toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRINING
BUYRUGʻI
UMUMIY OʻRTA TAʼLIM OLUVCHILARNING YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 20-martda 1778-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida, buyuraman:
1. Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri T. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 4-mart,
56-son
Xalq taʼlimi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini (bundan buyon matnda yakuniy attestatsiya deb yuritiladi) oʻtkazish jarayonini tartibga soladi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining (bundan keyingi oʻrinlarda maktab deb yuritiladi) bitiruvchilari uchun umumiy oʻrta taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgandan keyin yakuniy attestatsiyadan oʻtish majburiydir, mazkur Nizomning III-boʻlimida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
3. Maktab bitiruvchilarining bilimi, malaka va koʻnikmalariga qoʻyilgan talablarning bajarilishi boʻyicha yakuniy attestatsiya yozma, ogʻzaki yoki test usulida har bir fanning amaldagi oʻquv dasturi asosida oʻquv yilining yakuni boʻyicha oʻtkaziladi.
4. Taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yoki bitta oʻquv fanidan qoniqarsiz baholangan (ushbu fan boʻyicha yakuniy attestatsiyadan oʻtish sharti bilan) bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qoʻyiladilar.
5. Shartnoma asosida maktablarda tahsil olayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yakuniy attestatsiyaga mazkur Nizomning 4-bandi asosida qoʻyiladilar.
II. Yakuniy attestatsiyani oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
6. Bitiruvchi sinflarda yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati, shakli va muddatlari har oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda, ushbu roʻyxatga taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan maktablar uchun davlat tili majburiy fanlar blokiga kiritiladi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi doirasida 11-sinf bitiruvchilari majburiy hamda tanlov fanlari boʻyicha yakuniy attestatsiyadan oʻtkaziladi. Bunda, tanlov fanlari roʻyxatidan bitiruvchi oliy taʼlim tashkilotiga kirish imtihonidagi oʻzi tanlagan yoʻnalishga mos fanlarni tanlashi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Bitiruvchi sinflar uchun yakuniy attestatsiya materiallari (yozma ish yoki insho mavzulari, matematika boʻyicha topshiriqlar, ogʻzaki imtihon biletlari, test topshiriqlari) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tayyorlanib, ekspertizadan oʻtkazilib, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi qoshidagi Respublika taʼlim markazi tomonidan tasdiqlanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida pedagogik kengashning qarori bilan tegishli fandan qoʻshimcha yakuniy attestatsiya kiritilishi mumkin. Imtihon biletlari, test topshiriqlari maktab metodik birlashmalari tomonidan tayyorlanadi va maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
8. Maktab bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasini shu maktab pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan yakuniy attestatsiya komissiyasi muvofiqlashtiradi.
9. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish va oʻtkazish uchun barcha javobgarlik maktab yakuniy attestatsiya komissiya raisi zimmasida boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan har bir fandan maktab direktorining buyrugʻi bilan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda yakuniy attestatsiya komissiyasi deb yuritiladi) quyidagi tarkibda tayinlanadi:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
oʻquv fani boʻyicha yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi — maktab direktori, uning oʻrinbosari yoki maktab oʻqituvchisi;
sinfda mazkur fandan dars bergan oʻqituvchi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli fan yoki unga yaqin boʻlgan fan oʻqituvchisidan bitta assistent;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli fan boʻyicha yakuniy attestatsiyani tashkil etish va uni oʻtkazish boʻyicha javobgarlik mazkur fan boʻyicha tuzilgan yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi zimmasiga yuklatiladi;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan fandan dars bergan oʻqituvchi shu sinfga yakuniy attestatsiya komissiyasining raisi boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakuniy attestatsiyada kuzatuv kengashi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari mazkur Nizom talablarining bajarilishini nazorat qiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻquv fani boʻyicha yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolarining vazifalari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
13. Yakuniy attestatsiya maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida oʻtkaziladi. Jadval yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin koʻrinadigan joyga osib qoʻyiladi.
Yakuniy attestatsiya jadvalini tuzishda quyidagilarga eʼtibor beriladi:
oʻquv fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya oraligʻi ikki kundan kam boʻlmasligi kerak;
jismoniy tarbiya fanidan avval amaliy, keyin nazariy yakuniy attestatsiya oʻtkaziladi.
14. Yakuniy attestatsiya uchun maktabda keng va yorugʻ xonalar ajratiladi.
Yozma yakuniy attestatsiya vaqtida bitiruvchilar partalar (stollar)ga bittadan oʻtqaziladi.
15. Barcha maktablarda yakuniy attestatsiya ertalab soat 8.00 dan boshlanadi.
Ogʻzaki yakuniy attestatsiyadan oʻtishda bitiruvchilarning soni 20 nafardan ortiq boʻlsa, yakuniy attestatsiya ikki guruhda ketma-ket bir kunda oʻtkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Bitiruvchilarga yozma va ogʻzaki yakuniy attestatsiyada foydalanish uchun maktab shtampi tushirilgan toza varaqlar beriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Ona tili va adabiyot fanidan yoziladigan yozma ish yoki insho mavzulari hamda matematikadan topshiriqlarni tanlash, yakuniy attestatsiya boshlanishidan oldin, barchaning ishtirokida topshiriq raqami solingan konvertni tanlab olish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Yozma ish yoki insho mavzusi va matematikadan topshiriqlar sinf doskasiga aniq, tushunarli holda yozib qoʻyiladi (topshiriqlar har bir bitiruvchiga alohida variant sifatida berilmagan hollarda).
