1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT DAROMADIGA OʻTKAZILADIGAN MOL-MULKNI OLIB QOʻYISh, SOTISh YOKI YOʻQ QILIB TAShLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni sotish boʻyicha savdo tashkilotlarini tanlab olish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 35-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 16-may,
97-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-maydagi 97-son qaroriga ILOVA
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Mol-mulkni sotish tanlov asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qaroriga muvofiq belgilanadigan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Savdo tashkilotlarini belgilashda ularning ixtisoslashuvi, joylashgan joyi va isteʼmolchi uchun borish oson boʻlishi (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va boshqalar), tegishli omborxona binolarining mavjudligi, avvalgi faoliyatida belgilangan savdo faoliyati qoidalarini buzish holatlariga yoʻl qoʻyilmaganligi va boshqalar hisobga olinadi.
Mol-mulkni sotish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnomalar ushbu savdo tashkilotlari bilan Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining hududiy boshqarmalari tomonidan tuziladi.
Mol-mulkni sotish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda mazkur shartnoma shartlariga rioya etish va mol-mulkni sotish tartibi buzilishiga yoʻl qoʻyilmaganligi ham hisobga olinadi”.
2. 29-bandga quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat tovarlari pulli asosda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga beriladi hamda savdo tashkilotlarining ixtisoslashtirilgan omborxonalarida saqlanadi (gʻamlab qoʻyiladi). Ushbu tovarlar faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qaroriga koʻra, tovarlarning saqlanish muddatlaridan va bozordagi ehtiyojdan kelib chiqqan holda sotiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 174-modda)