1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.11.00 Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
BUYRUGʻI
MEHNAT ORGANLARIGA BOʻSh ISh JOYLARI (VAKANT LAVOZIMLAR)NING MAVJUDLIGI TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLARNI VA BOʻShATILIShI MOʻLJALLANAYOTGAN XODIMLAR HAQIDAGI AXBOROTNI TAQDIM QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 25-avgustda 858-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22 sentyabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-616-sonli qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Mehnat vazirligi tomonidan 1999-yil 29-noyabrda 2080/04-1-son bilan tasdiqlangan hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan 1999-yil 29-noyabrda 3-01/42, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan 1999-yil 7-dekabrda 972, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan 1999-yil 16-dekabrda DJ-05/617 kelishilgan “Mehnat organlariga boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar)ning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va boʻshatilishi moʻljallanayotgan xodimlar haqidagi axborotni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (1999-yil 22-dekabr, roʻyxat raqami 858) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.