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ona tili va adabiyot fanidan yakuniy attestatsiyada yozma ish yoki insho yozish davrida bitiruvchilarga yakuniy attestatsiya komissiyasining roziligi bilan yozayotgan yozma ish yoki insholariga kiritiladigan parchalarni, ayrim matnlarni aniqlab olishlari uchun badiiy adabiyotlardan foydalanishlariga ruxsat etiladi. Mavzu mazmunini talqin etuvchi manbalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Boshqa fanlardan yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan paytida bitiruvchilar xarita, globus, turli jadvallar, chizmalar, mulyaj, gerbariylar, preparatlar, laboratoriya asbob-uskunalari va boshqa vositalardan foydalanishlariga ruxsat beriladi.
19. Yozma ishlarni bajarish paytida bitiruvchilar ehtiyoj tufayli 5—10 daqiqaga sinfdan tashqariga chiqishlariga ruxsat beriladi. Bunday hollarda bitiruvchi yozma ishini yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolariga topshirib ketadi. Yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan esa yozma ishga bitiruvchining qancha muddatda sinfdan tashqarida boʻlganligi belgilab qoʻyiladi.
20. Bitiruvchi oʻz ishining xomaki nusxasini yozma ish bilan birga yakuniy attestatsiya komissiyasiga topshiradi. Belgilangan vaqtda yozma ishni tugallay olmagan bitiruvchilar uni tugatmagan holda topshiradilar.
21. Yakuniy attestatsiya tugaganidan soʻng yozma ishlar yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan shifrlanadi va komissiya aʼzolari ularni maktabdan chiqmagan holda tekshiradilar. Tekshirib ulgurilmagan yozma ishlar saqlash uchun maktab direktoriga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bitiruvchilarning “2” va “5” bilan baholangan yozma ishlari, insholari va matematika boʻyicha yozma ishlariga imtihon komissiyasi aʼzolari tomonidan taqriz yoziladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Bitiruvchi tomonidan yozilgan yozma ish yoki insho uchun ikkita baho qoʻyiladi:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
birinchisi (suratda) adabiyotdan mavzu mazmuni uchun;
ikkinchisi (maxrajida) ona tilidan savodxonligi uchun.
Ushbu baholar adabiyot va ona tili fanlariga yakuniy attestatsiya bahosi sifatida qoʻyiladi hamda shu fanlardan yakuniy baho chiqarishda asos boʻladi.
23. Yozma ishlarning baholari navbatdagi yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan kunga qadar eʼlon qilinadi.
24. Maktabni “aʼlo” darajali shahodatnoma bilan bitirishga daʼvogarlik qilayotgan bitiruvchilarning yozma ishlarini imtihon komissiyasi aʼzolari yakuniy attestatsiya yakunlangan kun davomida tekshirib, baholaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Bitiruvchilarga ona tilidan yozma ish yozish uchun 3 astronomik soat (insho yozish uchun 4 astronomik soat), matematikadan yozma ish uchun 3 astronomik soat, test-sinov topshiriqlari berilishi koʻzda tutilgan boʻlsa, ularni bajarishga ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha har bir test savoli uchun 2 daqiqa, aniq fanlar boʻyicha har bir test savoli uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Bitiruvchilarga ogʻzaki yakuniy attestatsiyada olgan topshiriqlari boʻyicha tayyorlanish uchun 15—20 daqiqa vaqt beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolari bitiruvchining javoblarini diqqat bilan boʻlmasdan tinglaydilar. Bitiruvchiga biletda qoʻyilgan topshiriqlar doirasida qoʻshimcha savollar berilishi mumkin.
Bilet savoliga javob bera olmagan bitiruvchiga yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan ikkinchi marotaba bilet olishga ruxsat beriladi. Bitiruvchi olgan ikkinchi biletga ham javob bera olmasa, unga yakuniy attestatsiyaning bahosi sifatida “qoniqarsiz” baho qoʻyiladi va uchinchi marotaba bilet olishga ruxsat berilmaydi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
27. Bitiruvchilarning ogʻzaki yakuniy attestatsiyada olgan baholari shu sinfda yakuniy attestatsiya yakunlanishi bilanoq ularga maʼlum qilinadi.
28. Bitiruvchi ogʻzaki yoki yozma yakuniy attestatsiyani topshirish jarayonida belgilangan tartibni buzgan taqdirda, u yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinadi. Bitiruvchi yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinganda yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan bu haqda yakuniy attestatsiya bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.
Maktab pedagogik kengashining qarori asosida unga yakuniy attestatsiya tugagan kundan keyin ikki hafta oʻtgach mazkur fandan qayta yakuniy attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilishi mumkin.
29. Har bir fan boʻyicha ogʻzaki yoki yozma yakuniy attestatsiya oʻtkazilgach, yakuniy attestatsiya komissiyasi barcha bitiruvchilarga yillik va yakuniy attestatsiya baholari asosida yakuniy baholarni qoʻyadilar. Bunda, bitiruvchining yillik va yakuniy attestatsiya bahosining oʻrtachasi olinib yaxlitlanadi. Yakuniy attestatsiyada “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchiga “qoniqarli” yakuniy baho qoʻyilmaydi.
Yakuniy attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarning baholarini yakuniy attestatsiya bayonnomasiga kiritadi. Yakuniy attestatsiya bayonnomasi ushbu fan boʻyicha belgilangan yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi.
30. Bitiruvchilarga yozma yoki ogʻzaki yakuniy attestatsiya boʻyicha baho qoʻyish yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolari oʻrtasida ovozga qoʻyish asosida hal etiladi.
