1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qo‘yiladigan talablar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hududiy sog‘liqni saqlash muassasalarining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda hududiy sog‘liqni saqlash muassasalarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, aholiga, ayniqsa qishloq joylarda yashovchi aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi to‘g‘risidagi Nizom va uning tuzilmasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi to‘g‘risidagi Nizom va uning tuzilmasi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
Viloyat tibbiy diagnostika markazi to‘g‘risidagi Nizom va uning tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq;
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi to‘g‘risidagi Nizom va uning tuzilmasi 4 va 4a-ilovalarga muvofiq;
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 G‘aznachilik;
4.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va ta’minoti]
2. Quyidagi tartib belgilansin, unga ko‘ra:
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining faoliyati aralash tarzda — Davlat budjeti mablag‘lari, o‘z daromadlari va jalb qilinadigan manbalar (grantlar, homiylik mablag‘lari va boshqalar) hisobiga moliyalashtiriladi;
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va ta’minoti]
Viloyat tibbiy diagnostika markazining faoliyati pulli konsultatsiya-diagnostika xizmatlari ko‘rsatishdan olinadigan o‘z daromadlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi va qishloq vrachlik punktlarining faoliyati Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Bunda budjet mablag‘lari markazlarga belgilangan tartibda ajratiladi, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining aholining imtiyozga ega bo‘lgan toifalariga tibbiy yordam ko‘rsatish, markazlarni asbob-uskunalar va texnika bilan jihozlash, shuningdek budjet mablag‘lari hisobiga mukammal ta’mirlash xarajatlariga haq to‘lash esa O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qo‘yiladigan talablar]
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini, viloyat tibbiy diagnostika markazlarini, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini va qishloq vrachlik punktlarini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy, moliyaviy va boshqa tadbirlar bajarilishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
markazlar faoliyati monitoringini tizimli asosda olib borsin va mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etsin;
tarmoqni rivojlantirish respublika dasturlarida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot va diagnostika markazlarining faoliyatini tashkil etish va ularni moddiy-texnik jihatdan jihozlash, markazlarni rivojlantirishga investitsiyalar, grantlar va moliyalashtirishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarini jalb etish chora-tadbirlarini ustuvor asosda nazarda tutsin;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
markazlar faoliyati aniq muvofiqlashtirilishini va ular tomonidan diagnostika va bemorlarni davolashning yagona standartlariga rioya qilinishi, davolash-profilaktika muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiyot texnologiyalari, boshqarishning iqtisodiy metodlari, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning ilg‘or tashkiliy shakllari va usullari joriy etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida har chorakda, chorakdan keyingi oyning 10-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 18-mart,
48-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-son qaroriga 1-ILOVA
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qo‘yiladigan talablar;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga muvofiq faoliyat ko‘rsatib turgan viloyat kasalxonalari va ayrim ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari bazasida tashkil etiladi hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan statsionar, ambulatoriya konsultativ-diagnostika tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasasi hisoblanadi.
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, o‘z nomi yozilgan muhrga, shuningdek o‘zining faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa atributlarga ega bo‘ladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Markaz tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun klinik, o‘quv bazasi hisoblanadi.
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi o‘z munosabatlarini Markazning maqsadi va faoliyatiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
5. Ushbu Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga ham tatbiq etiladi.
II. Markazning maqsadi va vazifalari
6. Quyidagilar markazni tashkil etish va uning faoliyati maqsadi hisoblanadi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
aholining kasalliklarning asosiy yo‘nalishlari (rejali xirurgiya, terapiya, kardiologiya, otorinolaringologiya va boshqalar) bo‘yicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali diagnostika, davolash va profilaktika tibbiy yordami ko‘rsatishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
viloyat tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning zamonaviy metodlari va texnologiyalari joriy etilishini metodik ta’minlash.
