|
Hujjat 10.09.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
| T/r | Tadbirlar mazmuni | Bajarish sanasi | Bajarish uchun masʼullar | Moliyalashtirish manbalari | Kutilayotgan natija |
| 1. | Quyidagilarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish: — magistraturaning faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishini tartibga soluvchi normativ-metodik hujjatlar; — “Magistratura toʻgʻrisida nizom” va uni belgilangan tartibda tasdiqlash; — Bakalavriat va oliy taʼlim magistraturasi mutaxassisliklari klassifikatori |
2007-yil dekabr | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar | Koʻzda tutiladigan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida | Magistraturada oʻquv jarayonini boshqarish, tashkil etish, oʻquv-metodik taʼminlashning yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi yangalangan normativ-metodik baza |
| 2. | Magistratura mutaxassisliklari uchun davlat taʼlim standartlari tuzilmasi va mazmunini takomillashtirish | 2007-yil dekabr | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar | Koʻzda tutiladigan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida | Tarkibiy jihatdan takomillashtirilgan, mazmuni yangilangan, kadrlarning asosiy buyurtmachilari bilan kelishilgan Davlat taʼlim standartlari |
| 3. | Magistraturaning oʻquv rejalarini modernizatsiya qilish va taʼlim dasturlari mazmunini yangilash | 2007-yil dekabr | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar | Koʻzda tutiladigan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida | Yangilangan va predmetlar roʻyxati buyurtmachilari bilan kelishilgan oʻquv rejalari. Fan va texnikaning zamonaviy yutuqlari asosida tuzilgan, ishlab chiqarish mutaxassislari ekspertizasidan oʻtkazilgan oʻquv dasturlari |
| 4. | Magistraturani zamonaviy oʻquv, ilmiy, maxsus adabiyotlar va metodik materiallar bilan taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq magistratura uchun oʻquv va metodik adabiyotlar mualliflarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish | 2007-2008 oʻquv yili | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar | Oliy oʻquv yurtlarining budjetdan tashqari mablagʻlari. Oliy oʻquv yurtlarini rivojlantirish jamgʻarmasi | Yanada chuqur va keng koʻlamli bilim beradigan oʻquv adabiyotlari |
| 5. | Magistrlar tayyorlash tizimini qayta koʻrib chiqish hamda magistraturani respublika oliy taʼlim muassasalarida oqilona va samarali joylashtirishni taʼminlash | 2007-2008 oʻquv yili | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar | Koʻzda tutiladigan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida | Oliy oʻquv yurtlarida magistrlar tayyorlash mutaxassisliklari roʻyxatini maqbullashtirish |
| 6. | Holatini puxta tahlil qilish asosida magistraturaning moddiy-texnika bazasini mustaxkamlashni taʼminlash, zamonaviy oʻquv va laboratoriya anjomlari, kompyuter texnikasi hamda dasturiy maxsulotlar bilan jihozlash | 2008-2009 oʻquv yili | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar | Oliy oʻquv yurtlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan korxona va tashkilotlar mablagʻlari. Oliy oʻquv yurtlarini rivojlantirish jamgʻarmasi | Zamonaviy laboratoriya anjomlari, kompyuter texnikasi bilan jihozlangan oʻquv-laboratoriya bazasi |
| 7. | Magistraturada oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishning samarali va obyektiv mexanizmlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish | 2007-2008 oʻquv yili | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar | Koʻzda tutiladigan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida | Haftalik yuklamalarni maqbul rejalashtirgan holda magistraturada oʻquv jarayonini tashkil etish, auditoriyadagi va mustaqil mashgʻulotlarni taqsimlash. Kafedralarning professor-oʻqituvchilar va laboratoriya tadqiqotlari salohiyatini hisobga olgan holda tanlov asosida magistrlik dissertatsiyalarini bajarish. Mutaxassislar tayyorlash sifati nazorat qilinishini taʼminlash |
