toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998
Hujjat 06.06.1994 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy Qonuni)ga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi “Oʻzbekiston SSR” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat budjetining hamda mahalliy budjetlarning soliqlar tarzidagi daromadlar manbalarini belgilab beradi, bu soliqlarni joriy etishdan koʻzlangan maqsad davlat ijtimoiy kafolatlarining moliyaviy bazasini taʼminlashdan, huquqiy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishdan, Oʻzbekistonning mustaqil davlat sifatidagi maqomini roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq xalqaro toʻlovlarni markazlashtirilgan asosda amalga oshirish uchun barqaror moliyaviy manbalarni taʼminlashdan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasi muomalasini barqarorlashtirishdan, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanishni va atrof muhitni muhofaza etishni ragʻbatlantirishdan iboratdir.
(muqaddimaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi soliqlar, soliq toʻlovchilar, soliq solish obyektlari, soliqlarni toʻlash tartibi, soliq solish yuzasidan beriladigan imtiyozlar, qonunni buzganlik uchun javobgarlik hamda soliqlar toʻlash munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarni hal etishning umumiy tartibi belgilanadi. Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning faoliyatini soliq yoʻli bilan tartibga solish quyidagi umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi:
— manbalaridan qatʼi nazar, barcha daromadlardan soliq toʻlanishi majburiyligi;
— barcha hududiy-maʼmuriy pogʻonalar uchun yagona boʻlgan umumdavlat soliq siyosatini mahalliy hokimiyat idoralarining umumdavlat soliq siyosati doirasida soliqlarga oid qonun chiqarish faoliyatidagi mustaqilligi bilan uygʻun holda amalga oshirish;
— oʻz faoliyati bilan eng muhim ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etishga koʻmaklashayotgan samarali ishlovchi korxonalarga imtiyoz berish, shuningdek xoʻjalik yuritishning ilgʻor shakllarini ragʻbatlantirish sistemasi orqali soliq mezonlarining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini taʼminlash;
— deklaratsiyalar hamda tanlab oʻtkaziladigan tekshirish va taftishlar uyushtirish asosida barcha subyektlarning soliq toʻlovlari yuzasidan olgan majburiyatlari ustidan moliyaviy nazorat qilish, qonunlarni buzuvchilarga nisbatan iqtisodiy choralar koʻrish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunga muvofiq daromad keltiradigan tadbirkorlik faoliyati va oʻzga faoliyat bilan shugʻullanuvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasining hududida quyidagi soliqlarni toʻlaydilar:
korxonalar daromadiga solinadigan soliq;
Keyingi tahrirga qarang.
qoʻshilgan qiymat uchun soliq;
aksiz soligʻi;
korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
respublikadan tashqariga olib chiqib ketilayotgan xomashyo resurslari va mahsulotlarga solinadigan soliq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
jamoa xoʻjaligi aʼzolarining mehnatiga haq toʻlash fondiga solinadigan soliq.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovlarining summasi Oʻzbekiston Respublikasi budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar, Toshkent shahri budjetlariga va boshqa mahalliy budjetlarga har yili kelasi moliyaviy yil uchun budjet tasdiqlanayotganida belgilanadigan normativlar boʻyicha oʻtkaziladi.
(muqaddimaning yettinchi va sakkizinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 521-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 177-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi Oʻzbekiston qonun hujjatlariga binoan oʻz hududida korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlarni belgilaydi.
(muqaddimaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 521-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 177-modda)
Xalq deputatlari mahalliy Sovetlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq va soliq siyosatining umumiy yoʻnalishiga asoslangan holda oʻz hududlarida olinadigan mahalliy soliqlarni belgilaydilar.
Soliqning aniq turini belgilangan hokimiyat idorasi yoki u vakil qilgan boshqa idora:
— soliq toʻlovchini;
— soliq solinadigan obyektni;
— soliq stavkalarini;
— soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini;
— soliq solish boʻyicha imtiyozlarni;
— soliqning amal qilish muddatini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddimaning oxirgi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
I BOB. KORXONALAR DAROMADIGA SOLINADIGAN SOLIQ
Keyingi tahrirga qarang.
1-modda. Soliq toʻlovchilar
Quyidagilar soliq toʻlovchilar hisoblanadi:
yuridik shaxs boʻlgan (2-moddada sanab oʻtilganlardan tashqari) mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek yuridik shaxs boʻlmagan, lekin mustaqil balansiga hamda bank muassasalarida hisob-kitob schyotiga ega boʻlgan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning filiallari, vakolatxonalari va boshqa mustaqil boʻlinmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik hisobida turmaydigan, lekin xoʻjalik (tijorat) faoliyatidan daromad oladigan (budjetdagi ilmiy-tekshirish tashkilotlaridan tashqari) tashkilotlar;
(1-moddaning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi hamda xoʻjalik hisobi asosida xoʻjalik (tijorat) faoliyatini amalga oshirayotgan korxonalar, ularning shuʼbalari va filiallari, xalqaro birlashmalar, oʻzga davlatlar hududida joylashgan korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va shuʼbalari;
xoʻjalik (tijorat) faoliyatini amalga oshirayotgan hukumat tasarrufida boʻlmagan xalqaro tashkilotlar (birlashmalar);
banklar, sugʻurta idoralari.
Ushbu moddada koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar bundan buyon “korxonalar” deb ataladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
3-modda. Soliq solish obyekti
Oldingi tahrirga qarang.
1. Korxonaning hisobot davridagi yalpi daromadi soliq solish obyekti boʻladi.
Soliq solish maqsadlarida korxonaning hisoblab chiqilgan yalpi daromadi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni oʻzga moddiy boyliklarni realizatsiya qilishdan kelgan tushum summasidan hamda realizatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlmagan operatsiyalarning natijasidan iborat boʻladi.
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
2. Realizatsiyaga oid boʻlmagan operatsiyalarning natijalari deganda mulkni ijaraga topshirishdan kelgan tushumlar, olingan jarimalar va neustoykalar, obligatsiyalardan olingan daromadlar, berilgan ssudalar boʻyicha olingan foizlar va daromadlarga kiruvchi boshqa tushumlar tushuniladi.
Soliq solish maqsadlarida hisoblab chiqiladigan realizatsiyaga oid boʻlmagan operatsiyalarning natijalariga aksiyalardan olingan dividendlar va oʻzga korxonalarning ustav fondlariga kiritilgan kapitaldan olingan daromadlar kirmaydi.
3. Ham bevosita ayirboshlash orqali, ham mahsulotni tannarxidan arzonroq bahoda berish orqali tovar ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar uchun realizatsiya qilishdan olingan daromad deganda bitimning summasi tushuniladi, bu summa xuddi shunday mahsulotni realizatsiya qilishda bitimni amalga oshirish tariqasida qoʻllanilgan bahodan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Bunda qatʼiy belgilangan narxlar va tariflar boʻyicha ishlayotgan korxonalar uchun hisob-kitob bahosi deganda qatʼiy belgilangan narx tushuniladi, boshqa har qanday narxlar va tariflar boʻyicha ishlayotgan korxonalar uchun esa — davlat statistika idoralari tomonidan birjalardagi bitimlar hajmi boʻyicha taxminan hisoblab chiqilgan oʻrtacha birja narxi tushuniladi.
4. Umumiy vazifalarni hal etish uchun jamlangan badallar, ulushlar va oʻzga aniq maqsadga qaratilgan moliyaviy mablagʻlar ana shu umumiy vazifalarni hal etish uchun maxsus tuzilgan yuridik shaxslarning daromadlariga kirmaydi va ular soliq solish obyekti boʻlishi mumkin emas. Ushbu yuridik shaxs tijoratdan yoki jamlangan mablagʻni oʻzgacha tarzda ishlatishdan olgan daromad soliq solish obyekti hisoblanadi.