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bemorlarni tekshirish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsultativ yordam ko‘rsatish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
bemorlarga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan klinik standartlarga muvofiq yuqori malakali ixtisoslashtirilgan statsionar yordam ko‘rsatish;
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari mutaxassislariga konsultativ va tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatish;
ma’muriy hudud davolash-profilaktika muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiy texnologiyalarni va boshqarishning iqtisodiy metodlarini joriy etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
tibbiyot xodimlarini va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qatnashish;
tibbiyot muassasalarida davolash-profilaktika jarayoni sifatini ekspertizadan o‘tkazish;
aholining umumiy kasallanishi va o‘limini, mehnatga qobiliyatini yo‘qotgan holda kasallanishini, nogironligini o‘rganish;
tibbiy yordamni rivojlantirish maqsadli dasturlarini shartnoma asosida ishlab chiqish va amalga oshirish.
8. Belgilangan maqsadlarga erishish va yuklangan vazifalarni bajarish uchun Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
o‘zining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, kreditlarni, qarz mablag‘larni, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb qilish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
budjet mablag‘lari va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga Davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha hamkorlik / 19.03.04.00 Sog‘liqni saqlash bo‘yicha bitimlar]
qonunchilikka va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirish;
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
qonunchilikka, Markaz faoliyati maqsadlariga va faoliyati predmetiga zid bo‘lmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9. Markaz ko‘rsatiladigan pulli tibbiy xizmatlarning, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlariga tariflar va narxlarni mustaqil ravishda, Sog‘liqni saqlash vazirligi va tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda belgilashga haqli.
10. Markaz:
aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishi:
tekin asosda — davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj, imtiyozga ega bo‘lgan shaxslarga (ushbu Nizomga ilova), shuningdek ambulatoriya yordami ko‘rsatishi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam ko‘rsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish]
pulli asosda (qonunda belgilangan hollarda — tekin asosda) — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga (mazkur bandning uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan shaxslardan tashqari), shuningdek xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishi;
diagnostika va davolashning tasdiqlangan standartlariga muvofiq tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlashi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
muntazam ravishda Markaz xodimlarini hamda viloyat davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlashi va ularning malakasini oshirishi;
ilg‘or tibbiyot muassasalarining ish tajribasini o‘rganishi, umumlashtirishi va ommalashtirishi;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar]
Markaz xodimlariga qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash, texnika xavfsizligi, ijtimoiy ta’minot va muayyan ijtimoiy muhofaza shartlarini kafolatlashi;
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlashi va rivojlantirishi;
mol-mulkdan belgilangan maqsadlarda foydalanishi, ularning saqlanishini ta’minlashi;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya va statistika hisobini, hisobotni yuritishi shart.
(10-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Markaz tuzilmasi va uning faoliyatini boshqarish
* Zaruriyat bo‘lganda Markaz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tasdiqlash uchun Markazning tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
12. Markazga rahbarlikni tegishli ma’muriy hudud hokimining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh vrach amalga oshiradi.
13. Bosh vrach o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi. Markaz bosh vrachining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri bilan kelishgan holda Markaz bosh vrachi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
14. Markaz bosh vrachi belgilangan tartibda Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ishlarni tashkillashtiradi, Markaz nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi, Markaz mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisob raqamlari ochadi, moliyaviy mablag‘larni tasarruf etish huquqidan foydalanadi, shtatlarni tasdiqlaydi, buyruqlar chiqaradi va Markaz faoliyatining natijalari uchun shaxsan javob beradi.
