|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
|
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddati |
Xarajatlar |
Moliyalashtirish manbalari |
Kutilayotgan natija |
Bajarish uchun masʼullar |
|
I. Tugʻma va irsiy kasalliklarning birlamchi profilaktikasini takomillashtirish | ||||||
| 1. | Mahallalarda, shu jumladan tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi orqali davra suhbatlari, uchrashuvlar va suhbatlar tashkil etish yoʻli bilan tugʻma va irsiy kasalliklarning oldini olish masalalari boʻyicha aholi orasida maʼrifiy ishlar olib borish | 2008—2012-yillar | | Bajaruvchilar mablagʻlari | Aholining tibbiy savodxonligini oshirish | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 2. | Yoshlarni jalb etgan holda tugʻma va irsiy kasalliklarning oldini olish masalalari boʻyicha maktablar, litseylar, kollejlar va oliy oʻquv yurtlarida seminarlar, treninglar va konferensiyalar tashkil etish | 2008—2012-yillar | | Bajaruvchilar va “Sogʻlom avlod uchun” NXX� mablagʻlari | Yoshlarning tibbiy savodxonligini oshirish | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati |
| 3. | Tugʻma nuqsonlari boʻlgan bolalar tugʻilishining oldini olish masalalari boʻyicha broshyuralar, bukletlar, plakat va postyerlar chop etish | 2008—2012-yillar | 96,3 mln. soʻm | Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida va “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ mablagʻlari | Aholining tibbiy savodxonligini oshirish | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ, “Mahalla” jamgʻarmasi |
| 4. | Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlari xodimlari, jurnalistlar, pedagoglar va boshqa mutaxassislar bilan tugʻma va irsiy kasalliklar profilaktikasi toʻgʻrisida ularning bilimlarini oshirish boʻyicha seminar-treninglar turkumini tashkil etish | 2008—2012-yillar | | | Yoshlar orasida ishlayotgan mutaxassislarning tibbiy savodxonligini oshirish | Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, OʻzA |
| 5. | Erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlar bilan bogʻliq xavf-xatardan ogoh qilish yoʻli bilan nikohga kirayotgan shaxslarning tibbiy madaniyatini oshirish, tugʻruqlar orasidagi eng maqbul muddatga rioya etish boʻyicha tavsiyalar berish | 2008—2012-yillar | 161,1 mln soʻm | Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida | Yoshlarning tibbiy savodxonligini oshirish | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ, “Mahalla” jamgʻarmasi |
| 6. | Sogʻliqni saqlash birlamchi boʻgʻini vrachlari tomonidan tugʻma patologiyaning oldini olish maqsadlarida tugʻishga qobil yoshdagi ayollar oʻrtasida profilaktik va tushuntirish ishlari olib borish | 2009-yil | 22,5 mln. soʻm | Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida | Aholining tibbiy savodxonligini oshirish | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi |
| 7. | “Turkiston”, “Molodyoj Uzbekistana”, “Oila va jamiyat” gazetalari, “Yosh kuch”, “Sogʻlom avlod”, “Saodat” jurnallari sahifalarida sogʻlom oilani shakllantirishga, tugʻma va irsiy kasalliklar profilaktikasiga bagʻishlangan doimiy rukn tashkil etish | 2008—2012-yillar | | | Aholining tibbiy savodxonligini oshirish | Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, OʻzA, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 8. | Mintaqaviy skrining markazlari mutaxassislari ishtirokida tugʻma va irsiy kasalliklar profilaktikasi yoʻllari toʻgʻrisida oylik telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etish | 2008—2012-yillar | | | Aholining tibbiy savodxonligini oshirish | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, OʻzA, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 9. | Internetda Respublika skrining markazi va uning filiallari veb-saytini yaratish, unga ular faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirish | 2008-yil | 5,0 mln. soʻm | Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida | Tugʻma va irsiy kasalliklar profilaktikasi yoʻllari toʻgʻrisida aholining xabardorligini oshirish | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
|
II. Skrining markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | ||||||
| 10. | Skrining oʻtkazish boʻyicha biomaterial olish uchun maxsus filtrlangan qogʻozli blankalar bilan taʼminlash | 2008—2012-yillar | 339,4 ming AQSh dollari | Budjet mablagʻlari | TK va FKU, mukovissidozdan bolalar nogironligini pasaytirish | “Sogʻlom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamgʻarmasi |
| 11. | Neonatal skriningni (TK, FKU va mukovissidozga) oʻtkazish uchun reagentlar bilan taʼminlash | 2008—2012-yillar | 7779,8 ming AQSh dollari | Budjet mablagʻlari | TK va FKU, mukovissidozdan bolalar nogironligini pasaytirish | “Sogʻlom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamgʻarmasi |
| 12. | Tugʻma gipotireozga, fenilkenoturiya va mukovissidozga chalingan bolalarni maxsus shifobaxsh taom va doridarmonlar bilan taʼminlash | 2008—2012-yillar | 1683,2 ming AQSh dollari | Budjet mablagʻlari | Nogironlikning oldini olish maqsadida TK, FKU, mukovissidozga chalingan bolalarni davo?ash | “Sogʻlom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamgʻarmasi |
| 13. | Prenatal skrining oʻtkazish uchun reaktivlar va sarflash materiallari bilan taʼminlash | 2008—2012-yillar | 2541,7 ming AQSh dollari | Budjet mablagʻlari | Rivojlanishida tugʻma nuqsonlar boʻlgan bolalar tugʻilishining oldini olish | “Sogʻlom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamgʻarmasi |
