1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “PLASTIK KARTOChKALAR ASOSIDA HISOB-KITOB QILISh TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2004 YIL 24 SENTYABRDAGI 445 -SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-iyuldagi PQ-670-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 24-sentabrdagi 445-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 94-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-avgust,
177-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-avgustdagi 177-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 24-sentabrdagi 445-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
a) ikkinchi xatboshidagi “2005-yil 1-yanvardan boshlab 3 yil muddatga” soʻzlari “2005-yil 1-yanvardan 2010-yil 1-yanvargacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“2007-yil 12-iyuldan boshlab 2010-yil 1-yanvargacha oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish axborot kiosklariga oid qismi boʻyicha mulk soligʻidan, shuningdek ular import qilinganda bojxona toʻlovlari toʻlashdan”;
2. Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkdan soliq toʻlash boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida Nizomda:
a) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur Nizom tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan bankomatlar, toʻlov terminallari, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish axborot kiosklari, kommutatsiya uskunalaridan va toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalardan mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash, shuningdek ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.
2. Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi:
2005-yil 1-yanvardan boshlab 2010-yil 1-yanvargacha — bankomatlar, terminallar, kommutatsiya uskunalariga va toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalarga, shuningdek dasturiy taʼminlashga oid qismi boʻyicha;
2007-yil 12-iyuldan boshlab 2010-yil 1-yanvargacha — oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish axborot kiosklariga oid qismi boʻyicha mulk soligʻi toʻlashdan ozod etilgan”;
b) 3-banddagi “terminallar” soʻzidan keyin “oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish axborot kiosklari” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 4-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish axborot kiosklari”;
“8. Boʻshab qoladigan mablagʻlarning buxgalteriya hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 29-son, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2005-25-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 01-02/8-3-son qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005-yil 2-aprelda 1463 raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona toʻlovlari va budjetga majburiy toʻlovlar boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi”;
d) tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazining toʻlovlarni plastik kartochkalar bilan amalga oshirish uchun foydalanadigan mol-mulki roʻyxatiga quyidagi mazmundagi band qoʻshilsin:
“9. Oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish axborot kiosklari”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 33-34-son, 345-modda)