toggle_night_mode
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoyishi
DAVLAT VA XOʻJALIK BOShQARUVI ORGANLARINING MAʼMURIY BINOLARIDAN OQILONA FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining maʼmuriy binolaridan oqilona foydalanish, ularning normal ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, “Mustaqillik” maydonidagi maʼmuriy binodan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Toshkent shahar hokimiyati tomonidan “Mustaqillik” maydonidagi maʼmuriy binoni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilayotganligi;
maʼmuriy binoni qurish va rekonstruksiya qilishni yakunlash muddati 2006-yil 15-avgust etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Maʼmuriy binoga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlari 1-ilovaga muvofiq joylashtirilsin.
3. Belgilansinki, budjetdan moliyalashtiriladigan vazirlik va idoralar binolarda ijara haqi undirilmasdan (kommunal va foydalanish xarajatlaridan tashqari) joylashtiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining markaziy apparati hamda Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazini Toshkent shahri “Yoshlik” talabalar shaharchasi, Chimboy 2 koʻchasi, 96-uy manzilida joylashgan Kino va videotexnika kolleji binosiga joylashtirish toʻgʻrisidagi;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan boʻshatilayotgan Toshkent shahri, Bobur koʻchasi 55 manzilida joylashgan binoda Kino va video texnika kollejini joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Mustaqillik maydonidagi maʼmuriy binodan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan korxonani tashkil etsin, uni saqlash binoda joylashgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan olinadigan mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining boʻshatilgan binolari va xonalarini 2-ilovaga muvofiq birja savdolarida belgilangan tartibda sotilishini;
“Kafolat” davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi va “Oʻzagrosugʻurta” davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi bilan birgalikda ularning binolarining sotilishi munosabati bilan kompaniyalarning ustav jamgʻarmalarini belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
7. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-avgust,
F-2553-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 1-avgustdagi F-2553-son farmoyishiga
1-ILOVA
Markaziy apparatlari Mustaqillik maydonidagi maʼmuriy binoda joylashtirilayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (alohida boʻlinmalar, shu jumladan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Ipoteka kreditlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi)
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligi va Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning tarkibiy boʻlinmalari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot tahlil markazi
Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi
“Oʻzagrosugʻurta” davlat aksiyadorlik kompaniyasi
“Kafolat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 1-avgustdagi F-2553-son farmoyishiga
2-ILOVA
Birja savdolarida sotiladigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan boʻshatiladigan binolar va xonalar
ROʻYXATI

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining nomi

Birja savdolarida sotiladigan boʻshatiladigan binolarning manzillari

Xalq taʼlim vazirligi

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Oʻzbekiston koʻchasi, 80

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat koʻchasi, 1

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A. Temur koʻchasi, 99

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyala� markazi

Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A. Temur koʻchasi, 62

“Oʻzagrosugʻurta” davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi

Toshkent shahar, Mirobod tumani, Movarounnahr koʻchasi, 13

“Kafolat” davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi

Toshkent shahar, Mirobod tumani, Movarounnahr koʻchasi, 13a