Ovozlar teng boʻlgan hollarda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolarining alohida fikrlari yakuniy attestatsiya bayonnomasiga kiritiladi.
31. Tibbiy muassasalarda davolangan bitiruvchi sinf oʻquvchilariga yakuniy baho qoʻyishda shifoxona qoshida tashkil etilgan maktab tomonidan qoʻyilgan baholar inobatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Yakuniy attestatsiyada olgan bahosiga eʼtiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini koʻrib chiqish uchun tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarida apellyatsiya komissiyalari tuziladi.
Yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan tekshirilgan yozma ish bilan tanishish muddati va tartibi hamda apellyatsiya komissiyaning ish muddati va tartibi, uning tarkibi hamda vakolatlari tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan buyruq bilan rasmiylashtiriladi va bitiruvchilar, ularning ota-onalari, oʻqituvchilar va maktab direktorlari eʼtiboriga yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin yetkaziladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Yakuniy attestatsiyada olgan bahosidan eʼtirozi boʻlgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiya baholari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch kun muddat ichida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari qoshida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Chet elda taʼlim olgan (ota-onasi xorijda ishlagan davrda yoxud turli tanlovlar yoki chet mamlakatlarning grantlari hisobidan xorijda taʼlim olgan) bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyaga qoʻyish masalasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Bitiruvchiga chet mamlakatlarda berilgan umumiy oʻrta taʼlim hujjati Oʻzbekiston Respublikasida beriladigan shahodatnoma oʻrnini bosa olmasa, yaʼni bitiruvchi maʼlum bir fanlar yoʻnalishidagina taʼlim olib kelgan boʻlsa, u umumiy tartibda yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. Bunday hollarda bitiruvchi oʻziga berilgan hujjatda koʻrsatilgan fanlardan boshqa barcha fanlar boʻyicha yakuniy attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Bitiruvchiga yakuniy bahoni qoʻyishda uning avvalgi sinflarda olgan baholari ham inobatga olinadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
35. Bir yoki ikki fandan oʻtkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta oʻtgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan oʻtish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta oʻqishga qoldiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
III. Bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyadan ozod etish
Oldingi tahrirga qarang.
37. Fanlarni ijobiy oʻzlashtirayotgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiyadan tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari buyruqlari asosida quyidagi hollarda qisman yoki butunlay ozod etiladilar:
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq tasdiqlangan yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish mumkin boʻlgan kasalliklarga asosan;
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
xalqaro va respublika miqyosida oʻtkaziladigan fan olimpiadalarida, sport musobaqalarida, turli koʻrik-tanlovlarida bitiruvchilarning ishtiroki bevosita yakuniy attestatsiya davriga toʻgʻri kelsa. Bunda bitiruvchi shu kunlardagi yakuniy attestatsiyadan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijiy tillar hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchi yakuniy attestatsiya topshiriladigan fandan ozod etiladi. Bunda, xorijiy tillar hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Bitiruvchi yillik ijobiy baholarga ega boʻlgan holda sogʻligʻi tufayli yakuniy attestatsiyadan ozod etilgan taqdirda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari quyidagi hujjatlarga asoslangan holda buyruq qabul qiladi:
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
maktab joylashgan hududdagi davolanish muassasasi tibbiy-nazorat komissiyasining maktab shifokori, qishloq joylarda esa tuman bosh pediatri bilan kelishgan holdagi tibbiy xulosalari;
maktab pedagogika kengashining qarori va direktorning rasmiy xati, oʻzlashtirish tabeli (ushbu koʻrsatilgan hujjatlar direktor imzosi va maktab muhri bilan tasdiqlanadi).
Oldingi tahrirga qarang.
(38-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Bitiruvchilarning yashash joyi oʻzgarishi (Respublikadan tashqariga chiqish) munosabati bilan shu holatni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlari boʻlsa, (bu holat mart-aprel-may oylarida yuzaga kelsa) bunday bitiruvchilarga yakuniy attestatsiyadan muddatidan ilgari oʻtishlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalarining buyrugʻi bilan ruxsat beriladi.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday hollarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan fanlardan yakuniy attestatsiya, qolgan fanlardan esa sinovlar mazkur Nizom talablari asosida oʻtkaziladi. Yakuniy attestatsiya va sinovlar maktab direktori tuzgan muvaqqat yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan va u tasdiqlagan jadval asosida oʻtkaziladi.
(39-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
40. Yakuniy attestatsiya davrida kasal boʻlgan va yakuniy attestatsiya jarayoni tugashigacha tuzalib kelgan bitiruvchilar maktab direktorining buyrugʻiga koʻra qoldirilgan fanlardan yakuniy attestatsiya tugagandan soʻng ikki hafta oʻtgach yakuniy attestatsiyadan oʻtadilar.
Oʻquvchilarning salomatligi boʻyicha jismoniy tarbiya mashgʻulotlaridan ozod etilishlari, ularning maktabni bitirishlariga taʼsir koʻrsatmaydi.
IV. Yakuniy qoidalar
41. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari, Jinoyat kodeksining XV bobi.
42. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-fevral
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Bitiruvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi kasalliklar
ROʻYXATI