(3-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Soliq solish bazasini hisoblab chiqish
Ushbu Qonunga muvofiq soliq toʻlovchi deb hisoblangan korxonalarga soliq solish maqsadlarida moddiy va unga tenglashtirilgan oʻzga xarajatlar, shuningdek majburiy toʻlovlar, chunonchi:
Oldingi tahrirga qarang.
qoʻshimcha qiymat soligʻi, aksizlar, respublika hududidan tashqariga olib ketilayotgan xomashyo resurslari va mahsulotlarga solinadigan soliqlari, mol-mulkka, transport vositalarining egalariga solinadigan soliqlar;
(4-moddaning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Pensiya fondiga, Oʻzbekiston Respublikasi Aholini ish bilan taʼminlash fondiga, Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy sugʻurta fondiga ajratiladigan summalar, majburiy sugʻurta toʻlovlari summalari, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadigan boshqa majburiy toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
muddati uzaytirilgan va muddati kechiktirilgan ssudalar boʻyicha foizlar summasidan tashqari bank kreditlari uchun toʻlanadigan foizlar summasi;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibdagi renta toʻlovlari summasi;
soliq toʻlash davrida hisoblab chiqilgan va realizatsiya qilingan mahsulot tannarxining kalkulatsiyasida hisobga olingan asosiy ishlab chiqarish fondlarini toʻliq tiklash uchun sarflanadigan amortizatsiya ajratmalarining summasi. Bunda ishlab chiqarishni toʻliq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan normalarga muvofiq amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyasi ishtirokida tashkil etilgan korxonalar, bunday korxonalarning boshqa mamlakatlar yoki respublikalarning hududida Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari ishtirokida tashkil etilgan shuʼba korxonalari va filiallari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chet el korxonalari, basharti, xalqaro va respublikalararo shartnomalar hamda amaldagi qonunlarda oʻzga qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, asosiy ishlab chiqarish fondlarini toʻliq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalarini respublika korxonalari uchun belgilangan normalar boʻyicha va tartibda ajratadilar;
ijara toʻlovi (moliya lizingi boʻyicha hisob-kitob). Bunda asosiy fondlarning hammasini yoki muayyan qismini ijaraga olgan, shu jumladan bu fondlarni mulkdordan sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan yoki moliya lizingidan foydalanadigan korxonalar ijaraga olingan asosiy fondlarni toʻla tiklash uchun amortizatsiya ajratmalarini ijara haqiga (moliyaviy lizing boʻyicha hisob-kitoblarga) qoʻshadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
buyum-natura shaklida boʻlmay, ammo korxonaga daromad keltiruvchi yoki daromad olish uchun sharoit yaratuvchi sotib olinadigan nomoddiy aktivlarning summasi. Nomoddiy aktivlarning tarkibiga: sotib olinadigan patentlar, mualliflik huquqlari, litsenziyalar, “nou-xau”, dasturlarni taʼminlash, oʻz patentlari savdo markasidan foydalanish va sotib olinadigan brokerlik oʻrinlari qiymati qoʻshiladi. “Nomoddiy aktivlar” moddasi boʻyicha qilinadigan xarajatlarni amortizatsiya ajratmalari singari yalpi daromaddan chiqarib tashlashga ruxsat etiladi. Chiqarib tashlash tartibi toʻlovchi tomonidan belgilanadi. Bunda amortizatsiya muddati besh yildan oshmasligi kerak;
(4-moddaning sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq nomoddiy aktivlarga boʻlgan huquqlardan foydalanish bilan bogʻliq barcha turdagi toʻlovlar;
mahsulotlar sertifikatsiyasi, maslahatlar berish, axborot va auditor xizmatlari koʻrsatish boʻyicha ishlarga haq toʻlashga ketadigan xarajatlar summasi;
yongʻindan saqlash va qorovullik xizmati uchun chet korxonalarga toʻlanadigan haq;
aloqa xizmati va hisoblash markazlari xizmatlari uchun haq toʻlashga ketgan xarajatlar summasi;
amaldagi qonunlarga muvofiq xizmat safarlariga ketgan xarajatlar summasi;
amaldagi normalarga muvofiq vakillik qilish maqsadlariga sarflangan summalar;
Oldingi tahrirga qarang.
reklama uchun amaldagi meʼyorlar boʻyicha ketgan xarajatlar summasi;
(4-moddaning oʻn beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
korxona soliq solish davri tugashi kuniga qadar amalga oshirgan boʻlib, realizatsiya qilingan mahsulotlar (xizmatlar) qiymatiga kiritilgan moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan holda korxonaning yalpi daromadi soliq solish bazasi sifatida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning oʻn yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Banklarning soliq solish bazasi yuqorida sanab oʻtilgan xarajatlar va majburiy toʻlovlardan tashqari xarajatlar hamda ajratmalarning quyidagi summalariga, chunonchi:
Oldingi tahrirga qarang.
banklardan vaqtincha foydalanishga olingan kredit resurslari uchun toʻlovlar, operatsiya sarf-xarajatlari, pul mablagʻlari va qimmatbaho xomashyolarini tashish va saqlash sarf-xarajatlari;
hisob-kitob va joriy schyotlar boʻyicha, depozit schyotlar, aholi jamgʻarmalari, Davlat sugʻurtasi schyotlari boʻyicha hisoblab chiqarilgan va toʻlangan foizlar;
(4-modda oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
banklarning rezerv va sugʻurta fondlariga bank ustav fondining 25 foiziga yetguncha qilinadigan banklar daromadlarining 20 foizidan iborat boʻlgan ajratmalar miqdoriga kamaytiriladi. Omonat banki uchun rezerv fondiga ajratma normativi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki tomonidan belgilanadi.
Sugʻurta tashkilotlarining soliq solish bazasi ushbu moddada sanab oʻtilgan xarajatlar va majburiy toʻlovlardan tashqari xarajatlar va ajratmalarning quyidagi summalariga, chunonchi:
1) qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha berilgan toʻlovlar summasiga;
hisobot yilining oxiriga kelib amal qilishi toʻxtamagan sugʻurta va qayta sugʻurta shartnomalari boʻyicha toʻlovlar summasiga;
sugʻurta va qayta sugʻurta qilish majburiyatlari boʻyicha amalga oshirilgan va ustama qoʻyib hisoblab chiqilgan summalarga;
oʻtgan yillarda yuz bergan hodisalar yuzasidan oxiriga yetkazilmagan sugʻurta toʻlovlarining summalarini, shu jumladan daʼvo muddati doirasidagi majburiyatlarga;
sugʻurta toʻlash hollari roʻy berganu, biroq koʻrilgan ziyon miqdorlari taqdim etilmagan shartnomalar boʻyicha sugʻurta summasini oʻz ichiga oladigan sugʻurta va qayta sugʻurta qilish operatsiyalari boʻyicha xarajatlar summalariga;
2) sugʻurta va rezerv fondlariga ajratmalar summasiga;
Sugʻurta va rezerv fondlariga ajratmalar daromad summasidan foizlar tarzida amalga oshiriladi. Ajratmalar foizi sugʻurta tashkiloti tomonidan sugʻurtaning har bir turi uchun tuzilgan sugʻurta shartnomalarining miqdori va amal qilish muddatiga, sugʻurta majburiyatlarining hajmiga sugʻurta ishlaridagi tavakkalchilikning xarakteriga, avval amal qilgan shartnomalar boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlarning miqdoriga hamda sugʻurtaning muayyan turidagi va umuman sugʻurta tashkiloti faoliyatida yuzaga keladigan oʻzga alohidaliklarga asoslanib, mavjud litsenziyalarga muvofiq holda belgilanadigan normativlarning jamlamasi boʻyicha aniqlanadi.
