Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilmasini takomillashtirish va sud-huquq islohotlarini yanada chuqurlashtirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining
78-moddasiga asosan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilmasiga Oliy sud raisining oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilishi va shtatlar birligining soni
1 va
2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-fevraldagi PF-3023-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonining
1 va
2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.