toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.11.2024
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“ENERGIYADAN OQILONA FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 21-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 25-avgustda ma’qullangan
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-940-sonli “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 9-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi 412-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 118-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
nomidagi “va predmetlari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Energiya, energiya hosil qiladigan va uni sarflaydigan yoki energiyani bir turdan boshqa turga aylantirib beradigan asbob-uskunalar va mahsulotlar, transport vositalari, qurilish, yo‘lsozlik va qishloq xo‘jalik mashinalari, yoritish texnikasi qurilmalari, isitish, harorat va namlikni bir xilda saqlab turish hamda havoni almashtirish tizimlari, xalq iste’moli mollari, issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar va qurilish konstruksiyalari, texnologiya jarayonlari, shuningdek energiya hosil qilish va mahsulot ishlab chiqarish uchun energiya sarfi ko‘rsatkichlarining majmui hamda qiymati energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi standartlash obyektlaridir”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
2) 7-moddaning birinchi qismidagi “5-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar “5-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagilar normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqlik bo‘yicha majburiy sertifikatlashtiriladi”;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalarni, shu jumladan ro‘zg‘orda foydalanish uchun mo‘ljallangan asbob-anjomlarni energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga doir qismida tamg‘alashni normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq amalga oshiradi”;
4) 9-moddaning birinchi qismidagi “shuningdek energiyani sertifikatlash paytida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2007-yil 27-sentabrdagi 192 (4345)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 26-sentabr,
O‘RQ-116-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 39-son, 402-modda)