toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2017
Hujjat 28.03.2008 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK AYRIMLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini taʼminlash va eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatida yangi unifikatsiyalangan Tovar nomenklaturasi (2007-yil versiyasi) qabul qilinganiga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoniga 1-ilovaga* muvofiq oʻzgartish kiritilsin.
Belgilansinki, ushbu oʻzgartishlar 2008-yilning 1-aprelidan kuchga kiradi.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlari va ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-mart,
PF-3982-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-martdagi PF-3982-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan farmonlari va ayrim qarorlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pilla mahsuloti eksportini tartibga solish toʻgʻrisida” 2000-yil 28-fevraldagi PF-2553-son Farmoni.
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-maydagi PF-3077-son Farmoni.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Teri, moʻyna xomashyosi va qorakoʻl eksportini tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 25-avgustdagi PF-2068-son Farmonining 2-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metallar parchalari va chiqindilari eksportini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi PF-2212-son Farmonining 1-bandidagi ikkinchi xatboshi va ilovasi.
5. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 2-avgustdagi PF-2677-son Farmonining 2-bandidagi uchinchi xatboshi va ilovasi.
6. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 18-iyuldagi PF-3625-son Farmoni ilovasining 2-bandi.
7. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-son Farmoni ilovasining 4-bandi.
8. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmon va qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-sentabrdagi PF-3800-son Farmoni ilovasining 1-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 95-modda)