1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang);
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.12.00 Teatr-konsert faoliyati;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat;
2.Iqtisodiyot / Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN CHIQARISH, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DAVLAT QOʻMITASI RAISINING
BUYRUGʻI
TEATR-KONSERT TADBIRLARINI OʻTKAZISHDA FONOGRAMMADAN FOYDALANISH TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOTNI TAQDIM ETISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDAGI BUYRUQQA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 19-mayda 1188-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 29-martdagi 7-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3615, 29.03.2025-y.) asosan 2025-yil 1-iyuldan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” va “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Teatr-konsert tadbirlarini oʻtkazishda fonogrammadan foydalanish toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim etish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi 2002-yil 29-oktabrdagi 322-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1188, 2002-yil 16-noyabr, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil 22-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.