1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 10-iyunda 1823-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Davlat reyestridan chiqarish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertiza qilish natijasi boʻyicha 2008-yil 2-iyundagi xulosaga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son va “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2000-yil 19-maydagi 197-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2008-yil 28-apreldagi 33/383-son va 2008-yil 16-maydagi 33/464-son xatlarini inobatga olgan holda, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 1998-yil 27-avgustda tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 16-noyabrda 537-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sanitariya militsiyasining ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizom” Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga mazkur hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Xasanov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu buyruqni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-iyun,
134-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 234-modda)