1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.05 Havo kemalari, ularning ekipaji va boshqa personallar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
BUYRUGʻI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASI AVIATSIYA XODIMLARINI TASNIFLASH VA GUVOHNOMALAR BERISH AVIATSIYA QOIDALARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-avgustda 1349-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-sonli ““Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarini (OʻZR AQ-61) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3609, 24.02.2025-y.) asosan 2025-yil 25-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi (IKAO) toʻgʻrisida Konvensiya ilovalari talablariga muvofiqlashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining meʼyoriy bazasini takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2004-yil 26-martdagi 49-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish aviatsiya qoidalariga (2004-yil 7-may, roʻyxat raqami 1349) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
3. Ishlar boshqarmasi tomonidan devonxona bilan hamkorlikda Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun ichida oʻzgartish va qoʻshimchalarning koʻpaytirilib barcha aviakompaniyalar va manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishi taʼminlansin.
4. Mazkur buyruq bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari zimmasiga yuklatilsin.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi H. TROBOV
Toshkent sh.,
2007-yil 19-iyul,
110-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 360-modda)