1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “DAVLAT BYDJETINING GʻAZNA IJROSI TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 28-FEVRALDAGI PQ-594-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 26-iyun,
129-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 26-iyundagi 129-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisidagi nizom III boʻlimining 5-bandidagi “moliya organlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanishini nazorat qilish tartibi 26-bandining birinchi xatboshidagi “Moliya organlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokat tomonidan huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” 1997-yil 16-iyundagi 297-son qarorida:
a) 3-bandning birinchi xatboshiga “haq toʻlashni” soʻzlaridan keyin “Moliya vazirligi gʻaznachiligining tegishli hududiy boʻlinmasi orqali” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 4-bandga “bir oy muddatda” soʻzlaridan keyin “Moliya vazirligi gʻaznachiligining tegishli hududiy boʻlinmasi orqali” soʻzlari qoʻshilsin.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 28-sentabrdagi 217-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 51-modda):
“13. BTSYO qishloq muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish (ularni toʻlash) tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hisobot yilining oxirida BTSYO muassasalari hisob raqamlarida qolgan mablagʻlar olib qoʻyilmaydi va ularni rivojlantirish uchun foydalaniladi”;
“13. BTSYO SHE muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish (ularni toʻlash) tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 25-26-son, 263-modda; 2008-y., 26-27-son, 250-modda; 2010-y., 42-43-son, 364-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 09/25/121/0186-son)