1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang);
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.10.00 Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el davlatining immuniteti va uning mulki]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida Oʻzbekiston Respublikasining Qandim guruhi, Xauzak, Shadi konlarini ochish va Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Qandim guruhi, Xauzak va Shodi gaz-kondensati konlarini oʻzlashtirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va maxsus ilgʻor texnologiyalarni jalb etish hisobiga uglevodorod xomashyosini qazib chiqarish va eksport qilishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati]
“LUKOYL” neft kompaniyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan yuridik shaxs tashkil etmasdan investorlar konsorsiumi tashkil etilgani (keyingi oʻrinlarda — investor);
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgani, Qandim guruhi konlari, Xauzak, Shadi va Qoʻngʻiroq uchastkalari boʻyicha Mahsulot taqsimotiga oid bitim loyihasi tayyorlangani va kelishilgani (Mahsulot taqsimotiga oid bitim);
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.10.00 Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar]
Yer qaʼridan foydalanish shart-sharoitlarini ishlab chiqish va mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha maxsus Davlat komissiyasi tomonidan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari va matni maʼqullangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi va investor oʻrtasidagi Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.10.00 Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari U.T. Sultonovga Oʻzbekiston Respublikasi va “Oʻzbekneftgaz” MXK raisi A.A. Azizovga “Oʻzbekneftgaz” MXK nomidan Mahsulot taqsimotiga oid bitimni imzolash vakolati berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarini amalga oshirishda vakolatli organ etib belgilansin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.06.00 Chet ellik investorlarga kafolatlar]
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi va investor oʻrtasida Mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining biron-bir qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritilganida (ishlarning xavfsiz bajarilishi (norma va qoidalar), yer qaʼrilarini saqlash, aholi va atrof-muhit xavfsizligi bundan mustasno), agar bunday holatlar operatorning faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatsa, operatorga nisbatan Bitim imzolangan sanada amalda boʻlgan qonunchilik normalari qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.06.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini litsenziyalash. Litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish. Tanlov va auksionlar]
5. Yer qaʼridan foydalanish shart-sharoitlarini ishlab chiqish va mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha maxsus Davlat komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, oʻrnatilgan tartibda investorga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyani 1-ilovadagi shaklda bersin.
9. “Oʻzbekneftgaz” MXK, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan birga mazkur Mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish tartibi va mexanizmlari toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini bir oylik muddatda kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari U.T. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 11-iyun,
276-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 276-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi
LITSENZIYA
Mahsulot taqsimotiga oid bitim muvofiq berilgan _______________________________________________
______________________________________________________(mahsulot taqsimotiga oid bitim nomi)