Bunda sugʻurta tashkilotining sugʻurta va rezerv fondlariga ajratmalar miqdori sugʻurta tashkiloti ustav fondining 25 foiziga yetgunicha sugʻurta tashkilotlari daromadlarining 20 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak;
3) sugʻurta tashkiloti sugʻurta toʻlashga sabab boʻladigan hodisalar yuz berishining oldini olish va bu toʻgʻrida ogohlantirish chora-tadbirlariga (ehtiyot choralariga) sarflaydigan mablagʻlar summasiga kamaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sugʻurtasi depozitlar boʻyicha foizlardan olgan pul summasi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni asosida xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ajnabiy yuridik shaxslarning, Oʻzbekiston va ajnabiy yuridik shaxslar, fuqarolar ishtirokidagi qoʻshma korxonalarning daromadlari boʻyicha soliq solinadigan bazasi shunday korxonalarning rezerv fondi yoki shunga oʻxshash maqsadga moʻljallangan fondlarga ajratmalari summasi bu fondning miqdori ustav fondining 25 foiziga yetgunga qadar korxonalar daromadlarining 20 foizi miqdorida kamaytiriladi.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni asosida xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Moddiy xarajatlar
1. Soliq solish bazasini hisoblab chiqish chogʻida korxonaning moddiy xarajatlariga (ishlab chiqarishning qaysi bosqichida qilinishidan qatʼi nazar) toʻlangan va realizatsiya qilingan mahsulot tannarxining kalkulatsiyasida hisobga olingan quyidagi xarajatlar kiradi, chunonchi:
chetdan sotib olinadigan hamda mazkur korxonada ishlov beriladigan, qayta ishlanadigan xomashyo va materiallarga qayta sotish maqsadida sotib olinadigan xomashyo va materiallardan tashqari ketadigan xarajatlar;
korxonaning ishlab chiqarish va xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan materiallar sotib olishga ketadigan xarajatlar;
asosiy fondlarga kirmaydigan asboblar, moslamalar, inventarlar, uskunalar, korjomalar hamda realizatsiya qilingan mahsulot tannarxiga kiritiladigan narxi past hamda tez eyiladigan boshqa ashyolarning eskirishiga ketadigan xarajatlar;
sotib olinib korxonada montaj qilinishi va qoʻshimcha ravishda ishlov berilishi lozim boʻlgan komplektlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarga qilinadigan xarajatlar;
chet korxonalar yoki korxonaning oʻz mustaqil balansiga ega boʻlgan boʻlinmasi tomonidan bajariladigan ishlab chiqarish xarakteridagi ishlar va xizmatlarga ketadigan xarajatlar. Oʻz mustaqil balansiga ega boʻlgan boʻlinma bajaradigan ishlar va koʻrsatadigan xizmatlar uchun toʻlanadigan haq ana shunday boʻlinmaning daromadlari tarkibiga qoʻshiladi;
texnologiya maqsadlariga, boshqa turdagi energiya hosil qilish, isitish, oʻz transporti uchun foydalanish maqsadida sarflanadigan barcha turdagi yoqilgʻini chetdan sotib olishga ketadigan xarajatlar;
korxonaning ishlab chiqarish va xoʻjalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi energiyani sotib olishga, shu jumladan bu energiyani xoʻjalik ichida transformatsiyalash va uzatishga ketadigan xarajatlar;
geologiya-razvedka va geologiya qidiruv ishlari;
asosiy ishlab chiqarish fondlarini taʼmirlashning barcha turlarini (joriy, oʻrtacha, tubdan taʼmirlash) oʻtkazish xarajatlari;
erlarni rekultivatsiyalash, shu jumladan chet tashkilotlar tomonidan bajariladigan rekultivatsiya ishlari;
tabiiy xomashyodan foydalanish, ildizi bilan sotiladigan daraxtlar uchun belgilangan limitlar doirasida suv xoʻjaligi tizimidan olinadigan suv uchun toʻlanadigan haq. Bunda tabiiy resurslar uchun boshqa turdagi toʻlovlar, shu jumladan ijara shaklidagi toʻlovlar va jarimalar korxonalarda qoladigan daromad hisobidan amalga oshiriladi;
sotib olinayotgan resurslarning narxiga kiritilmagan idishlar va oʻrash materiallarining qiymati;
mol yetkazib beruvchining kuchi bilan mollarni tashish, yetkazib berish va saqlashga qilinadigan xarajatlar. (Basharti, mollarni tashish, yetkazib berish, shu jumladan ortish-tushirish ishlari, saqlash uchinchi tashkilotlar yoxud pul toʻlovchining oʻz kuchi bilan amalga oshirilsa, molning narxiga qoʻshilmaydi, biroq ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli moddalariga kiritiladi).
2. Moddiy resurslarga qilinadigan, mahsulotlarning tannarxiga qoʻshiladigan xarajatlardan qayta tiklanadigan chiqitlarning qiymati chiqarib tashlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi moddiy xarajatlar va ularga tenglashtirilgan xarajatlar roʻyxatiga aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bogʻliq aniqliklarni kiritishga haqli.
6-modda. Soliq stavkalari
4-moddaga muvofiq hisoblab chiqilgan soliq solish bazasiga quyidagi tarzda soliq solinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalarning daromadlariga, ushbu moddaning 2, 3 va 4-bandlarida sanab oʻtilganlaridan tashqari, 18 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xalq xoʻjaligining ayrim tarmoqlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan eng kamida 12 foizgacha pasaytirilgan stavkalar va koʻpi bilan 35 foizgacha oshirilgan stavkalar belgilanishi mumkin;
Fan va ilmiy xizmat koʻrsatish korxonalari uchun soliq stavkalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida tartibda belgilanadi.
2) videosalonlar (video koʻrsatuvlar), kimoshdi savdolari, kazinolar, pul yutugʻi chiqadigan oʻyin avtomatlari, davlatga qarashli boʻlmagan idoralar oʻtkazadigan lotereya oʻyinlaridan va ommaviy konsert-tomosha tadbirlari oʻtkazishdan olinadigan daromadlarga 60 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi;
3) chet el kapitalining ulushi ustav fondining 30 foizidan kamni tashkil etgan qoʻshma korxonalarning daromadlariga ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq ustav fondida chet el kapitalining ulushi 30 foizdan koʻp boʻlgan korxonalarning, shuningdek chet el korxonalarining, ular filiallarining, vakolatxonalarining va shuʼba korxonalarining daromadlariga esa 10 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi;
Ustav fondida chet el kapitali boʻlgan qoʻshma korxonalar xorijiy qatnashchilarining daromadlari chet elga oʻtkazilayotganda, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida oʻzga tartib belgilanmagan boʻlsa, ularga 10 foiz hajmda soliq solinishi kerak.
Daromadlar chet elga oʻtkazilayotganda soliq toʻlovining summasi oʻtkazilayotgan daromad valyutasida toʻlanadi;
4) ajnabiy yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatga bogʻliq boʻlmagan daromadlar olganlarida dividendlardan, foizlardan, mualliflik huquqlari va litsenziyalardan, fraxtdan, ijara toʻlovlaridan hamda manbai Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan oʻzga daromadlardan, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida oʻzga tartib belgilanmagan boʻlsa, doimiy vakolatxonalar orqali daromadning 20 foizi (fraxtdan olingan daromaddan tashqari) miqdoridagi stavka boʻyicha soliq toʻlaydilar;
5) xalqaro tashish ishlarini amalga oshirganligi uchun ajnabiy yuridik shaxslarga toʻlanadigan fraxt daromadi summasiga 6 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi;
6) korxonaning aksiyalar boʻyicha olingan dividendlardan tushadigan daromadiga xamda oʻzga korxonalarning ustav fondiga kiritgan kapitaldan olgan boshqa daromadlariga 15 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7) jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari va oʻzga qishloq xoʻjaligi korxonalarining qishloq xoʻjaligi faoliyatidan olgan daromadlariga — 3 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni asosida 7-band bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
(6-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda. Soliq stavkalarini oʻzgartirish
Soliq stavkalarining miqdori, shuningdek soliq imtiyozlarining tarkibi va bu imtiyozlarni berish tartibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi kelgusi moliyaviy yil uchun budjet tasdiqlanayotganida aniqlik kiritishi mumkin.
8-modda. Soliq toʻlovlarini budjetga oʻtkazish
Soliq toʻlovlarining summasi har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasining budjetiga, viloyatlar, Toshkent shahri va boshqa mahalliy budjetlarga oʻtkaziladi.
(I bob Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 521-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 177-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
II BOB. KORXONALAR DAROMADLARIGA SOLINADIGAN SOLIQLAR BOʻYIChA IMTIYOZLAR
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Soliqdan ozod etish
Quyidagi korxonalar daromad soligʻi toʻlashdan ozod etiladilar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) xodimlarining umumiy sonida:
— nogironlar kamida 50 foiz boʻlgan;
— oʻrta maktab oʻquvchilari va hunar-texnika bilim yurtining talabalari kamida 75 foiz boʻlgan korxonalar;
(9-moddaning “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
b) protez-ortopediya buyumlari ishlab chiqarishga, nogironlarga protez tayyorlab berishga ixtisoslashgan korxonalar;
v) tarix va madaniyat yodgorliklarini taʼmirlash va tiklash ishlarini amalga oshirishdan daromad oladigan korxonalar;
g) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari;
d) belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan nogironlarning jamoat tashkilotlari, ularga qarashli muassasalar, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
e) Qizil Yarim oy jamiyati, Urush va mehnat faxriylari jamiyati, Afgʻoniston faxriylarining ittifoqi, Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi “Orol”, “Navroʻz”, “Ekosan”, “Tadbirkorlarga yordam”, Ulugʻbek, Navoiy, Oybek, Qodiriy nomidagi jamgʻarmalar, rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarga yordam jamgʻarmasi, Xalq diplomatiyasi bosh missiyasi jamgʻarmasi, Oʻzbekiston madaniyati uyushmasi, Baynalmilalchi jangchilar uyushmasi hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan boshqa xayriya jamgʻarmalari va uyushmalari va ularning boʻlinmalari hamda yoshlar jamgʻarmalari xayriya faoliyatlarini amalga oshirishga qaratiladigan daromadlari boʻyicha;
(9-moddaning “e” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
j) oliy, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, oʻrta va hunar-texnika bilim yurtlari huzurida yoshlar, kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan tuzilgan korxonalarning talabalar va oʻquvchilar ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga qaratiladigan daromadlari;
z) dehqon bozorlarining qurilishga va oʻz moddiy-texnika bazasini kengaytirishga, oʻziga qarashli mehmonxonalarni rivojlantirishga, obodonlashtirishga, bozorlarni ishlatish xarajatlarini qoplashga qaratiladigan daromadlari;
i) shahar passajir transportining daromadlari (taksidan tashqari);
k) matbuot tarqatish boʻyicha aholiga xizmat koʻrsatishdan keladigan daromadlar;
l) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlash ishlaridan olingan daromadlar;
m) urush va mehnat veteranlari kengashlari huzurida tuzilgan urush va mehnat veteranlarining korxonalari, birlashmalari va tashkilotlari, basharti, ularda ishlayotganlarning kamida 50 foizini pensiya yoshiga yetganlar (pensionerlar) tashkil etsa.
