1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.10.00 (Кучини йукотган) Soliq imtiyozlarini qoʻllashning umumiy shartlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
IShLAB ChIQARIShNI MODERNIZATSIYALASh, TEXNIK VA TEXNOLOGIK QAYTA JIHOZLAShNI AMALGA OShIRUVChI XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLAR TOMONIDAN IMTIYOZLARNI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 17-iyuldagi 110, 140, 2017-37 va 01-02/8-29-sonli “Mablagʻlarni investitsiyaga yoʻnaltiruvchi yuridik shaxslar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2918, 25.08.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisi”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-3860-son Farmoniga muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-aprel,
47-son
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-aprel,
21-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-aprel,
2007-29-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-aprel,
01-02/8-11-son
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 27-apreldagi 47, 21,2007-29,01-02/8-11-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son Farmoniga muvofiq, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibini belgilaydi.
modernizatsiyalash — asosiy vositalar obyektini texnologik yoki xizmat maqsadini oʻzgartirish, ularning unumdorligini oshirish yoki boshqa sifat koʻrsatkichlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan ishlar;
texnik va texnologik qayta jihozlash — ilgʻor texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni unumdorligi yanada yuqori boʻlganlari bilan yangilash asosida asosiy vositalar yoki ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar majmui. Texnik va texnologik qayta jihozlash yangi ishlab chiqarishni tashkil etish hamda ishlab turgan ishlab chiqarishlarni kengaytirishni ham oʻz ichiga oladi.
2. Yangi texnologik jihozni sotib oluvchi, oʻz ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlariga daromad soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan texnologik jihozlarga bojxona toʻlovlari boʻyicha (qoʻshilgan qiymat soligʻi, import boj toʻlovlari) imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasi va “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq taqdim etiladi.
3. Lizing obyektini qoʻshimcha lizingga berishda, ushbu Nizomda belgilangan imtiyozlar (bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlardan tashqari) qoʻshimcha lizingni oluvchiga taalluqli boʻladi. Bu holda lizing obyektini qoʻshimcha lizingga beruvchi lizing oluvchiga ushbu Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
4. Soliq imtiyozlari (mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar bundan mustasno) yangi jihoz ishlab chiqarishga joriy etilgan yoki oʻz ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash amalga oshirilgan navbatdagi soliq davridan boshlab qoʻllaniladi.
Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi.
Yangi kiritilayotgan texnologik jihoz boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash uchun daromad soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarga qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihozni foydalanishga topshirish sanasi koʻrsatilgan, korxona rahbari yoki u tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan tasdiqlangan ixtiyoriy shakldagi Maʼlumotnoma ilova qilinadi.
6. Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz uch yil mobaynida oʻz ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyekti qiymatini toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar miqdorida, tegishli hisobot davri uchun hisoblangan amortizatsiya mablagʻlaridan foydalanish sharti bilan, foydadan olinadigan soliq solish bazasini kamaytirish koʻrinishida taqdim etiladi.
7. Kreditni (lizingni) toʻlashda soliq solish bazasidan asosiy qarz summasini (lizing obyekti qiymatini) toʻlashga sarflangan summa chiqarib tashlanadi.
8. Soliq solish bazasini hisoblashda jihozlarni sotib olish uchun foydalanilgan mablagʻlar faqat bir marta chegirib tashlanadi. Masalan, agarda soliq solish bazasi kredit (lizing) hisobiga olingan jihoz qiymatiga kamaytirilgan boʻlsa, u holda ushbu kreditni (lizing obyekti qiymatini) toʻlashga sarflangan mablagʻlar soliq solish bazasidan chegirib tashlanmaydi.
9. Soliq solish bazasini oʻz ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga va lizing obyekti qiymatini toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga kamaytirilishi kelgusi uch yil davomida amalga oshiriladi. Agar joriy soliq davrida yuqorida taʼkidlab oʻtilgan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasi soliq bazasidan oshsa, qolgan summa kelgusi soliq davrlarida oʻrnatilgan muddatda chegirilib borishi mumkin.
Bunda, soliq solish bazasining kamaytirilishi har hisobot davrida oʻsib boruvchi yakun bilan amalga oshiriladi.
10. Agar hisobot soliq davrida hisoblangan amortizatsiya summasi oʻz ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyekti qiymatini toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasidan yuqori boʻlsa, ushbu hisobot soliq davri uchun daromad soligʻi boʻyicha soliq solish bazasini kamaytirilishi amalga oshirilmaydi.
11. Mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllash uchun korxonalar hisobot soliq davri uchun daromad soligʻining hisob-kitobiga daromad soligʻini hisoblashda soliq solish bazasini kamaytiradigan oʻz ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyekti qiymatini toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasi toʻgʻrisidagi Hisob-kitob-maʼlumotnomani mazkur Nizomning 1-son ilovasida keltirilgan shaklda ilova qiladilar. Hisob-kitob-maʼlumotnomani toʻldirish boʻyicha shartli misollar mazkur Nizomning 2 va 3-son ilovalarida keltirilgan.
12. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyoz ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi mikrofirma va kichik korxonalar uchun besh yil davomida soliq solish bazasini xarid qilingan yangi texnologik jihozlar qiymatiga teng, ammo soliq solish bazasining 25 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda kamaytirish koʻrinishida taqdim etiladi.
Yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyoz texnologik jihozga uning xarid qilish manbaidan (oʻz mablagʻlari, yoki qarzga olingan mablagʻlar, shu jumladan lizing) qatʼi nazar, beriladi.
13. Soliq solish bazasining kamaytirilishi texnologik jihoz ishlab chiqarishga kiritilgan hisobot soliq davridan boshlab amalga oshiriladi. Bunda, har bir hisobot soliq davrida soliq solish bazasidan chegirilishi lozim boʻlgan mablagʻ summasi soliq solish bazasining 25 foizidan oshmasligi lozim.
Agar qayta kiritilayotgan jihozning qiymati joriy soliq davrda soliq solish bazasining 25 foizidan oshib ketsa, u holda ortgan summa kelgusi soliq davrlarida oʻrnatilgan muddat doirasida, belgilangan cheklashlarni hisobga olib chegirilishi mumkin.
14. Mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllash uchun korxonalar joriy hisobot soliq davri uchun yagona soliq toʻlovi hisob-kitobiga yagona soliq toʻlovini hisoblashda soliq solish bazasini kamaytiradigan yangi texnologik jihozni xarid qilishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasi toʻgʻrisidagi Hisob-kitob-maʼlumotnomani mazkur Nizomning 4-son ilovasida keltirilgan shaklda ilova qiladilar. Hisob-kitob-maʼlumotnomani toʻldirish boʻyicha shartli misol mazkur Nizomning 5-son ilovasida keltirilgan.
15. Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihoz ishlab chiqarishga kiritilgan paytdan boshlab besh yil muddatga ozod etish koʻrinishida beriladi.
16. Mol-mulk soligʻi hisob-kitobiga ilova qilinadigan soliq solinmaydigan mol-mulk roʻyxatida alohida satrda ishlab chiqarishga qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihozning qoldiq qiymati belgilangan imtiyoz davri davomida koʻrsatilishi lozim.
§ 4. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz
17. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz texnologik jihoz va unga tegishli butlovchi va ehtiyot qismlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan ozod qilish koʻrinishida beriladi.
18. Texnologik jihozni qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga muvofiq qoʻllaniladi.
19. Olib kirilayotgan texnologik jihozga tegishli boʻlgan butlovchi va ehtiyot qismlar qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan texnologik jihozlarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma shartlarida butlovchi va ehtiyot qismlar texnologik jihoz bilan bir toʻplamda yetkazib berish koʻzda tutilgan hollarda ozod etiladi.
20. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar tatbiq etiladigan texnologik jihoz olib kirilayotganda, bojxona yuk deklaratsiyasining (BYuD) “Preferensiylar” nomli 36-ustunida bojxona toʻlovlaridan ozod qilinishining tegishli kodlari koʻrsatiladi.
III. Yakuniy qoidalar
21. Texnologik jihozlar xarid (import) qilingan paytdan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki tekinga berilgan boʻlsa, mazkur Nizomda koʻrsatib oʻtilgan soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibda budjetga tegishli soliqlar va bojxona toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklanadi.
Bunda texnologik jihozni ustav fondiga (kapitalga) ulush sifatida berish, lizing beruvchi lizing shartnomasi shartlari boʻyicha lizing oluvchiga egalik huquqini berishi, shuningdek lizing oluvchi texnologik jihozni qaytariladigan lizing shartnomasiga muvofiq lizing beruvchiga sotishi texnologik jihozni sotish yoki tekinga berish deb qaralmaydi.
22. Mazkur Nizomda belgilangan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Daromad soligʻini hisoblashda soliq solish bazasini kamaytiradigan modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyekti qiymatini toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasi toʻgʻrisida HISOB-KITOB-MAʼLUMOTNOMA 2007-yil uchun
(soʻm)
Koʻrsatkich nomi
Satr kodi
Hisobot soliq davri
1-chorak
yarim yillik
9 oylik
yil
Oʻtgan soliq davrlarda investitsiya uchun mablagʻlarning qoplanmagan qoldigʻi summasi — jami*
Joriy ishlab chiqarishni kengaytirish va yangilash uchun xarid qilingan yangi texnologik jihozni ishlab chiqarishga joriy etish
03021
Kreditni toʻlash
03022
Lizing obyekti qiymatini qoplash
03023
Investitsiyalarning hisoblangan amortizatsiya summasidan ortishi (010-satr + 030-satr – 020-satr)
040
Investitsiya xarajatlari chegirmalarini hisobga olmagan holda soliq solish bazasi [Daromad (foyda) soligʻi hisob-kitobining 100-satr – 110-satr]
050
Soliq solish bazasini investitsiya summasiga kamaytirilishi (040-satr, biroq 050-satrdan yuqori emas) **
060
Soliq hisobot davrida investitsiya uchun mablagʻlarning qoplanmagan qoldigʻi summasi (040-satr – 060-satr)
070
x
x
x
x
Korxona rahbari
_________
_______________________________
(imzo)
(F.I.Sh.)
Bosh buxgalter
_________
_______________________________
_________
_______________________________
(imzo)
(F.I.Sh.)
20___ y. “___” _____________
M.Oʻ.
Izoh:
* 010-satrda oʻtgan soliq davrida qoplanmagan mablagʻlar qoldigʻi koʻrsatiladi. Mazkur qoldiq soliq davri davomida oʻzgartirishlarsiz koʻrsatiladi.
** Daromad soligʻini hisoblashda Daromad (foyda) soligʻi hisob-kitobining 120-satri mazkur Hisob-kitob maʼlumotnomaning 060-satrida koʻrsatilgan investitsiya summasiga kamaytiriladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Daromad soligʻini hisoblashda soliq solish bazasini kamaytiradigan modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyekti qiymatini toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasi toʻgʻrisida HISOB-KITOB-MAʼLUMOTNOMA 2007yil uchun (shartli misol)
(�oʻm)
Koʻrsatkich nomi
Satr kodi
Hisobot soliq davri
1-chorak
yarim yillik
9 oylik
yil
Oʻtgan soliq davrlarda investitsiya uchun mablagʻlarning qoplanmagan qoldigʻi summasi — jami*
Joriy ishlab chiqarishni kengaytirish va yangilash uchun xarid qilingan yangi texnologik jihozni ishlab chiqarishga joriy etish
03021
1200
1200
1200
1200
Kreditni toʻlash
03022
-
-
-
-
Lizing obyekti qiymatini qoplash
03023
-
-
-
-
Inv�stitsiyalarning hisoblangan amortizatsiya summasidan ortishi (010-satr + 030-satr – 020-satr)
040
1000
600
200
-200
Investitsiya xarajatlari chegirmalarini hisobga olmagan holda soliq solish bazasi [Daromad (foyda) soligʻi hisob-kitobining 100-satr – 110-satr]
050
300
500
1000
1400
Soliq solish bazasini investitsiya summasiga kamaytirilishi (040-satr, biroq 050-satrdan yuqori emas) **
060
300
500
200
-
Soliq hisobot davrida investitsiya uchun mablagʻlarning qoplanmagan qoldigʻi summasi (040-satr – 060-satr)
070
x
x
x
-
Korxona rahbari
_________
_______________________________
(imzo)
(F.I.Sh.)
Bosh buxgalter
_________
_______________________________
_________
_______________________________
(imzo)
(F.I.Sh.)
20___ y. “___” _____________
M.Oʻ.
Izoh:
* 010-satrda oʻtgan soliq davrida qoplanmagan mablagʻlar qoldigʻi koʻrsatiladi. Mazkur qoldiq soliq davri davomida oʻzgartirishlarsiz koʻrsatiladi.
** Daromad soligʻini hisoblashda Daromad (foyda) soligʻi hisob-kitobining 120 satri mazkur Hisob-kitob maʼlumotnomaning 060-satrida koʻrsatilgan investitsiya summasiga kamaytiriladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Daromad soligʻini hisoblashda soliq solish bazasini kamaytiradigan modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyekti qiymatini toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasi toʻgʻrisida HISOB-KITOB-MAʼLUMOTNOMA 2007-yil uchun (shartli misol)
(soʻm)
Koʻrsatkich nomi��
Satr kodi
Hisobot soliq davri
1-chorak
yarim yillik
9 oylik
yil
Oʻtgan soliq davrlarda investitsiya uchun mablagʻlarning qoplanmagan qoldigʻi summasi — jami*
* 010-satrda oʻtgan soliq davrida qoplanmagan mablagʻlar qoldigʻi koʻrsatiladi. Mazkur qoldiq soliq davri davomida oʻzgartirishlarsiz koʻrsatiladi.
** Daromad soligʻini hisoblashda Daromad (foyda) soligʻi hisob-kitobining 120-satri mazkur Hisob-kitob maʼlumotnomaning 060-satrida koʻrsatilgan investitsiya summasiga kamaytiriladi.
*** Ushbu summa keyingi soliq davrida (2008-yil) Hisob-kitob-maʼlumotnomaning 010-satrda koʻrsatiladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Yagona soliq toʻlovini hisoblashda soliq solish bazasini kamaytiradigan yangi texnologik jihozni xarid qilishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasi toʻgʻrisida HISOB-KITOBI-MAʼLUMOTNOMA 2007-yil uchun
(soʻm)
Koʻrsatkich nomi
Satr kodi
Hi�obot soliq davri
1-chorak
yarim yillik
9 oylik
yil
Oʻtgan soliq davrlarda investitsiya uchun mablagʻlarning qoplanmagan qoldigʻi summasi — jami*
010
shu jumladan:
_________yil uchun
0101
_________yil uchun
0102
_________yil uchun
0103
_________yil uchun
0104
_________yil uchun
0105
Xarid qilingan va ishlab chiqarishga joriy etilayotgan yangi texnologik jihozga sarflangan mablagʻlar — jami:
020
shu jumladan:
oʻz mablagʻlari hisobiga
0201
kreditlar hisobiga
0202
Lizingga
0203
Soliq solish bazasi
(Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobining 070 - satri)
030
soliq solish bazasining 25 foizi (030-satr x 25 / 100)
040
Soliq solish bazasini kamaytirilishi (020-satr, biroq 040-satrdan yuqori emas)
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Yagona soliq toʻlovini hisoblashda soliq solish bazasini kamaytiradigan yangi texnologik jihozni xarid qilishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasi toʻgʻrisida HISOB-KITOBI – MAʼLUMOTNOMA 2007-yil uchun
(soʻm)
Koʻrsatkich nomi
Satr kodi
Hisobot soliq davri
1-chorak
yarim yillik
9 oylik
yil
Oʻtgan soliq davrlarda investitsiya uchun mablagʻlarning qoplanmagan qoldigʻi summasi — jami*
010
-
-
-
-
shu jumladan:
_________yil uchun
0101
_________yil uchun
0102
_________yil uchun
0103
_________yil uchun
0104
_________yil uchun
0105
Xarid qilingan va ishlab chiqarishga joriy etilayotgan yangi texnologik jihozga sarflangan mablagʻlar — jami:
020
-
100
100
100
shu jumladan:
oʻz mablagʻlari hisobiga
0201
-
1000
1000
1000
kreditlar hisobiga
0202
-
-
-
-
Lizingga
0203
-
-
-
-
Soliq solish bazasi
(Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobining 070 - satri)
030
240
600
800
1200
soliq solish bazasining 25 foizi (030-satr x 25 / 100)
040
60
150
200
300
Soliq solish bazasini kamaytirilishi (020-satr, biroq 040-satrdan yuqori emas)