| 8. | Magistratura tizimining professor-oʻqituvchilar tarkibi hamda boshqaruv kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. Magistratura oʻqituvchilarining va yosh olimlarning mamlakatimizdagi va chet ellardagi yetakchi universitetlarda va ilmiy markazlarda tajribasini oshirish. Ilgʻor texnologiyaga ega boʻlgan universitetlar va ilmiy markazlarda respublikaning oliy taʼlim muassasalariga pedagogik ishga yuborilgan magistratura bitiruvchilarining malaka oshirishi uchun ustuvor shart-sharoitlar yaratish. Ilmiy yutuqlar, oʻqitishning faol pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va taʼlim jarayoniga joriy etish, magistraturaning oʻquv predmetlari boʻyicha oʻquv-metodik materiallar yaratish uchun oʻqituvchilarga shart-sharoitlar yaratish | 2007-2008-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Isteʼdod” jamgʻarmasi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar | Koʻzda tutiladigan budjet mablagʻlari doirasida, oliy oʻquv yurtlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan korxona va tashkilotlar mablagʻlari, “Isteʼdod” jamgʻarmasi | Magistraturada dars berish va oʻqitish sifatini oshirish, xorijiy professorlar bilan birgalikda magistrlik dasturlari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari nashr etish |
| 9. | Magistrlar tayyorlashni ishlab chiqarish, akademik va tarmoq fani, yetakchi xorijiy universitetlar bilan samarali integratsiyalash shakllari va mexnizmlarini joriy etish | 2007-2008-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar | Oliy oʻquv yurtlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan korxona va tashkilotlar mablagʻlari | Oliy oʻquv yurtlari akademik institutlar, magistrlar tayyorlashdan manfaatdor boʻlgan korxonalar va tashkilotlarning birgalikdagi harakat dasturlari. Magistrlarni ilmiy tadqiqotlarga, shu jumladan oliy taʼlim, oʻrta va kichik biznesni modernizatsiya qilish bilan bogʻliq iqtisodiyot tarmoqlari muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarga jalb etish |
| 10. | Magistratura faoliyatini axborotlar bilan taʼminlashni takomillashtirish va uning axborot makonini rivojlantirish: Internetga va oliy oʻquv yurtlariaro tarmoqlarga, vazirliklar va idoralarning portallariga, oliy taʼlim muassasalari saytlariga va shu kabilarga chiqishning maxsus shakl va yoʻllarini taʼminlash asosida magistrlarning mustaqil mashgʻulotlarini axborotlar bilan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash; magistrlarning markaziy va tarmoq kutubxonalari fondlarida ishlashi uchun maxsus shart-sharoitlarni taʼminlash; shaxslararo axborotlar almashish, forumlar, munozara klublari va shu kabilarni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish |
2007-2008-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar | Oliy oʻquv yurtlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan korxona va tashkilotlar mablagʻlari | Magistrlar tayyorlash axborot makonini rivojlantirish |
| 11. | Magistrlar tayyorlashning davlat va jamoat boshqaruvi shakl va metodlarini takomillashtirish. Bitiruvchilarni samarali ravishda ishga joylashtirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar yaratish | 2007-2008-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar | Oliy oʻquv yurtlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan korxona va tashkilotlar mablagʻlari | Magistrlar tayyorlash sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish. Ushbu jarayonga manfaatdor idoralarni, korxonalarni jalb etish |
| 12. | Moliyalashtirish tizimi samaradorligini oshirish, budjet va budjetdan tashqari mablagʻlardan foydalanish shakllari va mexanizmlarini takomillashtirish | 2007-2008-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar | Oliy oʻquv yurtlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan korxona va tashkilotlar mablagʻlari | Magistrlar tayyorlashni rivojlantirishga sarflash uchun (turli budjetdan tashqari manbalardan tushadigan) mablagʻlarni koʻpaytirish |
| T/r | Lavozimlar nomi* | Shtat birliklari soni | Yagona tarif setkasi boʻyicha razryad | Tarif koeffitsiyenti | Lavozim maoshi (soʻmlarda) |
| 1. | Boʻlim boshligʻi | 1 | 9 | 4,797 | 74473 |
| 2. | Metodist | 1 | 5 | 3,467 | 53825 |
| | Hammasi: | 2 | | | |