Oldingi tahrirga qarang.
n) axloq tuzatish-mehnat muassasalarining korxonalari;
Oldingi tahrirga qarang.
o) Qizil Yarim Oy jamiyati, “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasining taʼsis etgan korxona va tashkilotlar, bu mablagʻlardan jamiyatning hamda jamgʻarmaning ustavda belgilab qoʻyilgan vazifalarini bajarishda toʻliq foydalanish sharti bilan.
(9 -moddaning “o” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni asosida “n” va “o” bandlar bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
p) ijodiy uyushmalar va ularning korxonalari asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olgan va ijodiy uyushmalarning ustav faoliyatini bajarish uchun sarflaydigan daromadlari.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni asosida “p” band bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
r) “arxiv hujjatlariga ilmiy-texnikaviy ishlov berish, ularni taʼmirlash, muqovalash va ulardan foydalanish, ish yuritishni takomillashtirish yuzasidan pulli xizmatlar koʻrsatishdan keladigan daromadlar;
s) reja boʻyicha qilingan xarajatlarning oʻz daromadlari bilan taʼminlanmagan qismini qoplash uchun budjetdan dotatsiya oluvchi korxonalar;
t) Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi pochta xizmati korxonalarining daromadlari.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni asosida “r”, “s”, “t” bandlar bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Diniy tashkilotlarning moliyaviy va mulkiy xayriyalariga soliq solinmaydi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 882-XII-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 266-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Yangi tuzilgan korxonalar uchun imtiyozlar
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi tashkil etilgan korxonalar (birjalar, tayyorlov, ulgurji, taʼminlovchi-sotuvchi, vositachi va savdo-tijorat korxonalaridan tashqari) tashkil topgan (roʻyxatdan oʻtkazilgan) paytdan eʼtiboran birinchi yili belgilangan stavkaning 25 foizi miqdorida va ikkinchi yili 50 foizi miqdorida soliq toʻlaydilar.
(10-modda birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Ushbu imtiyoz avval amal qilib turgan korxonalar, ularning filiallari va tarmoq boʻlinmalari asosida tuzilgan korxonalar uchun, shuningdek korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar huzurida tuzilgan boʻlib, ulardan ijaraga olingan uskunalar yordamida ishlayotgan korxonalarga taalluqli emas.
Korxona faoliyati uch yillik muddat oʻtmay turib toʻxtatilgan taqdirda soliq summasi uning butun faoliyat davri uchun toʻla miqdorda hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Soliqdan vaqtincha ozod etish
Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
1) korxona ikki yil davomida:
a) patent egasi oʻz ishlab chiqarishida ixtirolardan foydalanishdan va unga litsenziya sotishdan oladigan daromadlariga va valyuta tushumlariga ixtirodan foydalana boshlagan yoki litsenziya, sotilgan sanadan boshlab patent amal qiladigan muddat atrofida;
b) litsenziya, sotib olish natijasida ixtirodan foydalanishdan oladigan daromadlariga va valyuta tushumlariga ixtirodan foydalana boshlangan sanadan boshlab;
v) yoki patentlangan ixtironi, qoʻllanib yangi texnika tayyorlash uchun maxsus barpo etiladigan ishlab chiqarishdan oladigan daromadlariga va valyuta tushumlariga korxona yoki yangi ishlab chiqarish ishga tushirilgan sanadan boshlab.
(11-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2) xorijiy qatnashchining ustav fondidagi ulushi 30 foizdan ortiq boʻlgan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlab chiqarishga (uzum vinolari va meva-rezavor vinolar, mast qiluvchi ichimliklar tayyorlashdan tashqari); xalq isteʼmoli mollari va binokorlik materiallari ishlab chiqarishga; tibbiyot uskunalar, qishloq xoʻjaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun mashinalar va uskunalar ishlab chiqarishga; ikkilamchi xomashyoni va roʻzgʻor chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlashga ixtisoslashgan qoʻshma korxonalar, ularning filiallari va shuʼbalari roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab ikki yil davomida soliq solishdan ozod etiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qoʻshma korxona ikki yil davomida oʻz ustav fondini tarkib toptirmasa yoki soliq toʻlashdan ozod etilgan qoʻshma korxona uch yillik muddat oʻtmay turib tugatilgan taqdirda soliq summasi umumiy belgilangan tartibda, uning butun faoliyat davri uchun toʻla miqdorda undiriladi.
(11-modda 2-bandining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3) dehqon (fermer) xoʻjaliklari va xususiy korxonalar qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlash, xalq isteʼmoli mollari chiqarish va binokorlik materiallari ishlab chiqarish boʻyicha — roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab dastlabki ikki yil davomida soliq solishdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4) Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga kapital mablagʻlar ajratayotgan chet el kapitali ishtirokidagi birgalikdagi korxonalar oʻz ishining dastlabki besh yilida.
(11-moddaning Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni asosida toʻrtinchi band bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Soliq solish bazasining kamaytirilishi
Soliq solish bazasi kuyidagi summaga kamaytiriladi:
korxonalar balansida turuvchi sogʻliqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, bolalarning dam olish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, Xalq taʼlimi muassasalari va uy-joy fondini saqlash boʻyicha mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlangan normativlarga muvofiq qilingan xarajatlar summasiga, shuningdek korxonalarning sanab oʻtilgan muassasalarni saqlashda ulushbay asosida ishtirok etganida qilgan xarajatlari summasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarishni investitsiyalashga, konversiyalashga, shuningdek investitsiyalashga olingan qarzlarni qoplashga ketadigan sarf-xarajatlarning 50 foiziga;
(12-moddaning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
qayd etib oʻtilgan imtiyoz investitsiyani amalga oshirish uchun oʻzlaridagi mavjud amortizatsiya ajratmalarini butunlay ishlatib boʻlgan korxonalarga beriladi;
aloqa korxonalariga kapital mablagʻ sarflarining korxonalar tasarrufida qoldiriladigan daromadlar qoplamaydigan miqdorini pul bilan taʼminlash uchun berilgan kreditni toʻlash maqsadida foydalanilgan daromad summasiga;
tabiatni qoʻriqlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarishga, yangi texnologiyalar va mahsulot turlarini oʻzlashtirishga qilinayotgan xarajatlarning 30 foiziga;
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalarning avvalgi tegishli hisobot davriga nisbatan xalq isteʼmoli mollari va dori-darmonlar ishlab chiqarish fizik hajmlarini oshirganligi hisobiga olgan daromadi summasiga;
(12-moddaning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
madaniyat, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uchun ekologiya, sogʻlomlashtirish va oʻzga hayriya jamgʻarmalariga (basharti, ular roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar boʻlsa) kiritgan badallar summasiga, lekin soliq solinadigan daromadning koʻpi bilan 1 foiziga;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan diniy va jamoat tashkilotlari hamda birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), hayriya jamgʻarmalarining ana shu tashkilotlar, jamiyatlar, birlashmalar, uyushmalar va jamgʻarmalar ustav faoliyatini amalga oshirishga qaratiladigan daromadlaridan qilinadigan ajratmalar summasiga;
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Grajdan mudofaasining avariyalar, falokatlar va tabiiy ofatlar chogʻida qutqarish ishlarini olib borish bilan bogʻliq boʻlgan ixtisoslashgan avariya-qutqaruv boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini tayyorlashga, jihozlashga qaratiladigan xarajatlarning 30 foiziga;
xodimlarga kasb oʻrgatishga, ularning malakasini oshirishga, stajirovkasiga va oʻsmirlar orasida maktabdan tashqari ishlar olib borishga sarflanadigan xarajatlar summasiga;
vaqtli matbuot nashrlari, bolalar nashrlari, oʻquv, kam tirajli (2000 nusxagacha), ilmiy va texnika adabiyoti, kam sonli xalqlar tilida chiqarilgan adabiyotlar va sensor nuqsonlari bor shaxslar uchun nashrlar chiqarishdan keladigan daromadlarning 20 foiziga;
ijtimoiy sohaga moʻljallangan obyektlar barpo etuvchi qurilish tashkilotlari daromadining 15 foiziga kamaytiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy foydalanishdagi yoʻllarni saqlash, taʼmirlash va qurish uchun ajratmalar;
Qizil Yarim Oy jamiyatiga badallar va boshqa xayr-ehsonlar.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni asosida xatboshilar bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalarning nogironlarga moʻljallangan ijtimoiy-madaniy inshootlar, sport inshootlari qurishni, ular uchun asbob-uskunalar olishni, ularni saqlashni pul bilan taʼminlashga ajratadigan mablagʻga;
(ishlovchilar soni 34 nafardan kam boʻlmagan korxonalarda) belgilangan meʼyordan ortiqcha ravishda ishga joylashtirilgan nogironlarning har 2,5 foizining daromadidan olinadigan soliqning bir foiziga toʻgʻri keladigan miqdorga;
chet el kapitali ishtirokidagi birgalikdagi korxonalar daromadining ishlab chiqarishni kengaytirish, texnologiyani yangilash va ijtimoiy dasturlarni roʻyobga chiqarish uchun qayta investitsiyalaydigan qismiga.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni asosida xatboshilar bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
oborot mablagʻlarini koʻpaytirishga qaratilgan daromad summasiga.