15. Markaz bosh vrachi bo‘lmagan hollarda uning vazifalarini sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organi bilan kelishgan holda uning o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
16. Markazning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Markaz faoliyatining maqsadlariga muvofiq o‘z mol-mulkiga egalik qiladi, ulardan foydalanadi va ularni tasarruf etadi, bunda budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
18. Markazning mol-mulki asosiy vositalar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat bo‘ladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar]
19. Markaz vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni shartnoma asosida, tushgan mablag‘lardan Markazni rivojlantirish uchun foydalangan holda ijaraga berish, shuningdek asbob-uskunalarni va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda balansdan chiqarish huquqiga ega.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
20. Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Markazni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va ta’minoti]
21. Markazni moliyalashtirish aralash tarzda — Davlat budjeti mablag‘lari (tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda) Markazning o‘z daromadlari va jalb qilinadigan manbalar (grantlar, homiylik mablag‘lari va boshqalar) hisobiga amalga oshiriladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Bunda budjet mablag‘lari Markazga belgilangan tartibda ajratiladi, aholining imtiyozga ega bo‘lgan toifalariga tibbiy yordam ko‘rsatish, markazlarni asbob-uskunalar va texnika bilan jihozlash, shuningdek budjet mablag‘lari hisobiga mukammal ta’mirlash xarajatlariga haq to‘lash esa G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari orqali amalga oshiriladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
22. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, ularni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va kelishilgan ro‘yxat bo‘yicha ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
23. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sog‘liqni saqlash, soliq va moliya organlari, ular vakolatlari doirasida boshqa davlat organlari, shuningdek auditorlik tashkilotlari tomonidan, ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VII. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
24. Markaz davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi.
25. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi to‘g‘risidagi Nizomga ILOVA
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
4. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
5. 1941—1945-yillardagi urush davrida mehnat fronti qatnashchilari.
7. Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
9. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning a’zolari.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
10. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga chalingan shaxslar.
11. Chaqiruv komissiyalari yo‘llanmalari bo‘yicha 15—17 yoshdagi o‘smirlar va chaqiriq yoshidagi (18—27 yoshar) shaxslar.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-son qaroriga 1a-ILOVA
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-son qaroriga 2-ILOVA
Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qo‘yiladigan talablar]
Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga muvofiq faoliyat ko‘rsatib turgan viloyat bolalar kasalxonalari bazasida tashkil etiladi hamda bolalarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan statsionar, ambulatoriya konsultativ-diagnostika xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasasi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, o‘z nomi yozilgan muhrga, shuningdek o‘zining faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa atributlarga ega bo‘ladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Markaz tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun klinik, o‘quv bazasi hisoblanadi.
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi o‘z munosabatlarini Markazning maqsadi va faoliyatiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Ushbu Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga ham tatbiq etiladi.
II. Markazning maqsadi va vazifalari
6. Quyidagilar markazni tashkil etish va uning faoliyati maqsadi hisoblanadi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
bolalarning kasalliklarning asosiy yo‘nalishlari (rejali xirurgiya, pediatriya, kardiorevmatologiya, otolaringologiya va boshqalar) bo‘yicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali diagnostika, davolash va profilaktika tibbiy yordami ko‘rsatishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
viloyat bolalar tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning zamonaviy metodlari va texnologiyalari joriy etilishini metodik ta’minlash.
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarni tekshirish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsultativ yordam ko‘rsatish;
bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga muvofiq yuqori malakali ixtisoslashtirilgan statsionar yordam ko‘rsatish;
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari mutaxassislariga konsultativ va tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatish;
ma’muriy hudud davolash-profilaktika muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiy texnologiyalarni va boshqarishning iqtisodiy metodlarini joriy etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qatnashish;
tibbiyot muassasalarida davolash-profilaktika jarayoni sifatini ekspertizadan o‘tkazish;
aholining umumiy kasallanishi va o‘limini, mehnatga qobiliyatini yo‘qotgan holda kasallanishini, nogironligini o‘rganish;
tibbiy yordamni rivojlantirish maqsadli dasturlarini shartnoma asosida ishlab chiqish va bajarish.
