|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2009
|
| T/r | Tadbirlar nomi | Masʼullar | Bajarish muddati |
| I. Asosiy tashkiliy va tayyorgarlik tadbirlari | |||
| 1.1. | Quyidagilar: — mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar; — mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari oʻzlashtirishi uchun istiqbolli boʻlgan import qilinadigan tovarlar; — import qilinadigan tovarlarga oʻxshash tovarlar ishlab chiqarilishini oʻzlashtirish uchun ishlab chiqarish va texnologiya resurslariga ega boʻlgan korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Internet tarmogʻiga joylagan holda maʼlumotlar bazasini yaratish va doimiy ravishda yangilash |
Tashkiliy qoʻmita, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Aloqa va axborotlashtirish agentligi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi, korxonalar, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | Sayt ishini 2008-yil iyun oyidan boshlab ishga tushirish (har yili yangilash) |
| 1.2. | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga qatnashish uchun taqdim etiladigan buyurtmanoma shaklini va zarur hujjatlar roʻyxatini ishlab chiqish va ularni mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida tarqatish | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | 2008-yil 1-avgust |
| 1.3. | Mahsulot yetkazib berishga shartnomalar, shuningdek shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda tayyor mahsulotlarning yangi turlarini, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish yuzasidan bayonnoma-moʻljallar tuzish tartibini va shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | 2008-yil 1-may |
| 1.4. | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini oʻtkazish tadbirlarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar smetasini tasdiqlash | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzekspomarkaz” MMK” OAJ, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | 2008-yil 5-sentabr |
| 1.5. | Korxonalar, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, kichik biznes subyektlari va ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat boʻlgan Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi qatnashchilari roʻyxatini tuzish | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | 2008-yil 15-sentabr |
| 1.6. | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi boʻyicha taklifnomalar va materiallarni tayyorlash va joʻnatish | Tashkiliy qoʻmita, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | 2008-yil sentyabrdan boshlab |
| 1.7. | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi qatnashchilari boʻlgan korxonalarning stendlarini tayyorlash va ularning joylashtirilishini kelishish, stendlarni joylashtirish va rasmiylashtirish yuzasidan shartnomalar tuzish | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzekspomarkaz” MMK” OAJ, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | 2008-yil 5-sentabr |
| 1.8. | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini oʻtkazishning kundalik dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzekspomarkaz” MMK” OAJ, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | 2008-yil 1-oktabr |
| 1.9. | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini ochish va yopish marosimi ssenariysini tayyorlash, yarmarkani oʻtkazishning kundalik dasturini tasdiqlash | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzekspomarkaz” MMK” OAJ, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | 2008-yil 1-oktabr |
| 1.10. | Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning taqdimotlarini oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun taqdimotlar qatnashchilariga taqdim etish | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | 2008-yil 1-oktabr |
| 1.11. | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi qatnashchilari va ularga keluvchilarning sanoat korxonalariga borishi jadvallarini (Toshkent shahrida va uning atrofida) ishlab chiqish va kelishish | Tashkiliy qoʻmita, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, Savdo-sanoat pala�asi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Ichki ishlar vazirligi, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | 2008-yil 1-oktabr |
| 1.12. | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi qatnashchilari va ularga keluvchilarning sanoat korxonalariga borishini (Toshkent shahrida va uning atrofida) tashkil etish | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Ichki ishlar vazirligi, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini oʻtkazish vaqtida |
| 1.13. | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi oʻtishi davomida mahsulot yetkazib berishga tuzilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek ilgari import qilingan mahsulotlarni oʻzlashtirishga moʻljallar bayonnomalarini hisobga olish | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini oʻtkazish vaqtida |
| 1.14. | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini oʻtkazish davomida mahsulot yetkazib berishga tuzilgan shartnomalarni, shuningdek ilgari import qilingan mahsulotlarni oʻzlashtirishga moʻljallar bayonnomalarini tahlil qilish | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | Doimo |
| II. Koʻrgazma pavilonlarini tayyorlash va qatnashchilarni ularga joylashtirish | |||
| 2.1. | Qatnashchi korxonalar va tashkilotlarning koʻrgazmaga qoʻyiladigan mahsulotlari turlarini va stendlari eskizlarini ishlab chiqish hamda Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organiga taqdim etish | Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korxonalar, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining ishchi organi | 2008-yil 10-sentabr |
| 2.2. | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi qatnashchilarining koʻrgazmaga qoʻyiladigan mahsulotlari turlarini, stendlari eskizlarini va ularni joylashtirish rejasini kelishish | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | 2008-yil 15-sentabr |
| 2.3. | Tadbirlarni oʻtkazish uchun pavilonlar va majlislar zalini tayyorlash | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzekspomarkaz” MMK” OAJ, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi boshlanishidan bir hafta oldin |
| 2.4. | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi qatnashchilari stendlarini oʻrnatish va bezash | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi qatnashchilari boʻlgan korxonalar, “Oʻzekspomarkaz” MMK” OAJ, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi boshlanishidan 3 kun oldin |
| III. Asosiy tadbirlar oʻtadigan joylarni tayyorlash | |||
| 3.1. | Atrof hududni, pavilonlar va majlislar zalini obodonlashtirish | “Oʻzekspomarkaz” MMK” OAJ | Doimo |
| 3.2. | “Oʻzekspomarkaz” MMK” OAJ pavilonlari va majlislar zalining elektr taʼminoti, yoritish, konditsionerlashtirish tizimlarini tayyorlash | “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzekspomarkaz” MMK” OAJ, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi boshlanishidan bir hafta oldin |
| 3.3. | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi oʻtkaziladigan joylarda yongʻin xavfsizligi choralarini taʼminlash | “Oʻzekspomarkaz” MMK” OAJ, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boshqarmasi | Doimo |
| 3.4. | Sanoat korxonalariga borilgan vaqtda Toshkent shahrida va shahar atrofida transport harakati xavfsizligi choralarini taʼminlash | Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi | Korxonalarga borish vaqtida |
| 3.5. | Sanoat yarmarkasi ishlari davrida qatnashchilar, shartnomalar va bayonnoma-moʻljallarni roʻyxatga olish joylarini, shuningdek matbuot markazini tashkil etish, zarur asbob-uskunalar va infratuzilma bilan jihozlash (kompyuter, printer, nusxa koʻpaytirish asboblari, faks, Internet va hokazolar.) | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzekspomarkaz” MMK” OAJ, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi boshlanishidan bir hafta oldin |
| 3.6. | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi qatnashchilarining ovqatlanishini tashkil etish | “Oʻzekspomarkaz” MMK” OAJ | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini oʻtkazish davrida |
| 3.7. | Tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibi muhofaza qilinishini tashkil etish | Toshkent shahar IIBB | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini oʻtkazish davrida |
| IV. Tadbirlar oʻtkazilishini axborotlar bilan taʼminlash va ommaviy axborot vositalarida yoritish | |||
| 4.1. | “Oʻzbekiston Respublikasining sanoat mahsulotlari” katalogini tayyorlash, chiqarish va tarqatish | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | 2008-yil 1-oktabrgacha |
| 4.2. | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida (shu jumladan elektron OAVda), Toshkent shahri koʻchalarida rasmiylashtirish va joylashtirish | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | 2008-yil sentyabr oyidan boshlab doimo |
| 4.3. | Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot konferensiyalarini tashkil etish va oʻtkazish | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi boshlanishigacha va ularni oʻtkazish davrida |
| 4.4. | Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi oʻtkazilishini, uning maqsadi va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish | Tashqi iqtisodiy aloqalar, �nvestitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi | 2008-yil sentyabr-oktyabr |