvofiqligini aniqlash (“5-GR” shakl);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364156" id="-1364156">sanoat jihatidan oʻzlashtirishga jalb etilmagan konlarning holatini baholash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364157" id="-1364157">sanoat jihatidan oʻzlashtirishga jalb etilmagan noruda foydali qazilmalar konlarida noqonuniy kavlash holatlarini aniqlash va Komissiyaga kavlab olingan foydali qazilmalar hajmini Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan instrumental oʻlchash oʻtkazilishi toʻgʻrisida takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364158" id="-1364158">foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarishning maqsadga muvofiqligining yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqish zarurligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun ishlatilmayotgan umumiy tarqalgan foydali qazilmalar konlari boʻyicha foydali qazilmalar joylashgan maydonlar yer uchastkalarining oʻzlashtirilishi darajasini aniqlash (imorat qurilganligi, qishloq xoʻjaligi ekinlari mavjudligi va boshqalar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364159" id="-1364159">xatlov natijalari boʻyicha sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan konlar, shuningdek foydalanish paytida kon munosabatlari sohasida maxsus vakolatli davlat organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aniqlangan yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan, shu jumladan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda belgilangan yer osti boyliklaridan foydalanish shartlari buzilgan konlar boʻyicha zaxiralarni Davlat geologiya qoʻmitasi balansiga berish haqidagi takliflarni tayyorlash.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1364160" id="-1364160">III. Xatlovni oʻtkazish mexanizmi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364161" id="-1364161">6. Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazish ikki davrda amalga oshiriladi: tayyorgarlik (kameral) va dala sharoitida oʻtkazish davrlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364162" id="-1364162">7. Tayyorgarlik (kameral) davrida Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlar boʻyicha qattiq foydali qazilmalarning barcha konlari boʻyicha zarur maʼlumotlarni toʻplash, tizimlashtirish va umumlashtirish amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364163" id="-1364163">8. Xatlovni dala sharoitida oʻtkazish davrida barcha noruda foydali qazilmalar konlari maydonlarini, shuningdek sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan qattiq foydali qazilmalar konlari maydonlarini (oltin va uran konlaridan tashqari) tekshirish amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364164" id="-1364164">9. Tayyorgarlik (kameral) davrida qattiq foydali qazilmalarning har bir koni boʻyicha pasport tuziladi, u quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364165" id="-1364165">konning nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364166" id="-1364166">maʼmuriy joylashuvi (viloyat, tuman);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364167" id="-1364167">jugʻrofiy joylashuvi (togʻ tizimining, togʻlarning va shu kabilarning nomi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364168" id="-1364168">kon maydonining burchakli nuqtalari koordinatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364169" id="-1364169">maydoni konning 1:50000 yoki undan yirik masshtabda koʻrsatilgan holdagi topografik asosi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364170" id="-1364170">foydali qazilmaning turi, konni kavlab olish usuli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364171" id="-1364171">kon razvedka qilingan davr;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364172" id="-1364172">razvedkani amalga oshirgan, zaxiralarni hisoblab chiqqan va ularni tasdiqlashga taqdim etgan tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364173" id="-1364173">Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansi maʼlumotlariga muvofiq kon (sanoat yoʻsinida ishlatilayotgan, zaxira tarzida qidirib topilgan, sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan) mansub boʻlgan razryad;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364174" id="-1364174">tasdiqlangan zaxiralar miqdori (rudali foydali qazilmalar konlari boʻyicha, shuningdek qoʻshimcha foydali qazilmalar va foydali komponentlar zaxiralari), zaxirani tasdiqlagan organ protokolining sanasi va tartib raqami;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364175" id="-1364175">konning tajriba-sanoat yoʻsinida ishlatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, uni amalga oshirish jarayonida kavlab olingan zaxiralar hajmi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364176" id="-1364176">yer osti uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya olgan yuridik shaxsning nomi va uning rekvizitlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364177" id="-1364177">yer osti uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyaning tartib raqami, seriyasi, uning berilgan sanasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364178" id="-1364178">yer osti uchastkasidan foydalanish shartlari nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364179" id="-1364179">zaxiralarning xatlov oʻtkazilayotgan yilning 1-yanvaridagi holati. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1716007" id="-1716007"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1716008" id="-1716008"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3415981" id="-3415981"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3415983" id="-3415983">10. Noruda konlar maydonlarini, shuningdek sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan rudali foydali qazilmalar konlarini tekshirish maqsadida Komissiya qarori bilan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari vakillaridan hududlar boʻyicha qattiq foydali qazilmalar konlarini dala sharoitida tekshirish boʻyicha ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda “ishchi guruh” deb ataladi) tuziladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3415984" id="-3415984">(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli <a href="/mact/-3411141?ONDATE=15.11.2017 01#-3415180">qarori</a> tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1716009" id="-1716009">Qarorda tekshirishni oʻtkazish davrida ishchi guruh hal etishi zarur boʻlgan vazifalar, ishlarning hududlari, guruhning rahbari, xulosalarni taqdim etish muddatlari koʻrsatiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1716010" id="-1716010">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli <a href="/mact/-1713804?ONDATE=17.12.2010 00#-1713920">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364182" id="-1364182">11. Ishchi guruh dala sharoitida tekshirish jarayonida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364183" id="-1364183">a) xatlovdan oʻtkazilayotgan barcha noruda foydali qazilmalar konlari va sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan rudali foydali qazilmalar konlari (oltin va uran konlaridan tashqari) boʻyicha GPS global pozitsiyalash tizimlari asbob-uskunalari yordamida obyektning ikki-uchta koordinatlarini aniqlashi, shuningdek keyinchalik pozitsiyalarning joylariga (nomi koʻrsatilgan holda tur yoki qoziqlarni) biriktirgan holda privyazka qilishni amalga oshirishi, ulardan raqamli fotokamera bilan (kamida 5 ta megapikselni hal etgan holda) kon maydonining eng xarakterli xususiyatlarining (relyefning alohida shakllari, mavjud imoratlar, karyerda yer osti suvlarining mavjudligi, chiqindilarning tarqoq holda saqlanishi va shu kabilar) kamida uchta suratini olishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364184" id="-1364184">b) sanoat yoʻsinida ishlatilayotgan noruda foydali qazilmalar boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364185" id="-1364185">foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer osti boyliklari uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyada belgilangan yer osti boyliklari uchastkasidan foydalanish shartlarining yer osti boyliklari uchastkasidan foydalanuvchi tomonidan bajarilishining toʻliqligini baholashi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364186" id="-1364186">yer osti boyliklaridan foydalanuvchida konni ochish va tayyorlash loyihasining belgilangan tartibda mavjudligini aniqlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364187" id="-1364187">yer osti boyliklaridan foydalanuvchi tomonidan kavlab olingan foydali qazilmalar hajmlarining marksheyder oʻlchovlarini amalga oshirishning davriyligini aniqlashi, marksheyder oʻlchovlari maʼlumotlarini oʻrganishi va ularning Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansi maʼlumotlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa chiqarishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364188" id="-1364188">karyerni uning tubida yer osti suvlari mavjudligini aniqlash maqsadida tekshirishi, sabablarini aniqlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364189" id="-1364189">suv obyektlarining qoʻriqlanadigan zonasi doirasida qum-shagʻalli materiallar kavlab olingan taqdirda qoʻriqlanadigan tabiiy hudud doirasida foydali qazilmalarni kavlab olishga ruxsatnomalar mavjudligini tekshirishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364190" id="-1364190">karyer xoʻjaligini va xodimlarni suv bilan taʼminlash uchun foydalaniladigan suv quduqlarining mavjudligini aniqlashi, suv olishning belgilangan limitiga yer osti boyliklaridan foydalanuvchi tomonidan rioya qilinishini, yer osti suvlari sathini oʻlchashlarning muntazamligini kimyoviy va bakterialogik tekshirishlarning oʻtkazilishini tekshirishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364191" id="-1364191">suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnomalar mavjudligini, uning amal qilish muddatini aniqlashi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364192" id="-1364192">v) sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan qattiq foydali qazilmalar konlari boʻyicha (oltin va uran konlaridan tashqari):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364193" id="-1364193">obyektda