1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.03 Eksport;
3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-martdagi PF-3982-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan
Xalqaro valyuta fondi bilan imzolangan iqtisodiy va moliyaviy siyosat to‘g‘risidagi Memorandumga muvofiq hamda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, tashqi iqtisodiy sohada va bank tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida:
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 29-sentabrdagi PF-3664-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 39-son, 295-modda)
2. “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmoni 4-ilovasidagi “6. Quruq sut (Tashqi iqtisodiy faoliyat TN bo‘yicha kodi — 0402 10 — 0402 21)”, “7. Choy xom-ashyosi, choy (0902)” va “9. Etil spirti (2207)” satrlari chiqarib tashlansin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘.T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 20-may,
PF-3077-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 95-modda, 2005-y., 39-son, 295-modda)