toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.02.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “YuRIDIK ShAXS BOʻLMASDAN TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUGʻULLANUVChI JISMONIY ShAXSLAR VA DEHQON XOʻJALIKLARI AʼZOLARINI DAVLAT TOMONIDAN IJTIMOIY SUGʻURTALASh TOʻGʻRISIDA” 2001 YIL 24 AVGUSTDAGI 351-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli “Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-avgustdagi 351-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 50-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-iyul,
138-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 5-iyuldagi 138-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-avgustdagi 351-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-ilovada (Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallar ajratishi Tartibi):
3-bandning uchinchi xatboshidagi “vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
27-banddagi “vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (homiladorlik va tugʻish)” soʻzlari “homiladorlik va tugʻish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
28-bandning birinchi xatboshidagi “vaqtincha mehnatga layoqatsizlik” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallar ajratishi Tartibiga 3-ilovadagi “vaqtincha mehnatga layoqatsizlik” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. 2-ilovada (Dehqon xoʻjaligi aʼzolarini ijtimoiy sugʻurtalash va ularning ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi nizom):
3-bandning uchinchi xatboshidagi “vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
28-banddagi “vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (homiladorlik va tugʻish)” soʻzlari “homiladorlik va tugʻish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-bandning birinchi xatboshidagi “vaqtincha mehnatga layoqatsizlik” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Dehqon xoʻjaligi aʼzolarini ijtimoiy sugʻurtalash va ularning ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovadagi “vaqtincha mehnatga layoqatsizlik” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 27-28-son, 287-modda)