1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
T-6 ShAKLIDAGI BOJXONA DEKLARATSIYASINI TOʻLDIRISh VA RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 20-iyunda 1342-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-iyuldagi 01-02/12-12-sonli “T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1342-2, 05.08.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 15-maydagi “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 97-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. 2004-yil 23-mayda 1342-sonli raqam bilan roʻyxatdan oʻtgan “T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.