foydali qazilmalarning noqonuniy kavlab olish amalga oshirilganligi yoki amalga oshirilmaganligini aniqlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364194" id="-1364194">agar kon kavlangan qilingan boʻlsa, kavlab olingan kon massasi, shu jumladan foydali qazilmalar hajmini baholashi hamda axborotni Davlat geologiya qoʻmitasiga tezkorlik bilan joʻnatishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364195" id="-1364195">Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansida “Sanoat yoʻsinida ishlatilmagan konlar” yoki “Zaxira tarzida qidirib topilgan konlar” razryadiga kiritilgan konlarda foydali qazilmalarni noqonuniy kavlab olgan yuridik yoki jismoniy shaxsni imkoni boricha aniqlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364196" id="-1364196">foydali qazilmalar joylashgan maydonda yer uchastkasining oʻzlashtirilganligi darajasini (uy-joylar, turli imoratlar, qishloq xoʻjaligi yerlari va shu kabilar mavjudligini) baholashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364197" id="-1364197">12. Dala sharoitida tekshirish natijalariga koʻra har bir kon boʻyicha qisqacha maʼlumotnoma tuziladi, u ishchi guruhning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi. Maʼlumotnomaga konning privyazkasi va kon maydonining eng xarakterli xususiyatlari fotosurati boʻyicha maʼlumotlar qogʻoz va elektron manbalarda ilova qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1364198" id="-1364198">IV. Xatlov materiallarini tayyorlash va Komissiyaga taqdim etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364255" id="-1364255">13. Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoki viloyatlarda joylashgan konlarni dala sharoitida tekshirish tugallangach ishchi guruh tomonidan xulosa tuziladi, unda tekshirilgan har bir obyekt boʻyicha yer osti boyliklari, tabiatni muhofaza qilish, suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishlari, shuningdek ushbu Nizomning <a href="/mact/-1363907#-1364182">11-bandida</a> koʻrsatilgan barcha masalalar aks ettiriladi. Zaruriyat boʻlganda, xulosaga konlarni dala sharoitida tekshirish natijalarini tavsiflovchi jadval maʼlumotlari ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364256" id="-1364256">14. Xulosada quyidagilar ham aks ettirilgan boʻlishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364257" id="-1364257">sanoat yoʻsinida nooqilona ishlatilayotgan, ulardan foydalanish huquqi, tegishli asoslar koʻrsatilgan holda, muddatidan oldin toʻxtatilishi mumkin boʻlgan noruda foydali qazilmalar konlarining roʻyxati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364258" id="-1364258">zaruriyat boʻlganda, sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan konlarda noqonuniy kavlab olingan foydali qazilmalar hajmlarini instrumental oʻlchashlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364259" id="-1364259">zaxiralarini Davlat geologiya qoʻmitasi balansiga berish tavsiya etilayotgan konlar roʻyxati.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364260" id="-1364260">15. Xulosa ishchi guruhning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi. Ishchi guruhning xulosada bayon qilingan xulosalarga norozi boʻlgan aʼzolari oʻz fikrini yozma tarzda guruh raisiga taqdim etadilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364262" id="-1364262">16. Xulosa Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoki tegishli viloyatlarda oʻtkazilgan qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha yigʻma xulosa tuzish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364263" id="-1364263">17. Davlat geologiya qoʻmitasi tekshirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoki viloyatlar boʻyicha qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazish materiallarining umumlashtirilishiga qarab ularni Komissiyaga taqdim etadi, unda quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflar mavjud boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364264" id="-1364264">yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqiga berilgan litsenziyalarda belgilangan shartlarga rioya qilinmagan taqdirda yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini muddatidan oldin toʻxtatish hamda zaxiralarni belgilangan tartibda Davlat geologiya qoʻmitasi balansiga oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364265" id="-1364265">qattiq foydali qazilmalarning sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan konlari zaxiralarini belgilangan tartibda Davlat geologiya qoʻmitasi balansiga oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364266" id="-1364266">aniq konlarda kavlab olingan foydali qazilmalar hajmlarini, shu jumladan kavlangan sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan obyektlarni instrumental oʻlchashlarning maqsadga muvofiqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364267" id="-1364267">kon joylashgan maydonda qurilmalar, qishloq xoʻjaligi yerlari mavjud boʻlgan yoxud bu maydonlardan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan konlar boʻyicha keng tarqalgan foydali