(12-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni asosida xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaga muvofiq berilayotgan soliqqa doir imtiyozlarni eʼtiborga olgan holda hisoblab chiqarilgan daromadlarga solinadigan soliqning umumiy summasi imtiyozlarni eʼtiborga olmagan holda hisoblab chiqarilgan hisob-kitob summasining 50 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. Ajnabiy sheriklarga imtiyozlar berish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan, ustav fondida chet el kapitali boʻlgan qoʻshma korxonaning Oʻzbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomaga muvofiq taqsimot tartibiga koʻra oʻziga tegishli daromaddan soliq toʻlashdan butunlay yoki qisman ozod boʻlish huquqiga ega boʻlgan xorijiy qatnashchisi soliqni kamaytirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ariza taqdim etadi. Agar ariza daromad chet elga oʻtkazilganidan keyin berilsa, u daromad oʻtkazilgan kundan boshlab kalendar yili ichida taqdim etilishi lozim. Bir yil muddat oʻtib ketgach berilgan arizalar qarab chiqilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadidan soliq toʻlashdan butunlay yoki qisman ozod etilish huquqiga ega boʻlgan ajnabiy yuridik shaxslar ushbu huquqdan mazkur moddaning 1-bandida bayon etilgan tartibda foydalanadilar.
14-modda. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralarining imtiyozlar berishi tartibi
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari daromadlardan olinadigan soliqlar yuzasidan oʻz hududlaridagi toʻlovchilardan olinadigan va mahalliy budjetlarga oʻtkaziladigan soliq summalari doirasida qoʻshimcha imtiyozlar berishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Davlatning qimmatli qogʻozlaridan keladigan daromadlarga soliq solish
Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha olinadigan foizlar va dividendlar soliq solishdan ozod qilinadi.
(II bob Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 521-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 177-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
III BOB. QOʻShILGAN QIYMATGA SOLINADIGAN SOLIQ
Qoʻshilgan qiymatga solinadigan soliq tovarlarni sotish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini budjet daromadiga olib qoʻyishning bir shaklidir.
16-modda. Soliq toʻlovchilar
Mulkchilikning barcha shakllariga kiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, ushbu Qonunning 1-moddasida sanab oʻtilgan ularning mustaqil boʻlinmalari va filiallari soliq toʻlovchilardir, banklar va sugʻurta tashkilotlari bundan istisno.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-modda ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
17-modda. Soliq solish obyekti
Mahsulot, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlarni realizatsiya qilish oborotlari soliq solish obyektlaridir.
Oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni ham, chetdan sotib olingan va chetda tayyorlangan tovarlarni ham sotish oborotlariga soliq solinishi kerak.
Quyidagilar ham soliq solish obyektlari boʻladi:
korxonaning ichida oʻz isteʼmoli uchun amalga oshirilib, xarajatlarini mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritmaydigan holda, shu jumladan oʻz xodimlariga tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish oborotlari;
tovarlarni bevosita pul toʻlamasdan boshqa tovarlar (xizmatlar)ga ayirboshlash yoʻli bilan sotish oborotlari;
tovarlarni boshqa korxonalar yoki shaxslarga tekinga berish yoki qisman haq olib berish boʻyicha oborotlar, budjetda turadigan muassasalarga va boshqa tashkilotlarga hayriya maqsadlarida berish hollari bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida import tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chet el valyutasida realizatsiya qilish oborotlari.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksizlarga tenglashtirilgan tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymatga solinadigan soliqni hisoblab chiqishda aksizlar summasi soliq solinayotgan oborotga qoʻshiladi.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni asosida xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
18-modda. Soliq stavkalari
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻshilgan qiymatga soliq 25 foiz stavka boʻyicha toʻlanadi.
(18-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
19-modda. Soliq imtiyozlari
Quyidagilar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadilar:
Oldingi tahrirga qarang.
1) shahar passajir transporti (taksidan tashqari) koʻrsatadigan xizmatlar, shuningdek temir yoʻl, avtomobil va daryo transportida shahar atrofi qatnovida yoʻlovchilar tashish yuzasidan koʻrsatiladigan xizmatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
2) aholiga koʻrsatiladigan uy-joy kommunal xizmati va uy-joydan foydalanish xizmati (bunga ijara haqi va yotoqxonalarda yashaganlik uchun toʻlanadigan haq ham kiradi);
3) xususiylashtirish tarzida sotib olinadigan mol-mulk qiymati, shuningdek davlat korxonalari negizida tashkil etilgan ijara korxonalari boʻyicha toʻlangan ijara haqi;
Keyingi tahrirga qarang.
4) sugʻurta va qayta sugʻurta yumushlari, shu jumladan sugʻurta boʻyicha vositachilar va agentlar amalga oshirgan ana shunday yumushlar bilan bogʻliq xizmatlar;
5) ssuda berish va ssuda oʻtkazish;
6) pul jamgʻarmalari, joriy schyotlar, pul toʻlovlari, pul oʻtkazish, cheklar va boshqa qimmatli qogʻozlarga taalluqli yumushlar;
7) qonunga koʻra toʻlov vositalari hisoblanmish valyutalar, pullar va banknotlar muomalasiga taalluqli yumushlar, numizmatika maqsadlarida foydalaniladigan valyutalar, pullar va banknotlar bundan mustasno;
8) qimmatli qogʻozlar: aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar, veksellar, cheklar, lotereya biletlari muomalasiga taalluqli yumushlar, qimmatli qogʻozlar tayyorlash va saqlashga doir yumushlar bundan mustasno;
9) pochta markalari (kolleksiya uchun moʻljallanganlaridan tashqari), markasi bor otkritkalar, konvertlar sotish;
10) maxsus vakil qilingan idoralarning koʻrsatgan xizmati uchun davlat poshlinasi undirib olinadigan ishlari;
11) kazino, oʻyin avtomatlarining oborotlari, otchoparlarda oʻrtaga tikilgan summa yuzasidan yutuqlar;
Keyingi tahrirga qarang.
12) maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar taʼminoti yuzasidan, bemorlar va keksalarni boqish hamda parvarishlash yuzasidan koʻrsatilgan xizmatlar;
13) dafn byurolari, qabriston va krematoriylarda koʻrsatiladigan marosim xizmatlari;
14) xalq taʼlimi sohasida oʻquv-ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq xizmatlar;
15) haqini bevosita aholining oʻzi toʻlaydigan kurslar, toʻgaraklar, seksiyalar, studiya yoki darslar;
16) kashfiyot uchun patentlar, mualliflik huquqlari, litsenziyalar berish, berib turish va olish;
Keyingi tahrirga qarang.
17) advokatlar hayʼatlari aʼzolarining odil sudlov sohasida koʻrsatadigan xizmatlari;
18) diniy tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan rasm-rusm va marosimlar;
19) pensiya va nafaqalar toʻlashga doir aloqa xizmatlari;
20) gidrometerologiya va aerologiya ishlari;
21) geologiya va topografiya ishlari;
22) umumiy foydalanishdagi yoʻllarni ishlatish va ularni taʼmir etish yuzasidan bajarilgan ishlar hajmidan tushgan pul;
Oldingi tahrirga qarang.
23) yakka tartibda kiyim-kechak va poyabzal tikish, taʼmirlash trikotaj buyumlari, murakkab roʻzgʻor texnikasi, soat, mebel tuzatish yoki taʼmirlash, ijaraga berish hamda bolalar trikotaj buyumlari tayyorlash va ularni taʼmirlash, kiyim-kechaklarni kimyoviy usulda tozalash boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan xizmatlar, sartaroshlik xizmatlari va hammomlar xizmati, aholiga qarashli avtomobillarni remont qilish va ularga texnika xizmati koʻrsatish borasidagi xizmatlar, aholining buyurtmalari asosida uy-joyni taʼmir etish va qurish xizmatlari va korxonalarning aholiga xizmatlari;
(19-moddaning 23-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
24) sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, jismoniy-tarbiya va sport muassasalari, pioner lagerlari xizmatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
25) protez-ortopediya buyumlari va nogironlar uchun ashyolar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning mahsuloti va nogironlarga ortopedik protezlash xizmati koʻrsatish, davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalarining mahsulotlari.