8. Belgilangan maqsadlarga erishish va yuklangan vazifalarni bajarish uchun Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
o‘zining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, kreditlarni, qarz mablag‘larni, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb qilish;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
budjet mablag‘lari va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda belgilash;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
bolalar kasalliklari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga Davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha hamkorlik / 19.03.04.00 Sog‘liqni saqlash bo‘yicha bitimlar]
qonunchilikka va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirish;
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
qonunchilikka, Markaz maqsadlariga va faoliyati predmetiga zid bo‘lmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9. Markaz ko‘rsatiladigan pulli tibbiy xizmatlarning, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlariga tariflar va narxlarni mustaqil ravishda, Sog‘liqni saqlash vazirligi va tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda belgilashga haqli.
10. Markaz:
tekin asosda — bolalarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam ko‘rsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish]
pulli asosda (qonunda belgilangan hollarda — tekin asosda) — xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishi;
diagnostika va davolashning tasdiqlangan standartlariga muvofiq tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlashi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
Markaz xodimlarini hamda viloyat davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlashi va ularning malakasini oshirishi;
ilg‘or tibbiyot muassasalarining ish tajribasini o‘rganishi, umumlashtirishi va ommalashtirishi;
Markaz xodimlariga qonunchiliklf nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash, texnika xavfsizligi, ijtimoiy ta’minot va muayyan ijtimoiy muhofaza shartlarini kafolatlashi;
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlashi va rivojlantirishi;
mol-mulkdan belgilangan maqsadlarda foydalanishi, ularning saqlanishini ta’minlashi;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya va statistika hisobini, hisobotni yuritishi shart.
(10-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Markaz tuzilmasi va uning faoliyatini boshqarish
* Zaruriyat bo‘lganda Markaz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tasdiqlash uchun Markazning tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
12. Markazga rahbarlikni tegishli ma’muriy hudud hokimining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh vrach amalga oshiradi.
13. Bosh vrach o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi. Markaz bosh vrachining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri bilan kelishgan holda Markaz bosh vrachi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
14. Markaz bosh vrachi belgilangan tartibda Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ishlarni tashkillashtiradi, Markaz nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi, Markaz mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisob raqamlari ochadi, moliyaviy mablag‘larni tasarruf etish huquqidan foydalanadi, shtatlarni tasdiqlaydi, buyruqlar chiqaradi va Markaz faoliyatining natijalari uchun shaxsan javob beradi.
15. Markaz bosh vrachi bo‘lmagan hollarda uning vazifalarini sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organi bilan kelishgan holda uning o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
16. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Markaz faoliyatining maqsadlariga muvofiq o‘z mol-mulkiga egalik qiladi, ulardan foydalanadi va ularni tasarruf etadi, bunda budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
18. Markazning mol-mulki asosiy vositalar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat bo‘ladi.
19. Markaz vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni shartnoma asosida, tushgan mablag‘lardan Markazni rivojlantirish uchun foydalangan holda ijaraga berish, shuningdek asbob-uskunalarni va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda balansdan chiqarish huquqiga ega.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
20. Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Markazni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
21. Markazni moliyalashtirish tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga, uning xarajatlariga haq to‘lash esa G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari orqali amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
22. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, ularni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga hamda Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va kelishilgan ro‘yxat bo‘yicha ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
23. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sog‘liqni saqlash, soliq va moliya organlari, o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlat organlari, shuningdek auditorlik tashkilotlari tomonidan, ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VII. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
24. Markaz davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi.
25. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-son qaroriga 2a-ILOVA
Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-son qaroriga 3-ILOVA
Viloyat tibbiy diagnostika markazi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom viloyat tibbiy diagnostika markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qo‘yiladigan talablar]
Viloyat tibbiy diagnostika markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga muvofiq, faoliyat ko‘rsatib turgan viloyat diagnostika markazi bazasida tashkil etiladi hamda aholiga konsultativ-diagnostika xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasasi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, o‘z nomi yozilgan gerbli muhrga, shuningdek o‘zining faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa atributlarga ega bo‘ladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Markaz tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun klinik, o‘quv bazasi hisoblanadi.
