1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.08.00 Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari bozori;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QO‘MITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
BUYRUG‘I
UYUSHGAN BIRJADAN TASHQARI BOZORDA KORPORATIV QIMMATLI QOG‘OZLAR OLDI-SOTDISIGA DOIR BITISHUVLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 18-sentabrda 1384-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 2-dekabrdagi 12-sonli “Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3596, 27.12.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga asosan buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 2004-yil 10-iyunda tasdiqlangan “Uyushgan birjadan tashqari bozorda korporativ qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisiga doir bitishuvlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2004-yil 16-iyul, ro‘yxat raqami 1384) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.