(19-moddaning 25-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
26) nashriyotlar, roʻznomalar va oynomalarning muharririyatlari, matbaa va kitob savdosi korxonalari, Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi chiqaradigan mahsulotlar va koʻrsatadigan xizmatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
27) Oʻzbekiston Respublikasi Qizil Yarim oy va “Yodgorlik” jamiyatlari, Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi, “Sogʻlom avlod uchun” Xalqaro xayriya jamgʻarmasi korxonalarining mahsulotlari va xizmatlari — soliqdan ozod qilingan mablagʻlar jamiyatlar, uyushma va jamgʻarmalarning ustav vazifalarini bajarishga ishlatilishi sharti bilan;
(19-moddaning 27-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
28) stenografiya xizmatlari;
29) vakolatli davlat tashkilotlari oʻtkazadigan ekologik ekspertiza xizmatlari;
30) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning mol-mulkini himoya qilish boʻyicha ichki ishlar idoralari huzuridagi idoradan tashqari qoʻriqlash xizmatlari (fuqarolarning kvartiralariga va xalq xoʻjaligi obyektlarining binolariga asbob-uskunalar oʻrnatish va qoʻriqlash-yongʻindan himoya qilish signalizatsiyalari montaj qilish borasidagi xizmatlar bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
(19-moddaning birinchi qismi matni Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31) eksport qilinadigan mollar (ishlar, xizmatlar);
Keyingi tahrirga qarang.
32) eksport qilinadigan mollarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtiladigan chet el yuklarini (tranzit yuklarni) tashish, ortish, tushirish, qayta yuklash yuzasidan koʻrsatilgan xizmatlari;
33) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi kinostudiyalari, kinoprokati va kinotarmogʻining mahsulotlari va xizmatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
34) arxiv hujjatlariga ilmiy-texnikaviy ishlov berish, ularni taʼmirlash, muqovalash va ulardan foydalanish, ish yuritishni takomillashtirish yuzasidan koʻrsatiladigan pulli xizmatlar.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni asosida 31-34-bandlar bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
35) Oʻzbekiston Avtomotohavaskorlar koʻngilli jamiyatiga qarashli mashinalar turadigan joylarda avtotransportni saqlash uchun koʻrsatilgan xizmatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
36) davlat tilini oʻqitish va ish qogʻozlarini davlat tilida yuritishga oʻrgatish borasidagi xizmatlar.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni asosida 35 va 36-bandlar bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq stavkalarining miqdori va soliq imtiyozlari tarkibi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan kelgusi moliyaviy yil uchun budjetni tasdiqlash vaqtida aniqlashtirilishi mumkin.
(III bob Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 521-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 177-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
IV BOB. AKSIZ SOLIGʻI
20-modda. Soliq solish obyekti
Sotiladigan tovarlarning natura yoki qiymat ifodasidagi hajmi soliq solish obyekti boʻladi.
21-modda. Soliq toʻlovchilar
Mulkchilikning barcha shakllariga mansub boʻlib, aksiz soligʻi solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar soliq toʻlovchilardir.
Keyingi tahrirga qarang.
22-modda. Soliq stavkalari
Aksiz soligʻi solinadigan tovarlar roʻyxatini, aksiz soligʻi stavkalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
23-modda. Soliq boʻyicha imtiyozlar
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzi ishlab chiqargan mollarni va Qizil Yarim Oy jamiyatining korxonalari bilan tashkilotlari ishlab chiqarayotgan mollar, basharti bu mablagʻlar, jamiyatning ustavda belgilab qoʻyilgan vazifalarini bajarishda ishlatilgan taqdirda chet ellarga yetkazib berilganda aksiz olinmaydi.
(23-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
24-modda. Soliq summasini aniqlash va uni toʻlash tartibi
Aksizlarning summasini soliq toʻlovchi sotilgan tovarlar roʻyxati va hajmi hamda ana shu tovarlar yuzasidan belgilangan aksiz stavkalariga qarab mustaqil belgilaydi”.
(IV bob Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 521-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 177-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV1 bob Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(V bob Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
V BOB. RESPUBLIKA HUDUDIDAN TAShQARIGA OLIB ChIQIB KETILAYOTGAN XOM AShYo RESURSLARI VA MAHSULOTGA SOLINADIGAN SOLIQ
25-modda. Soliq toʻlovchilar
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga xomashyo resurslari va mahsulotlar realizatsiya qiluvchi korxonalar soliq toʻlovchilar hisoblanadi.
26-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Respublika hududidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan xomashyo resurslari va mahsulotlarga solinadigan soliq mollar ayrim turlari bahosiga qoʻshiladigan hamda sotish chogʻida qoʻshilgan qiymat soligʻiga qoʻshimcha tarzda isteʼmolchilardan olinadigan sof daromadning bir qismini olib qoʻyishdan iboratdir.
27-modda. Soliqni toʻlash va budjetga oʻtkazish tartibi
Tashqariga olib chiqib ketilayotgani uchun soliq undiriladigan xomashyo resurslarining va mahsulotlarning roʻyxati, qoʻshimcha xarajatlar tarkibi, shuningdek soliq stavkasi, uni toʻlash, budjetga oʻtkazish va taqsimlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti tomonidan aniqlanadi.
(VI bob Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni bilan V bob deb hisoblangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
VI BOB. JAMOA XOʻJALIGI AʼZOLARINING MEHNAT HAQI FONDIDAN OLINADIGAN SOLIQ
28-modda. Soliq toʻlovchilar
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga xomashyo resurslari va mahsulotlar realizatsiya qiluvchi korxonalar soliq toʻlovchilar hisoblanadi.
29-modda. Soliq solish obyekti
Jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnat haqi fondining jamoa xoʻjaligida ishlaydigan har bir aʼzoga bir oyda 16 soʻm hisobidagi soliq solinmaydigan miqdordan ortiq qismiga soliq solinadi.
Jamoa xoʻjaligi aʼzolarining mehnat haqi fondidan soliq solinadigan qismini hisoblab chiqarish chogʻida jamoa xoʻjaligi aʼzolariga toʻlanishi kerak boʻlgan hamma haqlar, shu jumladan qoʻshimcha haqlar, mukofotlarning barcha turlari, shuningdek natura tarzidagi toʻlovlar ham hisobga olinadi.
Mehnat haqi evaziga beriladigan mahsulot uning tannarxi boʻyicha baholanadi.
30-modda. Soliq stavkasi va uni budjetga oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Soliqni barcha jamoa xoʻjaliklari aʼzolari mehnat haqi fondining soliq solinadigan qismidan 15 foiz miqdorida toʻlaydilar.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
Soliq summalari mahalliy budjetlarga oʻtkaziladi.
31-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi va uni toʻlash muddatlari
Jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnat haqi fondining soliq solinadigan qismi xoʻjalikning barcha tarmoqlarida hisoblab yozilgan jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnat haqi umumiy fondi asosida, shu jumladan jamoa xoʻjaligi aʼzolarining mehnat haqi hisobiga xarid narxlari bahosida beriladigan natura holidagi mahsulot qiymati ham qoʻshib hisoblab chiqariladi.
Jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnat haqi fondining soliq solinadigan qismi jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnat haqi uchun hisoblab yozilgan pul summasi, shu jumladan natura holidagi mahsulot qiymati (xarid narxlari bahosida) bilan mehnat haqi fondining soliq solinadigan qismi oʻrtasidagi farq tarzida aniqlanadi, soliq solinmaydigan qismi belgilab qoʻyilgan soliq solinmaydigan oʻrtacha eng oz oylik maosh tarzida hisoblab chiqariladi.
Yilning I, II va III choraklari uchun toʻlanadigan soliq miqdorlari mehnat haqi boʻyicha yil boshidan buyon jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnatiga toʻlash uchun foiz tarzida hisoblangan haqning umumiy fondi miqdoridan jamoa xoʻjaligi aʼzolari bilan qilingan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi buxgalteriya hisob va hisoboti maʼlumotlari asosida hisoblab chiqariladi. Mazkur foiz jamoa xoʻjaligi aʼzolarining oʻtgan yilgi mehnat haqi fondi soliq solinadigan qismidan olinadigan daromad soligʻi summasining oʻsha davrdagi umumiy fond summasiga nisbati tarzida belgilanadi. Bunda joriy yilning oʻtgan davrida hisoblab chiqarilgan soliq summasi hisobga olinadi.
