toggle_night_mode
Hujjat 22.11.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy taʼminlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 24-avgustdagi 182-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u 2008-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlarning kadrlar tarkibi, ushbu xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan maʼlumotlar bazasini markazlashtirilgan tartibda shakllantirish va yuritish yoʻli bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari toʻgʻrisidagi axborotlarning zarur darajada hisobga olinishi va tizimlashtirilishini taʼminlasin.
3. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirishning ushbu qaror bilan tasdiqlangan muddatlari va tartibiga qatʼiy amal qilinishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-noyabr,
244-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 22-noyabrdagi 244-son qaroriga
ILOVA
Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan xoʻjalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Tashkilotlarning yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish ularning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, ularning qonun hujjatlarida belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, ularning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish yuzasidan masʼuliyatini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tashkilotlarning yuridik xizmatlari xodimlari malakasini oshirish yurisprudensiya sohasidagi nazorat va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va yangilash, ularning kasbiy tayyorligining bajariladigan vazifalar va funksiyalarga muvofiqligini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
II. Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish
Keyingi tahrirga qarang.
4. Yuridik xizmat xodimi lavozimiga qabul qilingan shaxslar ishga qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
Yuridik xizmat xodimi lavozimiga qabul qilingan va keyingi besh yil mobaynida attestatsiyadan oʻtkazilgan shaxslar ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq attestatsiyadan oʻtishi kerak.
Quyidagilar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi:
oliy taʼlim muassasalarini tugatgan va olingan mutaxassislik boʻyicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar mazkur mutaxassislik boʻyicha ikki yildan kam ishlagan boʻlsa;
homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolalari bor ayollar;
yuridik maslahatchi yordamchisi lavozimida ishlayotgan shaxslar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Yuridik xizmat xodimlari attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin, ushbu Nizomda belgilangan tartibda, tegishli adliya organlariga attestatsiyadan oʻtish uchun ariza bilan murojaat qilishi shart.
Oliy taʼlim muassasasini tugatgandan keyin, olingan mutaxassislik boʻyicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar mutaxassislik boʻyicha ishlagan ikki yillik muddat tugagan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay attestatsiyadan oʻtish uchun murojaat qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuridik xizmati xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining, tumanlar va shaharlar hokimiyatlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning hududiy organlarida kamida besh kishidan iborat tarkibda attestatsiya komissiyalari tuziladi.
9. Attestatsiya komissiyalari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida vazirning tegishli oʻrinbosari, hududiy adliya organlarida esa — hududiy adliya organi rahbari attestatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
Attestatsiya komissiyalari tarkibiga, kelishuvga koʻra, huquqni muhofaza qilish organlari, ilmiy va oliy taʼlim muassasalari vakillari kiritilishi mumkin. Hududiy adliya organlarining attestatsiya komissiyalari tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining tegishli boʻlinmasi xodimi majburiy tartibda kiritiladi.
10. Attestatsiya komissiyasi raisi:
attestatsiya komissiyasi majlislarida raislik qiladi;
attestatsiyani oʻtkazish joyi va muddatlarini belgilaydi;
attestatsiyadan oʻtkaziladiganlarning roʻyxat boʻyicha tarkibini belgilaydi;
attestatsiyani oʻtkazish boʻyicha boshqa tashkiliy masalalarni hal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlarining tegishli tarkibiy boʻlinmasi attestatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi, u:
attestatsiyani oʻtkazish jadvalini tuzadi va uni tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi;
talabgorlar anketalarini shakllantiradi va tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
attestatsiyani oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni attestatsiya komissiyasi aʼzolariga hamda talabgorlarga yetkazadi;
attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
III. Attestatsiyadan oʻtadigan shaxslarning arizalarini koʻrib chiqish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
11. Attestatsiyadan oʻtish uchun tegishli adliya organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) attestatsiyadan oʻtish toʻgʻrisidagi ariza;
b) talabgorning ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha anketasi;
v) oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi;
g) mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoxud undan koʻchirma;
d) ish joyidan tavsifnoma;
e) malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik toʻgʻrisidagi sertifikat (agar mavjud boʻlsa) nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Hujjatlar adliya organiga bevosita topshiriladi yoxud topshirilgani toʻgʻrisidagi bildirishnomani olgan holda, buyurtma xat bilan yuboriladi.
Hujjatlar adliya organining masʼul xodimi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi, hujjatlar qabul qilib olingan sana qayd etilgan holda talabgorga topshiriladi (yuboriladi).
Topshirilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ariza va hujjatlar ular olingan kundan boshlab ikki kun muddatda koʻrib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda ishchi organ tomonidan attestatsiyaga qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va tegishli bildirishnoma talabgorga bevosita topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. Bildirishnomada aniqlangan kamchiliklar, kamchiliklarni bartaraf etish hamda takroriy koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish muddati koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishning rad etilishiga asos boʻlgan kamchiliklar bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlar takroran koʻrib chiqish uchun taqdim qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlarni taqdim etganlik yoki hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etmaslik;
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi.
Attestatsiyadan oʻtishga boshqa asoslar boʻyicha qoʻyilmaslikka yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda talabgor hujjatlar olingan kundan boshlab ikki oy mobaynida attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi
17. Attestatsiya hujjatlarning taqdim etilishiga qarab oʻtkaziladi, attestatsiyaning oʻtkazilish joyi va vaqti toʻgʻrisida talabgor attestatsiya oʻtkaziladigan sanadan kamida oʻn kun oldin xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Attestatsiyaga uzrli sababga koʻra kelmagan talabgorlar attestatsiya komissiyasining keyingi navbatdagi majlisida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra kelmagan talabgorlarga yozma ogohlantirish yuboriladi. Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan takroran kelinmagan taqdirda attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar (materiallar) asosida talabgorni attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblash va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma berishni rad etish haqida qaror chiqarishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Attestatsiya komissiyasi, agar uning majlisida komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi qatnashsa vakolatli hisoblanadi.
Talabgor ishlaydigan tashkilotning vakili attestatsiya komissiyasi majlisida maslahat ovozi bilan qatnashishi mumkin. Attestatsiya tugagandan keyin vakilning fikr-mulohazasi eshitiladi.
20. Attestatsiya komissiyasi majlisi komissiya aʼzolarini talabgorning hujjatlari bilan tanishtirishdan boshlanadi.
21. Attestatsiya suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Suhbat jarayonida berilgan savollar va talabgorning javoblari (ip oʻtkazib tikilgan va muhr bilan tasdiqlangan) maxsus jurnalda qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Talabgor bilan uning kasb faoliyatiga bogʻliq boʻlgan qonunchilik sohasi, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq sohasi, fuqarolik va mehnat qonunchiligi asoslari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat, sud ishlarini yuritish asoslari boʻyicha suhbat oʻtkaziladi.
Savollarning taxminiy roʻyxati va attestatsiya komissiyalarining ish reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
22. Attestatsiya komissiyasi talabgorning bilimlari va ish tajribasini hisobga olib:
talabgorni attestatsiyadan oʻtgan deb eʼtirof etish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqida;
talabgorni attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
23. Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisda hozir boʻlgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berish talabgorning ishtirokisiz oʻtkaziladi. Attestatsiya jarayoni, shu jumladan attestatsiya komissiyasi aʼzolari, attestatsiyadan oʻtkazilayotgan xodim, tashkilot vakili tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar, shuningdek attestatsiya komissiyasining qarori attestatsiya komissiyasining raisi va kotibi tomonidan imzolanadigan protokol bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Attestatsiya natijalari ovoz berish jarayoni tamom boʻlgandan keyin darhol eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Guvohnomaning amal qilish muddati — besh yil.
Keyingi tahrirga qarang.
Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasiga va tartib raqamiga ega boʻladi. Guvohnomalarni olish, hisobga olish va saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Yuridik xizmatning attestatsiyadan oʻtmagan xodimi takroriy attestatsiyadan oʻtish uchun attestatsiya oʻtkazilgan kundan uch oy oʻtgach, biroq olti oydan kechikmay murojaat qilishi mumkin.
Agar talabgor takroriy attestatsiyadan oʻta olmasa yoki koʻrsatilgan muddat mobaynida takroriy attestatsiyadan oʻtish uchun murojaat qilmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy organi xodimning ish joyi boʻyicha mehnat qonunchiligiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilish yoxud boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish zarurligi haqida bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi qaroriga koʻra toʻxtatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagilar:
yuridik xizmat xodimi tomonidan oʻz xizmat majburiyatlari bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazilishiga olib kelgan taqdirda;
guvohnoma qalbaki hujjatlardan foydalanib olinganligi holati aniqlanganligi yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Attestatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish yuridik xizmat xodimining familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda, uning arizasi asosida amalga oshiriladi.
Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar yuridik xizmat xodimi oʻz faoliyatini ilgari berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.
30. Qayta rasmiylashtirish paytida attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan boʻlishi kerak. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida oldin berilgan guvohnoma bekor qilinadi.
31. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda yuridik xizmat xodimining arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Dublikatni berishda yuridik xizmat xodimiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va hududiy adliya organlari tomonidan “DUBLIKAT” belgisi qoʻyilgan attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilishi va dublikati berilishi uchun attestatsiyadan oʻtish talab qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Yuridik xizmat xodimlari malakasini oshirish
34. Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda “Markaz” deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik xizmat xodimlari malakasini oshirish har besh yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Malaka oshirish muddati ikki haftadan kam boʻlishi mumkin emas.
Yuridik xizmatlarning malaka oshirishdan oʻtgan xodimlariga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Malaka oshirish dasturlari va shakllari, shuningdek sertifikat shakli Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish dasturlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy taʼminlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 24-avgustdagi 182-son qarori bilan belgilangan yuridik xizmatlarning asosiy vazifalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish Markaz bilan tegishli tashkilot oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida toʻlov evaziga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Malaka oshirish uchun toʻlov miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Malaka oshirish davrida yuridik xizmatlar xodimlariga ularning ish joyi boʻyicha ish haqi va lavozimi saqlanadi. Xizmat safari xarajatlari malaka oshirishga yuborgan tegishli tashkilotlar hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Yakuniy qoidalar
38. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari yuridik xizmatlarning xodimlari hisobini yuritadi.
39. Tashkilotlarning yuridik xizmatlari va ularning xodimlari hisobga olinishini va ular toʻgʻrisidagi axborotning tizimlashtirilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlarning kadrlar tarkibi, ushbu xizmatlar xodimlari attestatsiyadan oʻtishi va malaka oshirishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan yuridik xizmatlar maʼlumotlari bazasini shakllantiradi va uni markazlashtirilgan tartibda yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Hududiy adliya organlari yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuridik xizmatlar maʼlumotlari bazasiga kiritish va uni muntazam ravishda yangilab borish uchun yuridik xizmatlar, ularning xodimlari va ularning belgilangan muddatlarda attestatsiyadan oʻtishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Markaz yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuridik xizmatlar maʼlumotlari bazasiga kiritish va uni muntazam ravishda yangilab borish uchun yuridik xizmatlarning malaka oshirishdan oʻtgan xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Yuridik xizmatlar maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi, maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun maʼlumotlarni taqdim etish shakli va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA


Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olish uchun talabgor
‎ANKETASI

3 x 4 sm oʻlchamli fotosurat uchun joy


‎1.‎



2.
‎3.

‎‎
Familiyasi ____________________________________________________
‎Ismi _________________________________________________________
Otasining ismi ________________________________________________

‎Tugʻilgan sanasi (yil, kun va oy) __________________________________
Pasportning seriyasi, tartib raqami, berilgan sanasi va uni bergan organning nomi: ________________________________________________
‎______________________________________________________________


‎4.‎

‎‎
Yashash joyi

‎‎viloyat _____________________
‎koʻcha _______________________
‎telefon ____________________

shahar (tuman) _______________
‎uy, kvartira raqami __________
‎faks _______________________


‎5.‎


‎‎‎Maʼlumoti
‎Taʼlim muassasasining nomi
‎Mutaxassisligi

‎‎
‎‎
___________________________
‎‎Tamomlagan yili


‎6.‎

‎‎
‎Mehnat faoliyati

T/r

Oy va yil

Tashkilot koʻrsatilgan holda lavozimi

Tashkilot joylashgan joy

ishga kirgan vaqti

ishdan boʻshagan vaqti

‎‎‎ ‎‎


‎7.‎

‎‎
‎Yuridik xizmat xodimi sifatidagi mehnat faoliyati

T/r

Oy va yil

Tashkilot koʻrsatilgan holda lavozimga tayinlash

Tashkilot joylashgan joy

tayinlandi

ozod qilindi

‎‎ ‎‎‎
‎‎


‎Toʻldirilgan sanasi__________
‎‎


‎Shaxsiy imzo ____________
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA


‎‎‎Yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan oʻtganligi haqida
‎ GUVOHNOMA

‎‎___________ № ____________________‎

(seriyasi) ‎

‎‎‎‎
Ushbu bilan ________________________________________________________‎

‎‎(yuridik xizmat xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎__________________________________________________________________
______________________________da attestatsiyadan oʻtganligi tasdiqlanadi
(attestatsiyani oʻtkazgan adliya organining nomi)‎‎‎
‎‎va u davlat boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmatida ishlashi mumkin.

‎Guvohnoma ‎‎‎_______________________ gacha amal qiladi.‎

(yil, kun va oy) ‎‎

Attestatsiya komissiyasi raisi:‎‎ ‎___________ ___________________________‎

(imzo)‎‎‎

(familiyasi, ismi, otasining ismi) ‎ ‎

M.Oʻ.‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 46-47-son, 472-modda; 2013-y., 50-son, 650-modda; 2015-y., 23-son, 302-modda; 2017-y., 18-son, 323-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)