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi o‘z munosabatlarini Markazning maqsadlari va faoliyati vazifalariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Ushbu Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi tibbiy diagnostika markaziga ham tatbiq etiladi.
II. Markazning maqsadi va vazifalari
6. Quyidagilar Markazni tashkil etish va uning faoliyati maqsadi hisoblanadi:
kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish;
zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy diagnostika asbob-uskunalaridan foydalangan holda aholiga qulay konsultativ-diagnostika xizmati ko‘rsatish.
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
kasallarni tadqiqotlarning zamonaviy, yuqori texnologiyali asbobli va laboratoriya metodlari yordamida tekshirish;
tadqiqotlar va kompleks diagnostika xulosalari natijalarini berish;
davolash-diagnostika jarayonining uzluksizligini ta’minlash maqsadida viloyat davolash-profilaktika muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
ma’muriy hudud diagnostika xizmatlari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish;
mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda diagnostika tadqiqotlari sohasida zamonaviy metodologiyalarni joriy etish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv]
barcha darajalardagi diagnostika xizmatlarining moddiy-texnika salohiyatini rivojlantirish, ularga o‘zlashtirilgan va diagnostika markazida joriy etilgan tibbiyot texnologiyalarini berish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qatnashish;
qonunchilikda taqiqlanmagan hamda Markaz maqsadlariga va faoliyati predmetiga javob beradigan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish.
(7-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
III. Markazning huquq va majburiyatlari
8. Markaz aholiga konsultativ va davolash-diagnostika xizmatlarini to‘lov asosida ko‘rsatadi.
9. Belgilangan maqsadlarga erishish va yuklangan vazifalarni bajarish uchun Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
o‘zining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, kreditlarni, qarz mablag‘larini, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb qilish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
budjet mablag‘lari va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha hamkorlik / 19.03.04.00 Sog‘liqni saqlash bo‘yicha bitimlar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik]
qonunchilikka va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirish;
(9-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
qonunchilikka, Markaz maqsadlariga va faoliyati predmetiga zid bo‘lmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish.
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam ko‘rsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish]
10. Markaz ko‘rsatiladigan pulli tibbiy xizmatlarning, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlariga tariflar va narxlarni mustaqil ravishda, Sog‘liqni saqlash vazirligi va tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda belgilashga haqli.
11. Markaz:
aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishi;
aholiga diagnostika va davolashning tasdiqlangan standartlariga muvofiq konsultativ-diagnostika va davolash yordami ko‘rsatilishini ta’minlashi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Markaz xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlashi va ularning malakasini oshirishi;
o‘z faoliyati sohasi bo‘yicha ilg‘or ish tajribani o‘rganishi, umumlashtirishi va ommalashtirishi;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar]
Markaz xodimlariga qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash, texnika xavfsizligi, ijtimoiy ta’minot va muayyan ijtimoiy muhofaza shartlarini kafolatlashi;
(11-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlashi va rivojlantirishi;
mol-mulkdan belgilangan maqsadlarda foydalanishi, ularning saqlanishini ta’minlashi;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya va statistika hisobini, hisobotni yuritishi shart.
(11-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Markaz tuzilmasi va uning faoliyatini boshqarish
* Zaruriyat bo‘lganda Markaz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida tasdiqlash uchun Markazning tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
13. Markazga rahbarlikni tegishli ma’muriy hudud hokimining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor amalga oshiradi.
14. Direktor o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi. Markaz direktorining o‘rinbosarlari sog‘liqni saqlash hududiy organi bilan kelishgan holda Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
15. Markaz direktori belgilangan tartibda Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ishlarni tashkil etadi, Markaz nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi, Markaz mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisob raqamlari ochadi, moliyaviy mablag‘larni tasarruf etish huquqidan foydalanadi, shtatlarni tasdiqlaydi, buyruqlar chiqaradi va Markaz faoliyatining natijalari uchun shaxsan javob beradi.
