toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 18-oktabrda 1097-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-100-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 23 va 24-sonlar, 168-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2002-yil 14-yanvarda 7, 2002-8-son qaror bilan tasdiqlangan “Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (2002-yil 15-fevral, roʻyxat raqami 1097 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 3-4-son; 2003-y., 4-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son 121-modda; 2005-y., 5-6-son, 41-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 10-oktabr,
98-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 10-oktabr,
2005-59-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 41-42-son, 324-modda)