1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.03.00 Tovarning kelib chiqish joyi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
BUYRUGʻI
TOVAR KELIB ChIQQAN JOY NOMINI VA TOVAR KELIB ChIQQAN JOY NOMIDAN FOYDALANISh HUQUQINI BERIShNI ROʻYXATDAN OʻTKAZIShGA DOIR TALABNOMA TUZISh, TOPShIRISh VA KOʻRIB ChIQISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 13-noyabrda 1185-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 7-dekabrdagi 21-mh-sonli “Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3482, 07.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2002-yil 11-oktabrdagi 52-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari”ga (2002-yil 1-oktabr, roʻyxat raqami 1185) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.