qazilmalar zaxiralarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqarish maqsadga muvofiqligining yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1364269" id="-1364269">18. Taqdim etilgan materiallar asosida Komissiya oʻz vakolatlari doirasida tegishli qaror qabul qiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1364270" id="-1364270"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1364272" id="-1364272">Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-iyundagi 142-son <a href="/mact/-1363907">qaroriga </a><br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1364273" id="-1364273">Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishni muvofiqlashtirish komissiyasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1364277" id="-1364277"><strong>TARKIBI</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1364274" id="-1364274"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1716012" id="-1716012"></div></div><div class="TABLE_STD" id="theDefCssID"><div name="-1716013" id="-1716013" class="tabBox"><table border="1" cellspacing="1" cols="3" id="theTableID" style="TABLE-LAYOUT: auto; PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; LEFT: 2px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: 100%; BORDER-TOP-STYLE: none; PADDING-TOP: 0px; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TOP: 0px; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">	<colgroup>		<col />		<col />		<col />	</colgroup>	<tbody>		<tr>			<td style="WIDTH: 121px; BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Azimov R.S.‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TEXT-ALIGN: center; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">—‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi ‎</td>		</tr>		<tr>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Xoʻjayev B.A.‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TEXT-ALIGN: center; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">—‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Iqtisodiyot vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari ‎</td>		</tr>		<tr>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Mavlyanov N.G.‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TEXT-ALIGN: center; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">—‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi, Komissiya raisining oʻrinbosari ‎</td>		</tr>		<tr>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Roziqov O.T.‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TEXT-ALIGN: center; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">—‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti shuʼba mudiri ‎</td>		</tr>		<tr>			<td colspan="3" style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">			<p align="center"><strong>‎‎Komissiya aʼzolari:</strong></p>			</td>		</tr>		<tr>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Abduazizov A.A.‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TEXT-ALIGN: center; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">—‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmi�asi raisi ‎</td>		</tr>		<tr>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Guskova T.N.‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TEXT-ALIGN: center; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">—‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari ‎</td>		</tr>		<tr>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Alixanov B.B.‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TEXT-ALIGN: center; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">—‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi‎</td>		</tr>		<tr>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Kanyazov E.S.‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TEXT-ALIGN: center; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">—‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Adliya vazirining oʻrinbosari‎</td>		</tr>		<tr>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Toʻlaganov Sh.A.‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TEXT-ALIGN: center; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">—‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari ‎</td>		</tr>		<tr>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Gʻulomov B.V.</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TEXT-ALIGN: center; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">—‎</td>			<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi</td>		</tr>	</tbody></table></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1716014" id="-1716014">Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1716015" id="-1716015">(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli <a href="/mact/-1713804?ONDATE=17.12.2010 00#-1713921">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1364089" id="-1364089">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 252-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2016-y., 52-son, 602-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