T/r

Kasallik shifri

Kasallikning nomi

1.

A01

Tif (terlama) va paratif

2.

A05.01

Botulizm

3.

A15 — 19

Sil kasalligi (oʻpkada va boshqa aʼzolarda tez rivojlanib boruvchi)

4.

A23

Brutsellyoz

5.

A39

Meningokokli infeksiya

6.

A80

Poliomelit (jiddiy asoratlari qolgan taqdirda)

7.

A87

G00.8

Markaziy nerv sistemasining yalligʻlanish kasalliklari (virusli meningit)

8.

V15, V17.2

Oʻtkir gepatit A, E

9.

V16, V17.0, V17.1

Oʻtkir gepatit V, S, D

10.

V18

Surunkali virusli gepatitlar (ogʻirturlari)

11.

V20 — V24

Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) keltirib chiqaradigan kasalliklar (3-4-klinik bosqichi)

12.

S00 — S97

Xavfli oʻsmalar

13.

D50 — D69

Kamqonlik (ogʻir shakli)

Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari:

gemofiliya (oʻrtacha va ogʻir shakli);

turlicha boʻlgan anemiyalarning ogʻir shakli;

orttirilgan kamqonliklar;

kapillyarotoksikoz;

idiopatik trombotsitopenik purpura;

trombotsitopatiya (ogʻir turlari);

Villibrand kasalligi va boshqa gemostaz buzilishi bilan bogʻliq kasalliklar;

Oʻtkir va surunkalileykozlarning hamma turlari;

Nasliy gemolitik kam qonliklarning hamma turlari

14.

