Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Taʼlim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasi boʻyicha qarz mablagʻlaridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Taʼlim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasi boʻyicha komponentlar tarkibiga loyihani amalga oshirish muddatini 2009-yil 31-martgacha uzaytirgan holda maslahat xizmatlari xarajatlarini moliyalashtirishni 2796,90 ming AQSH dollariga kamaytirishni hamda masofadan oʻqitish resurs markazlarini va umumtaʼlim maktablarini jihozlash uchun mebel va asbob-uskunalar xarid qilish hajmini 2379,19 ming AQSH dollariga koʻpaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish haqidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
2. Loyihaning ilovaga
* muvofiq texnik-iqtisodiy parametrlarga ega boʻlgan texnik-iqtisodiy hisoblari tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mablagʻlarning toifalar boʻyicha qayta taqsimlanishini hamda loyihani amalga oshirish muddati uzaytirilishini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 2003-yil 9-yanvardagi Qarz bitimiga oʻzgartirishlar kiritilishi toʻgʻrisida Osiyo taraqqiyot bankiga tegishli soʻrovnoma yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-fevraldagi 92-son qarori 3-bandining
ikkinchi xatboshi va qarorga
1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.