1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.03.00 Savdoda narxni tartibga solish (shakllantirish) (shuningdek, 09.14.02.02ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Narxlar va narxlarning hosil boʻlishi;
2.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
UN VA BULKA NONNING ChAKANA NARXLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 2-sentabrdagi 444-sonli “Un va bulka nonining chakana narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Donni yetishtirish, sotib olishning qimmatlashishi, uni tashish va qayta ishlash xarajatlarining oshishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 1-avgustidan boshlab 1 kilogramm unning chakana narxi oʻrtacha 1,2 soʻm va 1 kilogramm bulka nonning chakana narxi 1 soʻm etib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi unning va bulka nonning chiqarilayotgan turlarini hisobga olgan holda yangi chakana narxlari preyskurantlarini manfaatdor vazirliklarga va idoralarga yetkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil maydagi 274-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.