E10 — E14

Qandli diabet

15.

E23.2

Qandsiz diabet

16.

E05

Tireotoksikoz (oʻrtacha va ogʻir darajasi)

17.

E00 — E03.9

Qalqonsimon bez kasalliklari, gipotireoz (ogʻir darajasi)

18.

E21

Giperparatireoz va qalqonsimon oldi bezning boshqa buzilishlari (ogʻir darajasi)

19.

E84

Mukovissidoz, aralash shakli, ogʻir turi

20

F00 — F09

Organik, simptomatik buzilishlarni qamrab olgan ruhiy kasalliklar

21.

F20 — F39

Shizofreniya va kelib chiqishi turlicha boʻlgan oʻtkir ruhiy kasalliklar

22.

F40 — F48.9

Stress asoratlari va nevrologik buzilishlar: nevrozlar, nevroz sifat holatlar, reaktiv holatlarning oʻtkir va ruhiy muvozanati buzilgan davri, qattiq duduqlanish

23.

G93

Bosh miyaning shikastlanishlari

24.

G40 — G41

Epilepsiya. Epileptik status

25.

G90

Vegetativ nerv sistemasi buzilishlari: angiospazm, qon tomirlar faoliyati tangligi, hushdan ketish va boshqa ogʻir koʻrinishlari bilan kechadigan yaqqol vegetativ buzilishlarning shakllari

26.

N52

Refraksiya va akkomodatsiyaning buzilishlari. Koʻz tubida distrofik oʻzgarishlar yuz berishibilan tez rivojlanib boruvchi koʻrish ojizligi

27.

N30 — N36

Toʻr (tomirli) parda kasalliklari

28.

N46 — N48

Koʻrish nervi va koʻrish yoʻllari kasalliklari

29.

N40 — N42

Glaukoma

30.

I00 — I02

Oʻtkir revmatoid isitma

31.

I10 — I15

Qon bosimi oshishi bilan xarakterlanuvchi kasalliklar

32.

I05 — I09

Yurak surunkali revmatik kasalliklari

33.

Q20 — 25

Qon aylanish sistemasi tugʻma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari)

34.

J44

Boshqa surunkali obstruktiv oʻpka kasalliklari

35.

J45

Astma

36.

J47

Bronxoektatik kasallik

37.

J90 — K94

Plevrit

38.

K25 — K26

Oshqozon va oʻnikki barmoqli ichak yarasi

39.

K35

Koʻrichak (operatsiyadan soʻng)

40.

K40 — K46

Churra (operatsiyadan soʻng)

41

K51

Nospetsifik yarali kolit (zoʻriqish davri)

42.

K56

Paralitik ileus va churrasiz ichak tutilishi

43.

K50

Kron kasalligi

44.

K74.6

Jigar sirrozi (dekompensatsiya davri)

45.

№ 00, № 01

Oʻtkir diffuzli glomerulonefrit

46.

№ 03

Surunkali nefritlar

47.

№ 11

Siydikda jiddiy oʻzgarishlar bilan qaytalab turadigan piyelonefrit (buyraklar faoliyatining saqlanishi)

48.

№ 11

Siydikda jiddiy oʻzgarishlar bilan qaytalab turadigan piyelonefrit (buyraklar funksiyasining buzilishi)

49.

L20, L23, L25 — L27

Ekzema (yoyilib ketganda) vaneyrodermatit (yaqqol koʻrinib turganda)

50.

Q80

Tugʻma ixtioz

51.

L53

Boshqa eritematoz holatlar

52.

M30 — M36

Biriktiruvchi toʻqima sistema shikastlanishlari

53.

M05 — M14

Yalligʻlanish poliartropatiyalari

54.

S50 — S59

Tirsak va bilak-kaft usti jarohatlari

55.

S60 — S69

Bilak-kaft usti va qoʻl panjasi jarohatlari

56.

S80 — S89

Tizza va boldir jarohatlari

57.

S90 — S99

Oshiq-boldir boʻgʻimi va oyoq kafti sohasi jarohatlari

58.

S00 — S05, S12, S22, S32 — S33

Bosh suyagi, umurtqa va bel suyagining sinishi

59.

A36 — 38, B01, V05, V06, V26, V27

Bolalarning yuqumli kasalliklari

Izoh: mazkur Roʻyxatda belgilangan kasalliklar oʻquvchilarni sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlaridan ozod qilishda ham tatbiq etiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 78-modda; 2015-y., 3-son, 36-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/1778-3/0072-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)