16. Markaz direktori bo‘lmagan hollarda uning vazifalarini sog‘liqni saqlash hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda uning o‘rinbosarlardan biri bajaradi.
17. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
18. Markaz faoliyat maqsadlariga muvofiq o‘z mol-mulkiga egalik qiladi, ulardan foydalanadi va ularni tasarruf etadi, bunda budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
19. Markazning mol-mulki asosiy vositalar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat bo‘ladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar]
20. Markaz vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni shartnoma asosida, tushgan mablag‘lardan Markazni rivojlantirish uchun foydalangan holda ijaraga berish, shuningdek asbob-uskunalarni va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda balansdan chiqarish huquqiga ega.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
21. Pulli konsultatsiya-diagnostika xizmatlari ko‘rsatishdan olinadigan tushumlar, korxonalarning, nodavlat jamoat tashkilotlarining xayriya va ixtiyoriy badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Markazning daromad manbalari hisoblanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
22. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, ularni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga va Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va kelishilgan ro‘yxat bo‘yicha ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
23. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sog‘liqni saqlash, soliq va moliya organlari, o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlat organlari, shuningdek auditorlik tashkilotlari tomonidan, ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
24. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-son qaroriga 3a-ILOVA
Viloyat tibbiy diagnostika markazining tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-son qaroriga 4-ILOVA
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qo‘yiladigan talablar]
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi (keyingi o‘rinlarda Birlashma deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga muvofiq markaziy tuman (shahar) kasalxonasi, ko‘p tarmoqli markaziy tuman poliklinikasi (Toshkent shahrida) negizida tashkil etiladi.
2. Birlashma o‘z faoliyatida ikki tomonlama — tegishli hudud hokimligiga va sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organiga bo‘ysunadi.
3. Birlashma davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, o‘z nomi yozilgan gerbli muhrga, shuningdek o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa atributlarga ega bo‘ladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Birlashma tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha klinik o‘quv bazasi hisoblanadi.
4. Birlashma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
II. Birlashmaning maqsadi va asosiy vazifalari
5. Quyidagilar Birlashmani tashkil etish va faoliyatining maqsadi hisoblanadi:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qo‘yiladigan talablar]
yagona tashkiliy-metodik rahbarlikni va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilishni ta’minlaydigan sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘inining zamonaviy tashkiliy tuzilmasini yaratish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
davolash-profilaktika, sanitariya-ma’rifiy tadbirlarni reabilitatsiya qiluvchi tibbiy xizmatlarni amalga oshirishda qishloq vrachlik punktlariga, oilaviy poliklinikalarga va boshqa tibbiyot muassasalariga metodologik yordam ko‘rsatishning sifat jihatidan yangi darajasini tashkil etish.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
6. Birlashmaning asosiy vazifalari:
aholiga sifatli dastlabki ambulatoriya-poliklinika yordami ko‘rsatish;
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
dastlabki shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishni, bemorlarni statsionar davolashni, shuningdek qishloq vrachlik punktlariga, oilaviy poliklinikalarga, tuman (shahar)ning boshqa tibbiyot muassasalariga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
kasalliklarning, eng avvalo, yuqumli va virusli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini hamda ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
samarali sanitariya-epidemiologiya nazoratini ta’minlash;
bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishda diagnostika va davolash standartlarini joriy etish, shuningdek tuman (shahar) tibbiyot muassasalari tomonidan ularga rioya etilishini nazorat qilish;
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv]
aholi o‘rtasida oilada tibbiy madaniyatni oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlarini tashkil etish;
tibbiyot kadrlarini joy-joyiga qo‘yish, ulardan oqilona foydalanish, ularning malakasini oshirish hamda ularni tarbiyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
tuman (shahar) sog‘liqni saqlash muassasalarini prognozlashtirish, moliyalashtirish va ularning moddiy-texnika ta’minotini tashkil qilish.
