toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2012
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “IMKONIYATLARI ChEKLANGAN ShAXSLAR UChUN IXTISOSLAShTIRILGAN KASB-HUNAR KOLLEJLARI FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA” 2007-YIL 17-MAYDAGI 100-SON QARORI)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-sonli “O‘zbekiston Respublikasida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati to‘g‘risida” 2007-yil 17-maydagi 100-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 7-iyul,
139-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 7-iyuldagi 139-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 204-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi Nizomda:
a) 1.3-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlar faoliyati xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi”;
b) 3.5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 4-noyabrdagi 245-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 383-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 27-28-son, 288-modda; 2010-y., 44-45-son, 383-modda; 2012-y., 28-son, 315-modda)