Jamoa xoʻjaligi aʼzolarining yilning IV choragida toʻlanishi lozim boʻlgan mehnat haqi fondiga solinadigan soliq summasi yil uchun kutilayotgan jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnat haqi fondidan I, II va III choraklaridagi soliqni hisoblab chiqarish uchun belgilangan foiz boʻyicha avvalgi choraklardagi toʻlovlarni eʼtiborga olib hisoblab chiqariladi. Jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnat haqi fondining soliq solinadigan qismi boʻyicha uzil-kesil hisob-kitob jamoa xoʻjaligining yillik hisoboti maʼlumotlari boʻyicha yil davomida jamoa xoʻjaligi aʼzolariga amalda hisoblangan mehnat haqi fondi hamda jamoa xoʻjaligida ishlagan jamoa xoʻjaligi aʼzolarining yillik oʻrtacha soni asosida amalga oshiriladi.
Jamoa xoʻjaligi aʼzolarining mehnat haqi fondidan daromad soligʻini jamoa xoʻjaliklari yil choragi tugagandan keyingi har oyning 25-kunigacha, jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnat haqi fondidan tegishli chorak hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan miqdorda toʻlaydilar.
(VII bob Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni bilan VI bob deb hisoblangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
VII BOB. KORXONALARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQ
32-modda. Soliq toʻlovchilar
Mulkchilikning barcha shaklidagi yuridik shaxslar, shuningdek korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning yuridik shaxs boʻlmasa-da, oʻz mustaqil balansiga ega boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida boʻlinmalari korxona mol-mulki uchun soliq toʻlovchilar hisoblanadi.
33-modda. Soliq solish obyekti va soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati korxonalar mulkiga soliq solish obyekti hisoblanadi.
(33-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
Soliq solinadigan baza:
soliq toʻlovchining balansida butunlay yoki qisman turadigan uy-joy, kommunal va ijtimoiy-madaniy soha obyektlarining;
tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash va yongʻinga qarshi maqsadlarda foydalaniladigan obyektlarning;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va seleksiyasi uchun, baliq boqish, ovlash va qayta ishlash uchun foydalaniladigan mol-mulkning;
oziq-ovqat uzatkichlar, yoʻllar (shu jumladan avtomobil yoʻllari), aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek ularga tutash yerlarning, ushbu obyektlarni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish maqsadlarida ishga tushiriladigan inshootlarning;
korxonalar avtotransport vositalarining;
aloqa yoʻldoshlarining;
respublika Hukumatining qarorlariga binoan toʻxtatib qoʻyilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining balans qiymatiga kamaytiriladi.
Banklar, sugʻurta tashkilotlari, birjalar, shuningdek xalq xoʻjaligining baʼzi tarmoqlariga soliq solish xususiyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
34-modda. Soliq stavkalari
Korxonalarning mol-mulkiga 1 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi.
hisoblab chiqarilgan soliq summasi majburiy toʻlov tarzida birinchi navbatda mahsulot ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) uchun ketgan xarajatlarga ajratgan holda budjetga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35-modda. Soliq imtiyozlari
1. Korxonalar mol-mulkiga solinadigan soliq quyidagi mol-mulklarga solinmaydi:
a) budjet tashkilotlari va muassasalarining davlat boshqaruvi idoralarining mol-mulkiga;
b) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, seleksiyalash va saqlash, baliq yetishtirish, ovlash va qayta ishlash sohasidagi korxonalarning mol-mulkiga;
v) xalq taʼlimi va madaniyat muassasalarining ehtiyojlari uchun ishlatiladigan mol-mulkka;
Oldingi tahrirga qarang.
g) “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi, Qizil Yarim oy jamiyati va ular taʼsis etgan korxonalar va tashkilotlar mol-mulkiga, ushbu mablagʻlar jamgʻarma va jamiyatning ustav vazifalarini bajarishga ishlatilishi sharti bilan; diniy birlashmalar va tashkilotlar mol-mulkiga;
(35-moddaning “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
d) umuman fuqarolarga moʻljallangan uy-joy, kommunal va shahar xoʻjaligidagi oʻzga mol-mulkka;
e) yangi ochilgan korxonalarning mol-mulkiga roʻyxatga olingan kundan boshlab dastlabki ikki yil davomida;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“e” kichik bandida koʻrsatilgan soliq imtiyozi tugatilgan (qayta tashkil etilgan korxonalarning, ular filiallari va tarmoq boʻlinmalari asosida tuzilgan korxonalarga, shuningdek korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar huzurida tuzilgan korxonalarga (basharti, ular ana shu korxonalardan ijaraga olingan uskunalar bilan ishlasa) taalluqli emas.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari mol-mulki oʻz hududlarida joylashgan soliq toʻlovchilarga qoʻshimcha imtiyozlar berishlari mumkin.
36-modda. Toʻlovlarni budjetga kiritish
Mol-mulkka solingan soliq mahalliy budjetga kiritiladi.
(VIII bob Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni asosida VII bob deb hisoblangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(IX bob Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 521-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 177-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
VIII BOB. MAXSUS QOIDALAR
37-modda. Ajnabiy yuridik shaxslarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
1. Agar SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagi qoidalardan boshqacha qoidalar belgilab qoʻyilgan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ushbu Qonunning qoidalari xalqaro huquqning umumiy normalarida hamda SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan maxsus bitimlarida belgilab qoʻyilgan soliq sohasidagi imtiyozlarga tegishli boʻlmaydi.
2. Ajnabiy yuridik shaxslarning daromadlaridan soliq olish tegishli chet davlatda xuddi shunday yoki shunga oʻxshash soliqlar yuzasidan sovet yuridik shaxslariga nisbatan aynan shunday chora-tadbirlar amalga oshirish belgilangan hollarda oʻzaro kelishuv asosida toʻxtatilishi yoki cheklanishi mumkin, bu hol ushbu davlatning soliq idoralari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
3. Ajnabiy firmalar bilan tijorat bitimlarini tuzish chogʻida daromad toʻlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot ajnabiy yuridik shaxslarning daromadidan soliq toʻlash borasidagi xarajatlarni oʻz zimmasiga olishi haqidagi soliq shartlarini shartnomaga qoʻshishga ruxsat berilmaydi.
38-modda. Ikki tomonlama soliq solinishini bartaraf etish
Chet elda olingan daromad summasi Oʻzbekiston Respublikasida soliq solinishi kerak boʻlgan daromadning umumiy summasiga kiritiladi hamda soliq miqdorini belgilash chogʻida hisobga olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida olingan daromaddan chet mamlakatlar qonunlariga muvofiq chet eldagi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar toʻlagan soliq summasi ular Oʻzbekiston Respublikasida daromaddan soliq toʻlayotgan paytlarida hisobga olinadi. Bunda hisobga olinadigan mablagʻlarning miqdori chet elda olingan daromadga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanishi kerak boʻlgan daromadga solingan soliq hajmidan oshib ketmasligi lozim.
(IX bob Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni asosida VIII bob deb hisoblangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
IX BOB. SOLIQ TOʻLOVChILARNING MAJBURIYAT HAMDA MASʼULIYATLARI VA SOLIQLAR TOʻGʻRISIDAGI QONUNLARGA RIOYA ETILIShINI NAZORAT QILISh
39-modda. Soliq toʻlovchilarning vazifalari
1. Ushbu Qonunda koʻzda tutilgan soliqlarni toʻlovchilar:
a) moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida belgilab qoʻyilgan tartibda buxgalterlik hisobini va hisobotlarini yuritishlari hamda moliya idoralariga buxgalterlik hisobotlari va balanslarini, soliqlar boʻyicha hisob-kitoblarni hamda soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash bilan bogʻliq boshqa zarur hujjatlar va maʼlumotlarni berishlari;
b) soliqlar sohasida imtiyozlarga ega boʻlish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlarni koʻrsatishlari, tegishli hollarda esa topshirishlari;
v) toʻlanishi kerak boʻlgan soliq summalarini oʻz vaqtida va toʻla-toʻkis toʻlab turishlari;
g) moliya idoralarining mansabdor shaxslariga daromadlar olish bilan yoki soliq solinadigan obyektlarni saqlash bilan bogʻliq boʻlgan binolarni tekshirib chiqish uchun, shuningdek soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash masalalari yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish uchun imkoniyat yaratib berishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va tegishli mansabdor shaxslari soliq idorasi oʻtkazgan tekshirish haqidagi hujjatni imzolashlari, hujjatda bayon etilgan faktlarga rozi boʻlmaganlari taqdirda esa rozi boʻlmaslik sabablari haqida yozma tushuntirish taqdim etishlari shart. Ular soliq idorasining soliqlar toʻgʻrisidagi qonunlar borasida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish haqidagi talablarini bajarishga ham majburdirlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida soliqlarga oid buxgalteriya hisobotlarini va balanslarini, soliqlarga oid hisob-kitoblarni yoki daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni soliq idoralariga taqdim etish majburiyati belgilab qoʻyilgan soliq toʻlovchilar ularni moliyaviy faoliyatni tekshiruv xoʻjalik hisobidagi tashkilot tekshirgach hisobot yilidan keyingi bir yil davomida soliq idorasiga tekshirish oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari shart.
