toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilmasini takomillashtirish va sud-huquq islohotlarini yanada chuqurlashtirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasiga asosan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilmasiga Oliy sud raisining oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilishi va shtatlar birligining soni 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-fevraldagi PF-3023-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 1 va 2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-may,
PF-3605-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 556-modda)