1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“ENERGIYADAN OQILONA FOYDALANISH TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 21-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2007-yil 25-avgustda maʼqullangan
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-940-sonli “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 9-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi 412-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 118-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
“Energiya, energiya hosil qiladigan va uni sarflaydigan yoki energiyani bir turdan boshqa turga aylantirib beradigan asbob-uskunalar va mahsulotlar, transport vositalari, qurilish, yoʻlsozlik va qishloq xoʻjalik mashinalari, yoritish texnikasi qurilmalari, isitish, harorat va namlikni bir xilda saqlab turish hamda havoni almashtirish tizimlari, xalq isteʼmoli mollari, issiqlik oʻtkazmaydigan materiallar va qurilish konstruksiyalari, texnologiya jarayonlari, shuningdek energiya hosil qilish va mahsulot ishlab chiqarish uchun energiya sarfi koʻrsatkichlarining majmui hamda qiymati energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi standartlash obyektlaridir”;
“Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalarni, shu jumladan roʻzgʻorda foydalanish uchun moʻljallangan asbob-anjomlarni energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga doir qismida tamgʻalashni normativ hujjatlarda koʻrsatilgan talablarga muvofiq amalga oshiradi”;
4) 9-moddaning birinchi qismidagi “shuningdek energiyani sertifikatlash paytida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2007-yil 27-sentabrdagi 192 (4345)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 26-sentabr,
OʻRQ-116-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 402-modda)