Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Donni sotib olish, uni tashish va qayta ishlash xarajatlarining oshishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 1-iyunidan boshlab 1 kilogramm unning chakana narxi oʻrtacha 500 soʻm-kupon va 1 kilogramm bulka nonning chakana narxi oʻrtacha 400 soʻm-kupon etib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi unning va bulka nonning chiqarilayotgan turlarini hisobga olgan holda yangi chakana narxlari preyskurantlarini manfaatdor vazirliklarga va idoralarga yetkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-fevraldagi 100-son
qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.