Mazkur hujjatlarni taqdim etmagan soliq toʻlovchilarga ushbu Qonunning 43-moddasida koʻzda tutilgan choralar qoʻllaniladi. Basharti, tekshirish soliq toʻlovchi aybdor boʻlmagan holda belgilangan muddatlarda oʻtkazilmagan boʻlsa, mazkur choralar qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mahsulotlarni chet el valyutasida sotishdan (chet el valyutasida ishlar bajarishdan, xizmatlar koʻrsatishdan), sotuvdan boʻlak operatsiyalar natijasida, shuningdek oʻzga tadbirkorlik faoliyatidan kelgan tushum Oʻzbekiston Respublikasining, chet ellik sheriklari bilan hisob-kitob ishlarini olib boradigan, vakolatli banklaridagi schyotlarga oʻtkazilishi shart, basharti Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻzgacha yoʻl tutishga ruxsat bermagan boʻlsa.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni asosida 4-band bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
40-modda. Soliq toʻlovchilarning javobgarligi
1. Soliqlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish, ularni budjetga oʻz vaqtida toʻlash va soliq solish toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya qilish uchun masʼuliyat soliq toʻlovchilarga va ularning mansabdor shaxslariga yuklatiladi.
2. Ushbu Qonunda koʻzda tutilgan, soliq toʻlash uchun belgilab qoʻyilgan muddatda buxgalterlik hisobotlari va balanslariga, tegishli hisobot davri uchun belgilab qoʻyilgan nusxada hisob-kitoblarga ega boʻlmagan soliq toʻlovchilar oldingi hisobot davri uchun hisoblab chiqarilgan soliqning 110 foizi miqdorida soliq toʻlaydilar. Mazkur hujjatlar taqdim etilgandan keyin amalda olingan daromadga, soliq solinadigan oborotga va boshqa soliq solinadigan obyektlarga asoslangan holda soliq qaytadan hisoblab chiqiladi.
3. Soliq toʻlovchilar olingan daromad hisobga olib borilmaganligi yoki hisob belgilangan tartibni buzib olib borilganligi uchun, shuningdek soliq idoralariga hisobotlarni, hisob-kitoblarni hamda soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash uchun kerakli boshqa zarur hujjatlarni umuman yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganliklari uchun budjetga toʻlanishi kerak boʻlgan soliq miqdorlarining 10 foizi miqdorida jarima toʻlaydilar.
4. Daromad yashirib qolingan (kamaytirib koʻrsatilgan) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlar yashirilgan hollarda soliq toʻlovchilardan budjet daromadiga yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) daromadning toʻliq summasi yoki soliq solinadigan yashirilgan obyekt uchun soliq summasi, shuningdek oʻsha summa miqdorida jarima, tartib takror buzilgan hollarda esa — ikki baravar miqdorda jarima undirib olinadi. Yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) daromadning summalari, shuningdek soliq solinadigan boshqa obyektni yashirganlik uchun qoladigan daromad hisobidan budjetga toʻlanadi.
5. Erkin almashtiriladigan valyuta bilan olingan daromadni yashirib qolish, agar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, daromadlar summasini SSSR Davlat bankining maxsus kursi boʻyicha qayta hisoblashga sabab boʻladi. Yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) daromad, oborot soligʻi summasi, shuningdek, jarima soliq toʻlovchilar tomonidan soliq idoralarining mansabdor shaxslari tartibni buzish aniqlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni tuzganlaridan keyin 10 kun muddat ichida budjetga toʻlanishi kerak.
6. Ushub Qonunga muvofiq soliq toʻlovchi korxonalar boʻyicha yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) daromad hamda jarima summasi budjet daromadiga Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda oʻtkaziladi.
7. Daromadni yashirishda (kamaytirib koʻrsatishda) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni yashirishda, shuningdek buxgalterlik hisobi yuritilmasligida yo boʻlmasa uning belgilab qoʻyilgan tartibni buzgan holda yurilishida va buxgalterlik hisobotlarining buzilishida, buxgalterlik hisobotlari, balanslar, hisob-kitoblar hamda budjetga soliqlarni va boshqa toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni taqdim etmaslikda, oʻz vaqtida taqdim etmaslikda, aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarga soliq idoralari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda maʼmuriy jarima solinadi.
Daromadni ataylab yashirish (kamaytirib koʻrsatish) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni ataylab yashirish Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41-modda. Notoʻgʻri toʻlangan soliqlarni budjetga undirib olish va budjetdan qaytarib berish tartibi
1. Belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlarning summalari, shuningdek yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) daromad soligʻi summalari yoki soliq solinadigan boshqa yashirilgan obyekt uchun soliq summasi hamda daromadni yashirganlik (kamaytirib koʻrsatganlik) va soliq solinadigan obyektni yashirganlik uchun jarima soliqlar toʻlashdan bosh tortib yurilgan butun davr uchun soliq idoralarining koʻrsatmasiga muvofiq qatʼiy tarzda undirib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻz vaqtida toʻlanmagan soliq summasi kechiktirilgan har bir kun (toʻlangan kunni ham qoʻshib hisoblanganda) uchun toʻlanmagan qarz summasiga 0,2 foiz miqdorida penya qoʻshib hisoblab, budjetdan qarzdor boʻlingan butun davr uchun undirib olinadi.
(41-moddaning 1-bandining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Qonunning 37 va 38-moddalarida koʻrsatib oʻtilgan ajnabiy yuridik shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq summasi daromadlarni toʻlaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan budjetga oʻtkazilmagan taqdirda ajnabiy daromad oluvchiga qaysi davr uchun daromad toʻlaganligidan qatʼi nazar, budjet bilan hisob-kitob qilingandan keyin ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ixtiyorida qoladigan mablagʻlardan qatʼiy tarzda undirib olinadi.
3. Soliqlar notoʻgʻri hisoblab chiqilishi yoki undirib olish sohasida belgilab qoʻyilgan tartib buzilishi natijasida ortiqcha tushgan soliqlar boʻyicha toʻlovlar summasi qaytarib berilishi yoki, ular tushgan kundan boshlab bir yil muddat oʻtmagan boʻlsa, soliq toʻlovchidan olinishi kerak boʻlgan boshqa toʻlovlar oʻrniga oʻtkazilishi kerak.
Ortiqcha tushgan summani qaytarib berish haqida ariza topshirish mazkur muddat oʻtishini toʻxtatib qoʻyadi.
Notoʻgʻri toʻlangan soliqlarni budjetdan qaytarib berish notoʻgʻri toʻlov aniqlangandan avvalgi koʻpi bilan 1 yil uchun amalga oshiriladi.
42-modda. Soliq idoralarining nazorati
Soliq toʻgʻrisidagi qonunlarning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazoratni soliq idoralari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiradilar.
Korxonalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari soliq idoralari hamda ularning oʻz xizmat burchlarini bajarib turgan mansabdor shaxslarning ushbu Qonundan kelib chiqadigan talablari, koʻrsatmalari va farmoyishlarini bajarmasligi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.
43-modda. Soliq idoralari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish
1. Soliq idoralari mansabdor shaxslarining soliqlarni undirish chogʻidagi xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar ana shu shaxslar bevosita boʻysunadigan idoraga beriladi. Shikoyatlar shikoyat tushgan paytdan boshlab kechi bilan 30 kun muddat ichida koʻrib chiqiladi va ular yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.
Shikoyatlar yuzasidan chiqarilgan qarorlar xususida bir oy muddat ichida yuqori soliq idorasiga shikoyat qilinishi mumkin.
2. Soliq idoralari mansabdor shaxslarining maʼmuriy jazo berish borasidagi xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Shikoyat berilishi soliqlarning undirib olinishini toʻxtatib qoʻymaydi. Shikoyatni koʻrayotgan idora shikoyat hal qilingunga qadar soliqning tegishli summasini undirib olishni toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
44-modda. Ushbu Qonunni qoʻllashga oid yoʻriqnomalar
Ushbu Qonunni tatbiq etishga doir yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh davlat soliq boshqarmasi tomonidan birgalikda chiqariladi.
(X bob Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni asosida IX bob deb hisoblangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 15-fevral,
225-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 86-modda; 8-son, 191-modda; 1992-y., 1-son, 49-modda; 4-son, 177-modda; 9-son, 337-modda; 1993-y., 6-son, 266-modda; 6-son, 240-modda; 1994-y., 5-son, 159-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda; 1997-y., 9-son, 241-modda)