1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 9-oktabrda 1724-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 12-iyundagi 2020-18-sonli ““Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1724-3, 19.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-sentabr,
2007-54-son
Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 11-sentabrdagi 2007-54-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi va “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida ishlab chiqilib, qonunda belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar uchun penya hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi hamda tadbirkorlik subyektlari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi notijorat tashkilotlariga (keyingi matnlarda “soliq toʻlovchi”) taalluqlidir.
1. Ushbu Nizomda qoʻllash maqsadida quyidagi atama va iboralardan foydalaniladi:
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar — budjet, davlat maqsadli jamgʻarmalari va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar;
ortiqcha toʻlangan summa — muayyan sanada toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisoblangan summalardan oshib ketishi;
ortiqcha toʻlov — soliq toʻlovchining yozma arizasiga binoan qaytarilishi yoki kelgusi tushumlar hisobiga yozilishi lozim boʻlgan xato yoki ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasi;
soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaraqasi — hisoblangan va toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek penya va moliyaviy jarimalar hisobi yuritiladigan belgilangan shakldagi hujjat;
boqimanda — qonunchilikda belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasi;
penya — toʻlov muddati tugagach kechiktirilgan har bir kuni uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda hisoblab yoziladigan jarima.
2. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlov turlari boʻyicha penya hisoblash uchun joylardagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan shaxsiy hisobvaraqalari ochiladi.
3. Boqimanda summasining ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan oshgan qismiga penya hisoblash uchun soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaraqlarida har bir soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlari (jismoniy shaxslar daromad soligʻi bundan istisno) boʻyicha barcha operatsiyalar qoldiq summalari aks ettirilgan holda operatsiyalar amalga oshirilgan (soliq toʻlovchi shaxsiy hisobvaraqalarida yozuvlarni yuritish) sanaga yoziladi.
4. Penya soliq toʻlovchilarning shaxsiy hisobvaraqalarida aks ettirilgan, boqimanda summasidan toʻlov muddati tugagan kundan boshlab har bir kechiktirilgan kun uchun 0,05 foiz miqdorida hisoblanadi.
5. Boqimanda summasining soliq toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan summa miqdoriga teng qismiga penya hisoblanmaydi. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalar mavjudligi davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Keltirilgan misoldan kelib chiqib, jami boqimanda va ortiqcha toʻlangan summalar teng qiymatni, yaʼni nul qoldiqni tashkil qiladi, mos ravishda penya hisoblanmaydi.
7. Hisoblangan penya summasi soliqlar va boshqa majburiy toʻlov turlari boʻyicha har bir soliq va majburiy toʻlov boʻyicha boqimanda summalarining jami boqimanda summasidagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.
Bu misolda 160,0 ming.soʻm boqimanda qoldiq summasiga 1,2 ming soʻm miqdorida hisoblangan penya summasi, qoʻshilgan qiymat soligʻi (24%) va daromad (foyda) soligʻi (76%) boʻyicha boqimanda summalarining jami boqimanda summasidagi ulushlariga mos ravishda taqsimlanadi.
8. Penya summasi soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi (boqimandasi) summasidan oshib ketishi mumkin emas.
1-misol:
Soliq toʻlovchi 01.02.2007-yil holatiga daromad (foyda) soligʻi boʻyicha 500,0 ming soʻm boqimandaga ega va shu summaga hisoblangan penya summasi 80,0 ming soʻmni tashkil etadi. Soliq toʻlovchi 10.02.2007-yil kuni daromad (foyda) soligʻi boʻyicha 300,0 ming soʻm boqimandani qopladi, mos ravishda, boqimanda summasi shu kunga 200,0 ming soʻmni tashkil qildi. Dyemak, 01.02.2007-yildan 10.02.2007-yil (shu kun ham hisob-kitobda inobatga olingan holda) davriga 2,5 ming soʻm penya hisoblanib, jami penya summasi 82,5 ming soʻmni tashkil etdi.
2-misol:
Keltirilgan 1-misoldagi soliq toʻlovchi boʻyicha 10.02.2005-yil holatiga daromad (foyda) soligʻidan boqimanda 200,0 ming soʻmni, hisoblangan penya 82,5 ming soʻmni tashkil etdi. Soliq toʻlovchi 15.02.2007-yil kuni daromad (foyda) soligʻi boʻyicha 150,0 ming soʻm boqimandani qopladi, mos ravishda, shu kunga boqimanda summasi 50,0 ming soʻmni hosil qildi. Dyemak, 11.02.2007-yildan 15.02.2007-yil (shu kun ham inobatga olinadi) davriga 0,5 ming soʻm penya hisoblanib, yakuniy penya summasi 83,0 ming soʻmni tashkil qildi. 16.02.2007-yildan boshlab penya hisoblanmaydi, sababi ilgari hisoblangan soliq summasi boqimanda qoldiq summasi (200,0 ming soʻm – 150,0 ming. soʻm = 50,0 ming soʻmdan) oshib ketadi.
9. Hisoblangan penya summasi boqimanda mavjud soliqlar va boshqa majburiy toʻlov turlari boʻyicha taqsimlanadi, lekin ilgari hisoblangan penya summasi boqimanda summasiga teng yoki oshib ketgan soliq turlari boʻyicha soliq toʻlovchi shaxsiy hisobvaraqalarida aks ettirilmaydi.