LexUZ sharhi
6-bandning to‘qqizinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1039-son qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
(6-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
7. Birlashma belgilangan maqsadlarga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
o‘zining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida Birlashma xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
qonunchilikka, Birlashma faoliyatining maqsadlari va predmetiga zid bo‘lmagan boshqa ish turlarini amalga oshirish.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
aholiga bepul asosda yuqori malakali konsultatsiya hamda davolash-profilaktik tibbiy yordam ko‘rsatishi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
bemorlarni zamonaviy talablardagi sifat va standartlar darajasida diagnostika qilishi hamda davolashni ta’minlashi va rivojlantirishi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Birlashma xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirishi;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
Birlashma xodimlari uchun mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan shartlarini kafolatlashi, texnika xavfsizligini, ijtimoiy ta’minotni va muayyan ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashi;
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Birlashmaning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlashi va rivojlantirishi;
mol-mulkdan maqsadli foydalanishi, uning saqlanishini ta’minlashi;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobini va statistik hisobni hamda hisobotlarni yuritishi shart.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
* Zaruriyat bo‘lganda Birlashma rahbari keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida tasdiqlash uchun Birlashmaning tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha tegishli hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasiga belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
10. Quyidagilar Birlashmaning asosiy tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qo‘yiladigan talablar]
tumanlar (shaharlar)da — shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga ega bo‘lgan markaziy tuman (shahar) kasalxonasi, ko‘p tarmoqli markaziy tuman (shahar) poliklinikasi, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar (shaharlarda), dispanserlar, akusherlik komplekslari, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar, xususiy tibbiyot muassasalari;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Toshkent shahrida — ko‘p tarmoqli markaziy tuman poliklinikasi, oilaviy poliklinikalar, dispanserlar (bemor o‘rinlari fondisiz), chaqaloqlar uylari, xususiy tibbiyot muassasalari.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
11. Birlashmaga rahbarlikni tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Birlashma boshlig‘i — markaziy tuman (shahar) kasalxonasi bosh vrachi, Toshkent shahrida esa — Birlashma boshlig‘i amalga oshiradi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
12. Tumanlar (shaharlar)dagi Birlashma boshlig‘i ko‘p tarmoqli markaziy tuman (shahar) poliklinikasi mudiri — ambulatoriya-poliklinika yordami bo‘yicha o‘rinbosarga ega bo‘ladi. Birlashma boshlig‘ining o‘rinbosari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari bilan kelishgan holda Birlashma boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
13. Birlashma boshlig‘i belgilangan tartibda Birlashma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ishlarni tashkil qiladi, Birlashma nomidan ishonchnomasiz ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi, Birlashma mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisob raqamlari ochadi, moliyaviy mablag‘larni tasarruf etish huquqidan foydalanadi, shtatlarni tasdiqlaydi, buyruqlar chiqaradi hamda Birlashma faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.
14. Birlashma boshlig‘i bo‘lmaganda uning vazifasini o‘rinbosar bajaradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
15. Birlashmaning moliya-xo‘jalik faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.02.00 Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor bo‘lishi]
16. Birlashma o‘z mol-mulkiga egalik qiladi, undan faoliyati maqsadlariga muvofiq foydalanadi va uni tasarruf etadi, shu bilan birga budjet mablag‘lari hamda budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
17. Birlashma mol-mulki asosiy fondlardan, shuningdek boshqa moddiy boyliklardan va moliyaviy resurslardan iborat bo‘ladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar]
18. Birlashma vaqtincha foydalanilmayotgan xonalarni, ulardan aholiga tibbiy yordam va xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalanish maqsadida, shartnoma asosida ijaraga berish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda balansdan chiqarish huquqiga ega.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
19. Davlat budjeti mablag‘lari, xayriya ehsonlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Birlashmani moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Birlashma xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.
21. Birlashmaning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
22. Birlashmani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-son qaroriga 4a-ILOVA
(4a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
(5a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 12-13-son, 72-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 997-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)