| 14. | Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida mintaqaviy skrining markazlari tashkil etish, ularni prenatal va neonatal skrining oʻtkazish uchun biokimyo analizatorlari (2 ta) bilan jihozlash | 2009—2011-yillar | 188,6 mln. soʻm 260,0 ming AQSh dollari | Budjet mablagʻlari, “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ mablagʻlari | Aholining skrining tadqiqotlar bilan qamrab olinishini oshirish | Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hokimliklari, “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 15. | Skrining markazlarini prenatal skrining oʻtkazish uchun yuksak darajada aniqlik bilan ishlaydigan ultratovush skanyerlari (14 ta) bilan jihozlash | 2008-yil va 2010-yil | 1830,7 ming AQSh dollari | Budjet mablagʻlari | Homila rivojlanishining tugʻma nuqsonlarini aniqlash uchun perenatal skrining qamrovi va sifatini oshirish | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 16. | Skri�ing markazlarini biomaterial va reagentlarni yetkazib berish, aholi orasida sanitariya-maʼrifiy ishlar olib borish uchun “Damas” avtomobillari (14 ta) bilan taʼmnilash | 2009—2010-yillar | 155,0 mln.soʻm | Budjet mablagʻlari | Skrining markazlari ish sifatini oshirish | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 17. | Skrining markazlarini biomaterial va reagentlarni saqlash uchun sovitish qurilmalari (14 ta) bilan taʼminlash | 2009-yil | 9,8 mln.soʻm | Budjet mablagʻlari | Biomaterial va reagentlarni saqlash sifatini oshirish | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 18. | Respublika skrining markazini gaz-suyuqlik xromatografi (1 ta) va butlovchi materiallar bilan jihozlash | 2009-yil | 150,0 ming AQSh dollari | “Sogʻlom avlod uchun” NXXJning budjetdan tashqari mablagʻlari | Irsiy almashinuvchi kasalliklarni aniqlash | “Sogʻlom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamgʻarmasi |
| 19. | Skrining tadqiqotlarini oʻtkazish uchun reaktiv va sarflash materiallari bilan taʼminlash | 2008—2012-yillar | 252,0 ming AQSh dollari | “Sogʻlom avlod uchun” NXXJning budjetdan tashqari mablagʻlari | Irsiy almashinuvchi kasalliklarni aniqlash | “Sogʻlom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamgʻarmasi |
| 20. | Respublika skrining markazini mukovissidoz diagnostikasi uchun apparatlar bilan jihozlash (2 ta) | 2009-2010-yillar | 12,0 ming AQSh dollari | Budjet mablagʻlari | Tugʻma va irsiy kasalliklardan bolalar nogironligini va oʻlimini kamaytirish | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 21. | Respublika skrining markazini butlovchi materiallar bilan birga aminokislotali analizator bilan jihozlash (1ta) | 2010-yil | 80,0 ming AQSh dollari | Budjet mablagʻlari | Irsiy almashinuvchi kasalliklarni aniqlash | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 22. | Skrining markazlarini biomaterialga ishlov beruvchi elektron uskunalar bilan jihozlash (14 ta) | 2008-yil | 69,3 ming AQSh dollari | Budjet mablagʻlari | Irsiy almashinuvchi kasalliklarni aniqlash | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
III. Skrining markazlari mutaxassislari malakasini yanada oshirish | ||||||
| 23. | Skrining markazlari mutaxassislarining malakasini yetakchi xorij mamlakatlarida har yili oshirish (har yili 8-10 tadan vrach) | 2008—2012-yillar | 30,0 mln. soʻm | Ajratilgan budjet mablagʻlari va grant mablagʻlari doirasida | Mutaxassislar malakasini oshirish | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 24. | “Nogiron bolalar tugʻilishining oldini olish uchun tugʻma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturini amalga oshirishga oid vazifalar toʻgʻrisida” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish | 2008-yil | 6,0 mln soʻm | Bajaruvchilar mablagʻlari | Dastur chora-tadbirlarini amalga oshirish vazifalari va yoʻllarini belgilash | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi |
| 25. | Respublika skrining markazi va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti negizida umumiy amaliyot vrachlari uchun tibbiyot genetikasi boʻyicha ixtisoslashuvniig doimiy ishlaydigan turkumini tashkil etish (3 oy) | 2008—2012-yillar | 5,0 mln soʻm | Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida | Mutaxassislar malakasini oshirish | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 26. | Respublika skrining markazi va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti negizida ultratovush diagnostikasi vrachlari uchun trening va vrach-laborantlar uchun ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish | 2008—2012-yillar | 17,0 mln soʻm | Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida | Mutaxassislar malakasini oshirish | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
IV. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | ||||||
| 27. | Bolalarda tugʻma va irsiy kasalliklarning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolash masalalari boʻyicha yetakchi xorij mutaxassislarini jalb etgan holda ilmiy seminarlar va konferensiyalar tashkil etish | 2009—2012-yillar | 20,0 mln. soʻm | Bajaruvchilar mablagʻla�i | Mutaxassislar malakasini oshirish | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 28. | Nogiron bolalar tugʻilishining oldini olish uchun tugʻma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash sohasidagi ilgʻor tajribani joriy etish masalalari boʻyicha xalqaro konferensiya oʻtkazish | 2010-yil | 20,0 mln.soʻm | Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida | Mutaxassislarning tajriba almashuvi, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi |
| 29. | Etakchi xorijiy markazlarda Respublika va viloyat skrining-markazlari mutaxassislarini oʻquv treninglarida qatnashishini tashkil etish | 2009—2012-yillar | | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Mutaxassislar malakasini oshirish | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ |
| 30. | Etakchi xorijiy skrining-markazlari bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va tajriba almashish. | 2009—2012-yillar | | Bajaruvchilar mablagʻlari | Mutaxassislar malakasini oshirish | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ |